Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining
qarori
10 % li kalsiy xlorid inyeksion eritmasini veterinariyada qoʻllash boʻyicha qoʻllanmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5067-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 53-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “10 % li kalsiy xlorid inyeksion eritmasini veterinariyada qoʻllash boʻyicha qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais v.b. B. NORQOBILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-yanvar,
7-son