23.11.2018 yildagi PQ-4026-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda bozor islohotlarini izchil chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyotning bugungi bosqichi tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslariga, investitsiyalarni jalb etishga va ilgʻor biznes loyihalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlariga boʻlgan kuchli ehtiyojini yuzaga keltirmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, garov bilan taʼminlangan kreditorlar talablarini kredit mablagʻlari qaytarilishining kafolati hisoblangan garovdagi mol-mulk qiymatidan qondirish tizimining samarasizligi qoʻshimcha mablagʻ jalb etish imkoniyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikda belgilangan imkoniyat boʻlishiga qaramay, banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan avtotransport vositalaridan boshqa koʻchar mol-mulkni garov sifatida qabul qilish, shuningdek, garov predmeti qiymati kredit miqdoridan ancha koʻp boʻlsa ham, navbatdagi garovni qabul qilish amaliyoti qoʻllanilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish, investorlarning mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va yuritishga boʻlgan ishonchini mustahkamlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaziy bankining 2019-yil 1-yanvardan quyidagi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan kreditorlar talablarini garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan qondirish qarzdor oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida yozuv kiritilgan sanaga koʻra kalendar ketma-ketligida amalga oshiriladi. Bunda, ushbu tartib qarzdorning hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari unga qoʻyilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish navbatiga tatbiq etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida yozuv kiritgan kreditor-garovga oluvchilar oʻz talablarini qondirishda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritmagan kreditor-garovga oluvchilarga nisbatan ustuvor huquqqa ega boʻladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni xarid qilishni uning taʼminoti evaziga moliyalashtirgan kreditor garov reyestriga tegishli yozuvni kiritgan taqdirda, ushbu mol-mulk hisobidan oʻz talablarini qondirishda ustuvor huquqqa ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navbatdagi garovga qoʻyishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish sharti bilan avvalgi garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchi tomonidan garov predmetini ijaraga berishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish va bu haqda garovga oluvchini xabardor etish sharti bilan garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomada oʻzgacha qoida belgilangan boʻlmasa, qarzdorning majburiyatlar bajarilishini taʼminlash uchun taqdim etilgan mol-mulkidan foydalanish yoki uni sotishdan olingan hosil va daromadlarga (tushumga) kreditorning ustuvor huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing, boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi oldi-sotdi, ijara yoki boshqa bitimlar obyekti boʻlgan hamda ushbu bitimlarda majburiyatlar bajarilishini taʼminlash uchun qoʻyilgan mol-mulkka (mulk huquqiga) garov uchun belgilangan undiruv qaratish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, garov predmeti yoki kreditorning majburiyatlari bajarilishini taʼminlash predmeti sifatida qoʻyilgan koʻchar mol-mulkka undiruvni qaratishga sud buyrugʻi instituti tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk bilan taʼminlanadigan majburiyatni shu mol-mulk qiymatidan qoplanishini mumkin boʻlgan majburiyatning maksimal summasini koʻrsatish yoʻli bilan aniqlashga ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiyatlar bajarilishini mol-mulk bilan taʼminlashni nazarda tutadigan bitimlar, shu jumladan garov shartnomasi majburiyatlar bajarilishining mulkiy taʼminoti predmetini batafsil bayon qilmasdan, uni umumiy tavsiflash orqali, jumladan alohida toifa boʻyicha tuzilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchilar va boshqa kreditorlarning talab qilish huquqini taʼminlash uchun garovga qoʻyilgan hamda ularning talablari boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulk kreditga, boʻlib-boʻlib toʻlashga, lizingga yoki qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi, ijaraga berilishi mumkin, sud qarorlari va boshqa organlar qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni majburiy realizatsiya qilish hollari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash boʻyicha talablar toʻgʻrisidagi yozuvlar garov reyestriga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslardan garov reyestriga yozuv kiritish uchun, shuningdek, garov reyestridan koʻchirma berish uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorini kamida ikki barobar kamaytirishni nazarda tutadigan qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qarorning norma va talablarini amalga oshirishni nazarda tutadigan qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritishni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 23-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4026-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 07/18/4026/2215-son)