11.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3118
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.06.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-yanvarda 3118-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir Sh. SHERMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 26-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim muassasasi kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 27-dekabrdagi 39-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3118-1, 27.01.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3118-1/0074-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, taʼlim muassasasining Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kengashning vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 27-dekabrdagi 39-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3118-1, 27.01.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3118-1/0074-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasi rahbarining taqdimnomasi boʻyicha yillik moliyaviy rejalarni, koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlangʻich narxni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini koʻrib chiqish, taʼlim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati toʻgʻrisida ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Taʼlim jarayonining shaffofligini taʼminlash, jamoatchilik taʼsirini kuchaytirish, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda taʼlim-tarbiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida har bir taʼlim muassasasida Kengash tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kengash 7 kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga oʻquvchilarning ota-onalari orasidan kamida 2 nafar, sobiq bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi sobiq pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar aʼzo kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash aʼzolarining soni cheklanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kengash aʼzolari tegishli taʼlim muassasasi umumiy yigʻilishida oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning birinchi yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash aʼzolari tomonidan saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Taʼlim muassasasi direktori yoki uning oʻrinbosarlari, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari Kengash aʼzolari sifatida saylanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har oʻquv yili boshida koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kengash aʼzosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazilganda yoki bitirib ketganda, Kengashning ushbu aʼzosi Kengash aʼzolari qatoridan chiqariladi va uning oʻrniga ota-onalar orasidan boshqa aʼzo saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash aʼzosi kengashning yigʻilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash aʼzolari tarkibidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Kengash yigʻilishlarini tashkil qilish va oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kengashning birinchi yigʻilishi tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan tegishli taʼlim muassasasida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boʻysunadigan taʼlim muassasalarida Kengashning birinchi yigʻilishi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli taʼlim muassasasida tashkil etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3118-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kengash har chorakda kamida bir marta yigʻiladi. Zarur hollarda navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kengash yigʻilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kengash yigʻilishida uning umumiy aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda Kengash qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kengash oʻz faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflilik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kengash qarorlari aʼzolarning teng huquqliligi asosida ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Har bir Kengash aʼzosi bitta ovoz huquqiga ega. Ovozlar teng boʻlgan hollarda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kengash yigʻilishlariga Kengash raisi raislik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kengash raisi oʻz vakolatini vaqtinchalik bajarish imkoniyati boʻlmagan hollarda (xizmat safari, taʼtil va kasallik davrida), uning vazifasini bajarish Kengash aʼzolaridan biriga vaqtincha yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kengash yigʻilishlari mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirilishi va oʻtkazilishi hamda hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Kengash yigʻilishi oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin yigʻilish oʻtkaziladigan kun, vaqti, joyi va muhokama etiladigan masalalar haqida kengash aʼzolari xabardor qilinishi lozim. Kengash aʼzolarini xabardor qilish uchun Kengash raisi masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Taʼlim muassasasi rahbari Kengash ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur boʻlgan xona, taʼlim muassasasi faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar va kanselyariya jihozlari bilan taʼminlash) uchun masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Kengash yigʻilishlari oʻtkazilganligi haqida bayonnomalar yigʻilish oʻtkazilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalariga taqdim etilishi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3118-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kengash faoliyatiga tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi aralashmaydi va unga hisobdor emas.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3118-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kengashning faoliyati boʻyicha maʼlumotlarni har chorakda taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoki taʼlim muassasasining barcha koʻrishi mumkin boʻlgan joyiga joylashtirish tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Kengashning huquq va vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kengash oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasining tegishli davridagi faoliyati boʻyicha taʼlim muassasasi direktoridan maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
homiylik va xayriya mablagʻlarining kirim qilinishi hamda sarflanishi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasi pedagoglarining shaʼni, qadr-qimmati, obroʻsini himoya qilish boʻyicha takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Kengash quyidagi vakolatlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 27-dekabrdagi 39-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3118-1, 27.01.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3118-1/0074-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasi direktori va direktor oʻrinbosarlarining boshqaruv faoliyati, taʼlim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etilishi hamda oʻquvchilar, ularning ota-onalaridan noqonuniy pul yigʻimlari undirilmasligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasining umumiy yigʻilishlarida qatnashadi, oʻquvchilar va ota-onalarning manfaatlarini himoya qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitning buzilishi, taʼlim sifatining pasayib ketishi, tizimli muammolarning kelib chiqishi, pedagoglar bilan maʼmuriyat oʻrtasida yoki ota-onalar bilan maʼmuriyat oʻrtasida nizoli holatlar kelib chiqqan taqdirda, taʼlim muassasasi direktorini lavozimidan ozod etish boʻyicha hududiy boshqarmalarga taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Kengash aʼzolariga mazkur Nizomda belgilanmagan vakolatlariga ega boʻlishlariga, taʼlim muassasasi direktorining qonunda belgilangan vakolatlariga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Kengash oʻz vakolati doirasiga kirmaydigan ishlarga aralashsa yoki oʻz vazifalarini toʻliq taʼminlay olmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarqatilib yuboriladi. Bunda, Kengashning yangi tarkibi mazkur Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan talablar asosida qayta shakllantiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3118-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Kengashning faoliyatiga taʼlim muassasasi rahbari, hududiy boshqarmalar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlar aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Taʼlim muassasasida oʻquvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan Kengash aʼzolari, taʼlim muassasasi rahbari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablagʻlarini yigʻish qatʼiyan taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Kengash raisi, kotibi va aʼzolari jamoatchilik asosida amalga oshiradigan Kengashdagi faoliyati yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 26-dekabr

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 26-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3118/2468-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 27.01.2022-y., 10/22/3118-1/0074-son; 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)