22.11.2018 yildagi 941-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son qarori ijrosi yuzasidan hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son qarori bilan 2019-yil 1-yanvardan boshlab koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan, qatʼiy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarda (keyingi oʻrinlarda gerbli blankalar deb ataladi) amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taraflarning xohishiga koʻra koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar gerbli blankalarda rasmiylashtiriladi. Agar koʻchmas mulk bilan bogʻliq boʻlgan ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni boʻyicha taraflarning xohishiga koʻra gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulkni ayirboshlash shartnomasining ikki nusxasi, koʻchmas mulk bilan bogʻliq qolgan barcha bitimlarning bir nusxasi gerbli blankalarda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni gerbli blankalarda notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida gerb yigʻimi undiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va gerbli blankalar tayyorlashga, boshqa shaxsga berish taqiqlangan yoki xatlab qoʻyilgan koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bankini yaratishga, shuningdek, adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Boshqa shaxsga berish taqiqlangan yoki xatlab qoʻyilgan koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish tartibi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa shaxsga berish taqiqlangan yoki xatlab qoʻyilgan koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bankini shakllantirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 22-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
941-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/941/2206-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)