08.12.2018 yildagi 999-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sogʻlom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bola shaxsini, shuningdek, kelgusi muvaffaqiyatli oʻquv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va bolalarni boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Fargʻona viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati tumanlarida (shaharlarida) va Toshkent shahri tumanlarida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyhasini (keyingi oʻrinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar sirasiga kiradigan bolalarning majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini (keyingi oʻrinlarda bolalar tayyorlov guruhlari deb ataladi) shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar tayyorlov guruhlarining oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqishni singdiradigan oʻquv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oʻyinlar va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari, maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy tayyorlov guruhlari uchun 2018-2019 oʻquv yili 2018-yil 10-dekabrdan boshlanadi va 2019-yil 10-avgustda tamomlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari, maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning negizida toʻliq kun, toʻliq boʻlmagan kun (bir haftada kamida 15 soat taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlangʻich taʼlimga tayyorgarlikdan oʻtgan deb hisoblanadi va bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlashdan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarida, maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarda boshlangʻich taʼlimga majburiy yillik tayyorgarlikdan oʻtgan bolalarga boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikat berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Fargʻona viloyati va Toshkent shahar hokimliklariga, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bolalar tayyorlov guruhlari uchun xonalarni tayyorlash, zarur boʻlsa, yangi binolar, xonalar qurish yoki mavjudlarini kapital taʼmirlash, suv va elektr energiyasi hajmini oʻlchaydigan va hisobga oladigan alohida moslamalar oʻrnatish toʻgʻrisida takliflar kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bir hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar tayyorlov guruhlari roʻyxatlari tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xonalarni oʻquv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlash tajriba guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarini moddiy-texnika baza va taʼlim-didaktik materiallar bilan jihozlashning namunaviy normativlari 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bir hafta muddatda bolalar tayyorlov guruhlarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari va maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning negizida bolalarni majburiy tayyorlash guruhlari faoliyati tashkil etilishi ustidan monitoring olib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019-2020-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyatining tegishli tajriba oʻtkaziladigan tumanlarida (shaharlarida) va Toshkent shahri tumanlarida bolalarda boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat mavjud boʻlsa, ularni umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi taklifni ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy etilayotgan shtat birliklaridan va bolalar majburiy tayyorlov guruhlarini jihozlashdan kelib chiqqan holda 2018-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga zarur oʻzgartishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining buyurtmanomalari asosida Moliya vazirligi bilan kelishgan holda zarur miqdorda sertifikatlar blankalari bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tajriba loyihasini joriy etish natijalari boʻyicha 2019-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlash yagona tizimini joriy etishni tahlil qilsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 8-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
999-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qaroriga
1-ILOVA

Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshiriladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati tumanlari (shaharlari) va Toshkent shahri tumanlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati

T/r

Hudud

Tuman/shahar

Guruhlar soni*

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Toʻrtkoʻl tumani

175

2.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

70

Quvasoy shahri

38

Furqat tumani

28

3.

Toshkent shahri

Mirzo Ulugʻbek tumani

13

Mirobod tumani

21

Bektemir tumani

14

Uchtepa tumani

26

Yashnobod tumani

17

Chilonzor tumani

16

Yunusobod tumani

17

Shayxontohur tumani

59

Jami:

494

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi guruhlar soniga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qaroriga
2-ILOVA

Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlash tajriba guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlash tajriba guruhlari (keyingi oʻrinlarda tajriba guruhlari deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tajriba guruhlari maktabgacha taʼlim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha taʼlim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tajriba guruhlari maktabgacha taʼlim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi va quyidagilar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun davlat talablariga muvofiq va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarning sogʻligʻini muhofaza qilish va mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolaning aqliy, shaxsiy va jismoniy kamol topishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola shaxsining asoslarini shakllantirish, unda bilimga qiziqishni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarni maktabda oʻqishga tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tajriba guruhlarini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tajriba guruhlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi, Toshkent shahri Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi tomonidan hududlar ehtiyojlarini birgalikda oʻrganish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tajriba guruhlari ustun darajada maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, kollejlar, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlari, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar mahallalari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari negizida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tajriba guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun alohida xonalar ajratiladi va ulardan faqat maqsadli foydalaniladi, zarur boʻlsa ularga alohida eshikdan kirish tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tajriba guruhlarini tashkil etish uchun ajratilgan xonalar sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarining belgilangan talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlovchi tajriba guruhlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi, Toshkent shahri Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda ularning bank hisob raqamlariga oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga jihozlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Tajriba guruhlarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tajriba guruhlariga joriy yilning 1-sentabr kunida 5 yoshu 6 oylik boʻlgan, maktabgacha taʼlim muassasalariga bormayotgan bolalar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tajriba guruhlariga bolalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlimlari tomonidan tuziladigan roʻyxatlar asosida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tajriba guruhlariga bolalarni qabul qilish maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Taʼlim-tarbiya jarayoni bolalarning ovqatlanishini tashkil etish shartisiz bir haftada kamida 15 soat (bir kunda 3-4 soat) oʻqitishni nazarda tutuvchi maktabgacha taʼlim muassasalari uchun davlat oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tajriba guruhlarida bolalarning boʻlishi vaqti 3-4 soatni tashkil etadi, bir yoki ikki smenada taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maktabgacha taʼlim muassasasiga bormaydigan oʻziga xos ehtiyojlarga ega bolalar tibbiy moneliklar mavjud boʻlmaganda tajriba guruhlarida oʻqishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy moneliklar mavjud boʻlganda bolaning yashash joyi boʻyicha davolash-profilaktika muassasasi tomonidan ota-onalarning hozir boʻlishi koʻrsatilgan holda tajriba guruhiga borish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tajriba guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayoni bolalarning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tajriba guruhlari maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi, oʻqitadi va maktabga tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Maktabgacha taʼlim muassasalari negizidan tashqarida tashkil etilgan tajriba guruhlari va ularning pedagoglari tegishli maktabgacha taʼlim hududiy boʻlinmalarining buyrugʻi bilan biriktiriladigan eng yaqindagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari tomondan nazorat qilinadilar va ularga boʻysunadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tarbiyalanuvchi, pedagog xodim, ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillari tajriba guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tajriba guruhlari tarbiyalanuvchilarining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tegishli ixtisosli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar tajriba guruhlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillari tajriba guruhlaridagi taʼlim-tarbiya jarayoni bilan tanishish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tajriba guruhlarining mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tajriba guruhlari faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tajriba guruhlarining mol-mulki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktabgacha taʼlim muassasasiga biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tajriba guruhlari pedagog xodimlari mehnatiga davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan tartibda haq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qaroriga
3-ILOVA

Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarini moddiy-texnika baza va taʼlim-didaktik materiallar bilan jihozlashning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY NORMATIVLARI*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Nomi

Oʻlchov birligi

Soni

I. Mebel

1.

4 oʻrinli bolalar stoli

dona

guruhdagi bolalar soniga qarab

2.

Bolalar stuli

dona

har bir bolaga

3.

Tarbiyachi uchun bir tumbochkali stol

dona

1

4.

Tarbiyachi uchun yarim yumshoq stul

dona

1

5.

Oʻquv materiallari uchun javon

dona

1

6.

Oʻyinchoqlar uchun javon

dona

1

7.

Magnit-markerli oq doska

dona

1

II. Oʻyinchoqlar

1.

Qoʻgʻirchoqlar (koʻzlari yopiladigan)

dona

2

2.

Mashinalar (turli-tuman)

toʻplam

1

3.

Uy hayvonlari va ularning bolalari

toʻplam

4

4.

Yovvoyi hayvonlar va ularning bolalari

toʻplam

4

5.

Bolalar idishlari toʻplami

toʻplam

2

6.

Lego konstruktori

toʻplam

4

7.

Bolalar lotosi

toʻplam

2

8.

Dorixona toʻpla�i

toʻplam

2

9.

Qurilish vositalari toʻplami

toʻplam

2

10.

Topishmoqlar (pazllar)

toʻplam

20

11.

Terma naqsh

toʻplam

4

III. Didaktik materiallar

1.

Hisob choʻplari

toʻplam

har bir bolaga

2.

Geometrik shakllar (geometrik mozaika)

toʻplam

har bir bolaga

3.

Maktabgacha oʻquvchilar uchun alifbo

dona

har bir bolaga

4.

Raqamlar

toʻplam

har bir bolaga

5.

Yil fasllari tasviri tushirilgan rasmlar turkumi

toʻplam

1

6.

Uy hayvonlari va ularning bolalari tasviri tushirilgan kartochkalar

toʻplam

4

7.

Yovvoyi hayvonlar va ularning bolalari tasviri tushirilgan kartochkalar

toʻplam

4

8.

Uy parrandalari tasviri tushirilgan kartochkalar

toʻplam

4

9.

Qushlar tasviri tushirilgan kartochkalar

toʻplam

4

10.

Sabzavotlar tasviri tushirilgan kartochkalar

toʻplam

4

11.

Meva va rezavor mevalar tasviri tushirilgan kartochkalar

toʻplam

4

12..

Alifbo yumshoq rivojlantiruvchi kubiklar

toʻplam

1

13.

Hayot xavfsizligi asosi kartochkalari

toʻplam

1

14.

Kasblar kartochkalari

toʻplam

1

15.

Oʻzbekiston mutafakkirlari va atoqli shaxslari portretlari

toʻplam

1

16.

Husnixat

dona

har bir bolaga

IV. Sport inventari

1.

Bolalar argʻamchilari

dona

5

2.

Bolalar bouling-kegli

komplekt

2

3.

Turli kattalikdagi toʻplar

dona

5

4.

Turli hajmdagi chambaraklar

dona

5

5.

Kolsebros

dona

2

V. Bolalar adabiyotlari

1.

Jahon xalqlari ertaklari

dona

5

2.

Oʻzbek xalq ertaklari

dona

5

3.

Sheʼrlar, topishmoqlar

dona

5

VI. Ramzlar

1.

Davlat ramzlari

komplekt

1

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti portreti

dona

1

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Bitta guruhga hisoblab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalar boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLAT NAMUNASI

(Sertifikat taʼrifi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikat A5 formatidagi oq qogʻozga ofset usulida quyidagi beshta boʻyoqdan foydalangan holda bosib chiqariladi: qora — matn uchun, yashil, koʻk, qizil — rasmlar tasviri uchun, och jigar rang — fon uchun. Tasmaning yuqori qismiga diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri joylashtirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Varaqning yuqori qolgan qismiga lotin yozuvida davlat tilida “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA`LIM VAZIRLIGI. MAKTABGACHA TAʻLIM TOʻGʻRISIDA SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat MT harflaridan iborat tartib raqamiga ega va yetti xonali sondan iborat. Sertifikat matni naqshli rastrdan iborat och jigar rang fonda qora rangda oʻzbek tilida yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
naqshli rastr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qogʻozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

‎‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎MAKTABGACHA TAʻLIM TOʻGʻRISIDA
‎SERTIFIKAT
‎MT № 0000000

‎‎Ushbu sertifikat 20 ____ __________ da ______________________________________________
__________________________________________________
(tugʻilgan joyi)
‎‎tugʻilgan _____________________________________________________________ga 20 _____ yilda
____________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
______________________________________________________________________da __________________________________________________(muassasa nomi)
‎‎boshangʻich taʻlimga bir yillik tayyorlov dasturini bitirganligi toʻgʻrisida berildi.

‎‎M.Oʻ. ‎

Rahbar‎ _____________________________________________________________
__________________________________
(F.I.O.)
‎_________
__(imzo)

‎‎‎Guruh rahbari _____________________________________________________
______________(imzo)__________________________
(F.I.O.)
‎‎Qayd qilingan raqami _______
‎‎20___ yil ______________ da berildi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/999/2291-son; 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son; 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)