1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga ajratilgan paxta maydonlarida sifatli urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish va moliyalashtirishni tartibga solish hamda Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish ishlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov, Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 2-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari va oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari — paxta xom ashyosini yetishtirish faoliyati Hukumat qarorlari bilan belgilangan xoʻjalik subyektlari va urugʻchilik klasterlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻlik paxta xom ashyosi — kelgusi yil paxta hosili uchun urugʻlik chigit ekish maqsadida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻchilik xoʻjaliklari — urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish huquqiga ega boʻlgan xoʻjaliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustama mablagʻ — urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishda ishtirok etuvchi tashkilotlarni ragʻbatlantirish maqsadida urugʻchilik xoʻjaliklari, ilmiy muassasalar, nav mualliflari va urugʻchilikka bevosita aloqador boʻlgan subyektlarga ajratiladigan mablagʻ.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yetishtirilgan urugʻlik chigit va paxta xom ashyosi taqsimoti, oʻz ehtiyoji uchun foydalanish yoki sotish masalalari paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari bilan birgalikda respublikada oxirgi 3 yilda urugʻlik chigitning amaldagi sarfidan hamda kelgusi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan paxta xom ashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan kelib chiqib, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosi miqdori va navlarini aniqlaydilar va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-oktabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida urugʻlik paxta xom ashyosi ekiladigan maydon hajmi, paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻza navlari boʻyicha joylashtirish masalalari har yil 1-noyabrga qadar Hukumatning qarorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish urugʻlik paxta qiymatining 60 foizigacha Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari kredit olish uchun xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizada kredit olish uchun tayyorlangan biznes-reja ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamgʻarma bilan tuzilgan Bosh bitimga muvofiq tijorat banki paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini oyma-oy kesimida moliyalashtirish uchun resurslar ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga ariza beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jamgʻarma tomonidan har oyning 5-kunigacha tijorat bankiga kredit resurslari ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tijorat banki tomonidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini moliyalashtirish uchun kredit resurslari ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda moliyalashtirish, shu jumladan, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, boshqa resurslar va xizmatlarni xarid qilish va joyiga yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilgan shartnomalarga muvofiq urugʻchilik fermer xoʻjaliklarining mehnat haqini oyma-oy toʻlab berish va urugʻlik paxta hosili uchun toʻliq oʻzaro hisob-kitoblarni yil yakunigacha amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻchilik fermer xoʻjaliklariga berilgan moddiy-texnika resurslari va xizmatlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlik va urugʻlik paxta xom ashyosi sifatini oshirish, qishloq xoʻjaligi xodimlarini ragʻbatlantirish uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslar ajratish yuzasidan toʻliq masʼuliyat yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tayyorlangan urugʻlik paxta xom ashyosiga ustamalar toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Urugʻlik paxta xom ashyosiga qonun hujjatlariga asosan yetishtirilgan urugʻlik paxta xom ashyosidan tayyorlangan urugʻlik chigit Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti (OʼzDSt-663-2017 “Urugʻlik chigit. Texnikaviy shartlar”) talablariga mos boʻlganda, paxta xom ashyosi qiymatiga nisbatan super elita va elita urugʻlik chigit uchun 100 foiz, I avlod (R1) uchun 75 foiz, II avlod (R2) uchun 50 foiz va III avlod (R3) uchun 25 foiz miqdorida ustamalar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ustamalar xarajati tayyorlangan urugʻlik chigit narxiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ustamalar yetishtirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi miqdoriga hisoblanadi va quyidagi tartibda ikki bosqichda hisob-kitob amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) paxta-toʻqimachilik klasterlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — urugʻlik paxta xom ashyosi yetkazib beruvchi tomonidan yetishtirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi paxta-toʻqimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 50 foizi paxta-toʻqimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi, qolgan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy boshqarmalariga hamda elita urugʻchiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — topshirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi miqdorida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tarkibiga kiruvchi urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta xom ashyosini topshirgan vaqtda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan 50 foiz qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 10 foizi paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari ixtiyorida qoldiriladi, 40 foizi ularning tarkibiga kiruvchi urugʻchilik fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoldiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy boshqarmalariga hamda elita urugʻchiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻtkaziladigan mablagʻning nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlarga tegishli qismi taqsimotida ularning tayyorlangan paxta urugʻligidagi ulushi eʼtiborga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlar va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga ustama mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga hamda tegishli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus hisobvaragʻidan oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari oʻz ehtiyojlari uchun gʻoʻzaning xorijiy nav va duragay urugʻlarini belgilangan tartibda olib kelishi va yetishtirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-391-son “Paxtachilikda urugʻchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Tadbirlar
Masʼullar
Muddatlar
Urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirish hajmini aniqlash
1-bosqich
Kelgusi yil hosili uchun paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosi miqdorini aniqlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
1-oktabrgacha
2-bosqich
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida urugʻlik paxta xom ashyosi ekiladigan maydon hajmi, paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish masalalarini Hukumat qarorida belgilash.
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
1-noyabrgacha
Urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish
3-bosqich
Urugʻlik paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari oʻrtasida urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzish
Urugʻchilik fermer xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari
1-yanvargacha
4-bosqich
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari kredit olish uchun xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga ariza berish
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari
10-yanvargacha
5-bosqich
Jamgʻarma bilan tuzilgan Bosh bitimga asosan tijorat banki paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini oyma-oy kesimida moliyalashtirish uchun resurslar ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga ariza berish
Tijorat banklari
20-yanvargacha
6-bosqich
Jamgʻarma tomonidan tijorat bankiga kredit resurslari ajratish
Jamgʻarma
har oyning 5-kunigacha
7-bosqich
Tijorat banki tomonidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini moliyalashtirish uchun resurslar ajratish
Tijorat banklari
Agrotexnik tadbirlarga asosan oyma-oy
Tayyorlangan urugʻlik paxta uchun ustama ajratish
8-bosqich
Yetishtirilgan urugʻlik paxta uchun birinchi bosqichda 50 foiz ustama mablagʻlarni ajratish
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari
Urugʻlik paxta topshirilgan vaqtda
9-bosqich
Yetishtirilgan urugʻlik paxtadan tayyorlangan va kelgusi yilda ekilgan urugʻlik chigit uchun ikkinchi bosqichda qolgan 50 foiz ustama mablagʻlarni ajratish
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari, Jamgʻarma
Kelgusi yil hosili uchun urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin
10-bosqich
Ikkinchi bosqichda ajratilgan ustama mablagʻlarni taqsimlash
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
Kelgusi yil hosili uchun urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin