26.11.2018 yildagi PQ-4030-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan aholi farovonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, mamlakatning ayrim hududlarida ijtimoiy tanglikning kuchayishi, shu jumladan qimmatbaho metallarni noqonuniy qazib olishning davom etayotganligi bilan bogʻliq boʻlgan kriminogen vaziyatning yomonlashishi kuzatilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buning asosiy sababi miqdor va sifat jihatidan sanoat usulida qazib olish obyekti hisoblanmaydigan yer qaʼri uchastkalarida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda qazib olish bilan qonuniy shugʻullanish imkoniyatining mavjud emasligi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallarni noqonuniy qazib olish Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida tizimli tus olib, qimmatbaho metallarning yashirincha aylanishiga va chet ellarga noqonuniy olib chiqib ketilishiga olib kelmoqda. Noqonuniy ravishda oltin qazib olish chogʻida shikastlanishlar va oʻlim holatlari sodir boʻlmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishni tadbirkorlik turi sifatida rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, yer qaʼri uchastkasini samarali oʻzlashtirish, shuningdek, oltin va zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2019-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini joriy qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2019-yil 1-martdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati yer qaʼridan foydalanishning alohida turi hisoblanadi va u yer qaʼri uchastkalarida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalari, shu jumladan oʻlchamlari 1 gektardan ortiq boʻlmagan sochma oltin konlari taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya beriladi, bunda qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlarni qazib olish huquqiga alohida litsenziya olish talab qilinmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarga jismoniy va yuridik shaxslar talabgor boʻlishlari mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari boʻyicha 3 yil muddatga beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron auksionni oʻtkazish va mazkur qarorga muvofiq litsenziyani berishning umumiy muddati “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni oʻz ichiga olgan holda, istisno tariqasida, 10 kundan oshmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narxi 7,5 mln soʻmni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalari roʻyxati har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyani yoki yer qaʼri uchastkasidan (toʻliq yoki qisman) foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga berish (topshirish), shuningdek, bitta yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyani bir necha shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning reyestrini yuritish va ularga ajratilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKga, shuningdek, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga va yakka tadbirkorlarga kelishilgan narxlarda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni yashirish, shu jumladan uni 6 oy ichida realizatsiya qilmaslik, shuningdek, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish chogʻida ishlarni bexatar olib borish talablarining buzilishi oqibatida insonlarning ogʻir tan jarohati olishi yoki oʻlimiga olib kelishi litsenziyani bekor qilish va mazkur faoliyat bilan shugʻullanishni bir yil davomida cheklash uchun asos boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi tugatilgandan soʻng, yer qaʼridan foydalanuvchilar zimmasiga yer qaʼri uchastkalarini rekultivatsiya qilish va ularni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish majburiyati yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari va ushlab qolingan zakalat summasi, auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun toʻlov summalari chegirilgan holda:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati olib boriladigan hududlardagi tegishli tuman (shahar)lar mahalliy budjetlariga qoʻshimcha daromad manbai sifatida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik davlat dasturlarini amalga oshirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining maxsus gʻaznachilik hisob raqamlariga teng ulushlarda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini ushbu qarorda belgilangan shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiradigan shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish qismi boʻyicha barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan (yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari) ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini tartibga solishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-fevraliga qadar quyidagilarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berish tartibi, shu jumladan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni oʻtkazish reglamenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari, shu jumladan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishning ruxsat etilgan usullari va vositalari, shuningdek, foydalaniladigan asbob-uskunalar va texnikaga qoʻyiladigan talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallar narxini belgilash, ularni xarid qilish, hisobini yuritish, saqlash va realizatsiya qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarni olib borish qoidalari va normalariga rioya qilish boʻyicha talablar, shuningdek, yer qaʼridan foydalanuvchilarning qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanib boʻlingan yerlarni rekultivatsiya qilish va ularni mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxira fondiga qaytarish mexanizmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ishonchli, aniq konturlari va chegaralarini koʻrsatgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun berilayotgan yer qaʼri uchastkalarining roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKga 2019-yilning 1-martiga qadar mamlakat hududlarida oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni sotib oluvchi ixtisoslashtirilgan qabul kassalarini ochish va sotib olishning shaffof mexanizmini oʻrnatish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishni amalga oshiruvchi shaxslarga, shu jumladan uslubiy, amaliy va yuridik maslahatlar berish yoʻli bilan har tomonlama yordam koʻrsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, tegishli viloyat hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda qimmatbaho metallarni noqonuniy yoʻl bilan qazib olish holatlarining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻidagi oʻzlarining rasmiy saytlarida joylashtirish orqali Nizom va Roʻyxatdan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlasin va ularni tizimli ravishda yangilab borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish meʼyorlari va qoidalariga, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 26-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4030-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 07/18/4030/2224-son; 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)