Номер акта
PQ-4075
Орган
Президент Республики Узбекистан
Дата подписания
24.12.2018
Дата вступления в силу
25.12.2018
Дополнительная информация
Поделиться
Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Hujjat 25.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Jamoat tartibini saqlash tizimini takomillashtirish

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoat tuzilmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish tartibini belgilash:

jamoat xavfsizligini ta’minlashni muvofiqlashtirish uchun respublika hududlariga biriktirilgan rahbarlarning faoliyati natijalarini tizimli monitoring qilish va baholash mexanizmi;

har oy xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining majlislarida tegishli hududda sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoiy holatlarni tanqidiy muhokama qilish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Respublika komissiyasi qarori

2019-yil

yanvar

Respublika komissiyasi (Yo‘ldoshev),

Bosh prokuratura (Murodov),

Milliy gvardiya (Tashmatov),

IIV

(Bobojonov)

2.

Respublikaning har bir mahallasida “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini tashkil etish choralarini ko‘rish va unda quyidagi tartibni belgilash:

harbiy xizmatga chaqiriluvchilar, oliy harbiy bilim yurtlari va ichki ishlar organlariga nomzodlar orasidan shakllantirish;

guruhlarga tuman mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari yoki ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan yo‘llanmalar asosida qabul qilish;

guruhlar faoliyatini samarali tashkil etishni tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklash;

guruh a’zolarini kechki va tungi vaqtlarda belgilangan patrullik yo‘nalishlariga umumiy hisobda 100 soatdan kam bo‘lmagan muddatga jalb qilib, buni xizmatga (o‘qishga) hujjatlarni yakuniy qabul qilishning asosi sifatida belgilash.

qo‘shma qaror

2019-yil

yanvar

IIV

(Xatamov),

Mudofaa vazirligi

(Ikramov),

Yoshlar ittifoqi (Kuranbayev),

“Mahalla” jamg‘armasi (Javlonov)

3.

Quyidagilarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishni yanada takomillashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rish:

nodavlat tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash faoliyatiga va xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berish;

qo‘riqlanadigan obyektlarda jamoat tartibini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqindan hamkorlik qilish zaruratini inobatga olgan holda, nodavlat tashkilotlarning qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishini litsenziyalash shartlari va talablarini o‘rnatish;

nodavlat tashkilotlarning qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini belgilash;

nodavlat qo‘riqlash tashkilotlarini xodimlar bilan to‘ldirish, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2019-yil

yanvar

IIV (Nazarmuxamedov),

Bosh prokuratura

(Tadjiyev),

DXX,

Moliya vazirligi

(Kuchkarov)

4.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtma va talablari asosida ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul bo‘linmalari xodimlari uchun mobil videokameralar hamda ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishning elektron tizimi planshetlarini xarid qilish choralarini ko‘rish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil

yanvar — mart

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

(Ibadullayev),

IIV

(Ergashev)

5.

Jamoatchilik faolligini oshirish, fuqarolarni jinoyatlarni fosh etishda hamda uni sodir etgan �axslarning qidiruvida ichki ishlar organlariga ko‘maklashishga jalb qilish va bunda faol ishtirok etgan fuqarolarni rag‘batlantirish tartibi va mexanizmlarini tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni tayyorlash.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil

fevral

IIV (Nazarmuxamedov),

Bosh prokuratura

(Tadjiyev),

DXX,

DBQ (Aripov),

Moliya vazirligi

(Kuchkarov)

6.

Alkogoldan o‘tkir mastlik holatida bo‘lib, o‘zining harakatlari bilan huquq-tartibotga xavf tug‘diruvchi shaxslarni vaqtincha izolatsiyalash va reabilitatsiya qilish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratib, har bir tuman (shahar) sog‘liqni saqlash muassasalarida alohida xonalar ajratish, ularni zarur anjomlar bilan jihozlash va dori vositalari bilan ta’minlash.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil

may

SSV

(Shadmanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi samaradorligini oshirish

7.

Fuqarolar yig‘inlarining raislari va faollarini, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilarini, shuningdek, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan a’zolarini moddiy rag‘batlantirish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda:

biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasining pasayishi, ularning o‘z vaqtida oldini olish va chek qo‘yishda ijobiy natijalarga erishganligi uchun har oylik ustama haqi to‘lash mezonlarini;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarining jamoat xavfsizligini ta’minlashni rag‘batlantirish fondlari mablag‘larini shakllantirish va maqsadli foydalanish mexanizmlarini belgilash;

biriktirilgan hududda jamoat xavfsizligini ta’minlashda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muntazam yoritib borish.

qo‘shma qaror

2019-yil

yanvar

IIV

(Ergashev, Ismailov),

Bosh prokuratura

(Tadjiyev),
Moliya vazirligi

(Xaydarov),

“Mahalla”

jamg‘armasi

(Javlonov)

8.

Tuman (shahar) hokimlariga quyidagi vakolatlarni berish bo‘yicha choralar ko‘rish:

jamoat joylari va ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshirish davrida ichki ishlar organlari xodimlarini jalb qilish bo‘yicha mahalliy budjet hisobidan shartnomalar tuzish;

yirik bozorlar, savdo majmualari va boshqa shu kabi obyektlarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash sohasida ichki ishlar organlarining xizmatlaridan shartnoma asosida foydalanish bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

yanvar

IIV

(Bobojonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarini profilaktika inspektorlariga ko‘maklashuvchi professional faoliyat sifatida shakllantirish maqsadida:

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimini tugatish hisobiga joriy etiladigan profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish;

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari mehnatiga haq to‘lash mexanizmi hamda ularning vazifa va vakolatlarini belgilash;

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilarini tayinlash va ichki ishlar organlari xizmatiga hamda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilishda belgilanadigan imtiyozlarning mezonlarini tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqish va belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

fevral

IIV (Xatamov, Ismailov),

“Mahalla” jamg‘armasi

(Javlonov), Boshprokuratura

(Tadjiyev)

10.

Tegishli hududda jinoyatchilikni o‘rganish, uning sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ahvolining o‘zgarishini kriminologik prognozlash mexanizmlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

prokuratura organlarining ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tuman (shahar)larning mahallalar kesimida jinoyatchilik holati aks ettirilgan elektron geoinformatsion xaritalarini bosqichma-bosqich tuzish va tizimli ravishda yuritish;

har bir davlat organi va tashkiloti tomonidan faoliyatining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda, xavflarni hamda jinoyatlarni sodir etish sabab va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha o‘z strategiyasini (komplayens-kontrol) ishlab chiqish.

qo‘shma qaror

2019-yil

fevral

Bosh prokuratura

(Tadjiyev, Kolenko),

IIV (Nazarmuxamedov, Norgitov)

11.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining ish natijalarini tanqidiy jihatdan o‘rganish asosida, hududiy ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini tashkil etishda Markazning uslubiy rolini inobatga olgan holda:

respublikadagi har bir tuman (shahar)ning kriminologik prognozini tuzish maqsadida markaz mutaxassislarining joylarga chiqish amaliyotini;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamda Jinoyatlarning sodir etilish sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi o‘rtasida hamkorlik mexanizmini oshirish.

2019-yil uchun hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

yanvar

IIV

(Matlyubov),

Bosh prokuratura (Kolenko)

12.

Respublikaning barcha o‘quv muassasalarida tushuntirish-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish bilan bir qatorda, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etishning oqibatlari aks ettirilgan qisqa metrajli hujjatli filmlar va roliklar (shu jumladan tarbiya koloniyalarida olingan lavhalar) tayyorlash hamda namoyish etish.

2019-yil uchun hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

yanvar

IIV

(Adilov, Ismailov),

Milliy gvardiya (Shakirov),

XTV (Shermatov),

OTV (Majidov),
“Mahalla”

jamg‘armasi (Javlonov)

13.

Ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlar sodir etilishining sabab va sharoitlarini batafsil o‘rganish bo‘yicha hamkorlikdagi manzilli choralarni ko‘rib:

aholi barcha qatlamlarining ijtimoiy-maishiy muammolarini barvaqt aniqlash va hal etishni inobatga olgan holda ularning oldini olish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar va uslubiy tavsiyalarni;

shaxslar, birinchi navbatda voyaga yetmaganlar (uyushmagan yoshlar), ishsizlar va ichkilikka ruju qo‘yganlar, shuningdek, notinch oilalar bilan yakka tartibda ishlashning bosqichli rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2019-yil uchun hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

fevral

Xotin-qizlar qo‘mitasi (Narbayeva),

Yoshlar ittifoqi

(Kuranbayev),

“Mahalla” (Javlonov),

“Nuroniy” (Jalilov),

“Oila”

(Tashmuxamedova) jamg‘armalari

III. Ichki ishlar organlarining kadrlar salohiyatini va ijtimoiy-huquqiy ta’minotini oshirish

14.

Hududiy ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari va ularning o‘rinbosarlarining kundalik xizmat faoliyatidan ajralmagan holda malakasini oshirish tizimini nazarda tutgan holda:

barcha darajadagi hududiy ichki ishlar organlarining barcha toifadagi rahbar xodimlari hamda profilaktika (katta) inspektorlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faqat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti filiallarida (auditoriyalarida) uzluksiz asosda bo‘lishi tartibini;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari direktorlariga tegishligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlari boshliqlarining o‘rinbosarlari vakolatlarini berishni;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining shtat birliklari hisobidan ularda xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari shahodatlangan lavozimlarini joriy etishni;

joylarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini samarali tashkillashtirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlari boshliqlarining mas’uliyatini kuchaytirishni;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlarining ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni sifatli tashkil etishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatishdagi rolini oshirishni takomillashtirish.

ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2019-yil

yanvar

IIV

(Xatamov),

Bosh prokuratura (Tadjiyev)

15.

Quyidagilarni inobatga olgan holda ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish:

terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida halok bo‘lgan yoki jarohat olib nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlarini respublikadagi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilish tartibini joriy etish;

respublikadagi oliy o‘quv yurtlariga kirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan xodimlarning farzandlariga imtiyozlar (qabul kvotalari) berish;

ichki ishlar organlarining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat burchini bajarishga to‘sqinlik qilganligi uchun javobgarlikni kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil

yanvar

IIV

(Xatamov),

OTV

(Madjidov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

16.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda ichki ishlar organlari faoliyatini ma’naviy-psixologik ta’minlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish:

O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida ma’naviy-psixologik ta’minot boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarini tashkil qilish;

ichki ishlar organlari tizimida shartnoma asosida mutaxassis-psixologlarni jalb etish va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan psixologik xizmatlar markazlarini tashkil qilish;

xizmatning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari xodimlari orasida suitsidal holatlar va tushkun kayfiyatning oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi ma’naviy-psixologik tadbirlarning zamonaviy usullarini tatbiq etish;

xodimlarning psixologik portreti hisobini majburiy yuritish tartibini joriy etgan holda, ichki ishlar organlarining qabul va attestatsiya komissiyalari faoliyatida mutaxassis-psixologlarning rolini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil

fevral

IIV

(Xatamov),

SSV

(Shadmanov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

17.

Joylardagi ichki ishlar organlari xodimlarining kunlik kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarlik tizimini inobatga olgan holda:

hududiy ichki ishlar organlari xodimlarining kunlik tayyorgarligini tashkillashtirish mexanizmi va tartibini tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqish;

respublikaning har bir hududida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida shaxsiy tarkibning kunlik jangovar va jismoniy tayyorgarligini samarali tashkil etish imkonini beruvchi ichki ishlar organlarining sport bazalarini shakllantirishni takomillashtirish choralarini ko‘rish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

aprel

IIV

(Xatamov, Ergashev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Nabiyev),

Moliya vazirligi
(Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Respublika IIV harbiy qismlari va ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibi hamda oliy ta’lim muassasalarining kursantlarini autsorsing shartlarida ovqatlanishini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

iyun

IIV

(Ergashev),

Moliya vazirligi
(Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasiga jalb qilingan ichki ishlar organlarining erkin yollangan ishchi va xizmatchilarining ish faoliyatini amalga oshirishni nazarda tutgan holda:

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining kasbiylashtirilgan qismlaridagi alohida lavozimlar uchun umumiy o‘rnatilgan pensiya yoshini qisqartirish;

ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining ishchi va xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

sentyabr

IIV

(Xatamov),

Moliya vazirligi
(Xaydarov)

20.

Respublikada jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritishga yo‘naltirilgan quyidagilarni qamrab oluvchi kampaniyalarni uyushtirish:

mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonini yorituvchi bosma axborotlar, Internet tarmog‘ida maqolalar hamda tele- va radioko‘rsatuvlar siklini tayyorlash va tashkil etish;

jamoat tartibini ta’minlashda joriy etilgan mexanizmlarni ommalashtirishni ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

yanvar

O‘zA

(Ko‘chimov),

MTRK

(Xadjayev),

IIV

(Xatamov),

Milliy gvardiya (Shakirov),
“Mahalla” jamg‘armasi

(Javlonov)