01.02.2019 yildagi 80-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son Farmoniga muvofiq hamda fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy qilish, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish (keyingi oʻrinlarda Ish haqini hisobga olish reyestri deb ataladi) fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri bazasi asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 2019-yil 1-yanvardan boshlab har bir jismoniy shaxs boʻyicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq organlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda elektron shaklda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-fevralga qadar Moliya vazirligi bilan birgalikda fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini yuritish boʻyicha dasturiy taʼminotga Ish haqini hisobga olish reyestrini yuritishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritsin va uni soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-martdan boshlab fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat interaktiv xizmatini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, aksiyadorlik tijorat Xalq banki, “Oʻzarxiv” agentligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari maʼlumotlar elektron bazasi, ishlovchilarning ish staji va ularning mehnat daftarchalaridagi mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlarning bir biriga uzviy bogʻlash va ularning negizida yagona (integrallashgan) tizim yaratish yuzasidan takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2019-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida” 2015-yil 14-apreldagi 90-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 28-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 09/19/80/2561-son)