OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON SSR MINISTRLAR SOVETINING 1988 YIL 23 MAYDAGI 190-SON QARORIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Erkin narxlar belgilanishi munosabati bilan aholini ijtimoiy himoya qilish hamda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-yanvardagi 22-f-son farmoyishiga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 23-maydagi 190-son qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
a) 16-bandning “e” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) qaror quyidagicha mazmundagi 17-band bilan toʻldirilsin.
17. Asosiy ish joyidan ajralgan holda boshqa shaharlardan oʻqishga yuborilgan xalq xoʻjaligining rahbar xodimlari va mutaxassislarga oʻqishning birinchi oyidagi xarajatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-yanvarda qabul qilgan 22-f-son farmoyishida belgilangan miqdorda xizmat safari uchun toʻlovlar berilsin. Keyingi oylarda esa oʻqish davrida saqlanib qolayotgan oylik maoshlari 700 soʻmdan kam boʻlsa 175 soʻm miqdorida stipendiya toʻlansin.
Oʻqish davrida oʻquv yurti yotoqxona bilan taʼminlay olmagan holdagina mehmonxonada yashash xarajatlari haqiqiy xarajatlar miqdorida qoplanadi.
Tinglovchilarning oʻqish joyiga borishi va qaytishi, xizmat safari xarajatlari, shuningdek, stipendiya toʻlovlari vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hisobiga asosiy ish joyidan toʻlanadi.
v) 17-band 18-band deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 30-mart,
156-son