03.12.2018 yildagi 977-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.03.2022 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirishning shaffof mexanizmlarini belgilash yo‘li bilan qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
a) 6-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 7-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “nazorat qilish” so‘zlari “ekspertiza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) 1-ilova (Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxati)ning “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli organ” ustuni 143-pozitsiyasidagi “Yergeodezkadastr” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin (Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan).