25.10.2018 yildagi PQ-3982-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar (keyingi oʻrinlarda vatandoshlar deb yuritiladi) bilan doimiy muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokini ragʻbatlantirish, shuningdek, huquq va manfaatlarini toʻlaqonli va har tomonlama himoya qilishga koʻmak berish borasida muhim ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni paytda koʻplab vatandoshlarimiz iqtisodiyotimiz, ijtimoiy soha, ilm-fan, madaniyat, sport va boshqa yoʻnalishlarni rivojlantirishga, oʻzlarining tarixiy Vatani — Oʻzbekistonning obroʻsini oshirish hamda uning tashqi dunyo bilan munosabatlarini mustahkamlashda munosib va sezilarli hissalarini qoʻshib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirishning ahamiyati va dolzarbligi oshayotgan bir paytda, ular bilan samarali hamkorlikni olib borish va islohotlarni sifat jihatdan yaxshilashda ularning salohiyatini jalb qilish borasida quyidagi qator muammolar saqlanib qolmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarning vatandoshlar bilan aloqalarni oʻrnatishning samaradorligi past darajada va qisman ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy, ijtimoiy, investitsiyaviy, ilmiy-maʼrifiy, madaniy va boshqa ustuvor loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishda vatandoshlarning salohiyatidan oqilona foydalanmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlarning oʻzbek tili, madaniyati va anʼanalarini ommalashtirish bilan shugʻullanadigan tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash borasida kompleks va uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda taʼlim olayotgan Oʻzbekiston yoshlari bilan ishlashga yetarli darajada eʼtibor berilmayotganligi, mamlakatga qaytganlaridan keyin ularni ish bilan taʼminlash tizimining yoʻlga qoʻyilmaganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vatandoshlar bilan hamkorlik qilishning uzoq muddatli va mustahkam tizimini yaratish hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy maqsadlari sifatida quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari, istiqomat qilinayotgan davlatning qonunchiligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida xorijdagi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlarning Oʻzbekiston madaniy, ilmiy va maʼnaviy merosini keng targʻib qilishga, uni jahon miqyosida oʻrganish va ommalashtirishga, istiqomat qilayotgan davlatlarida oʻzbek tili, madaniyati va anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning Oʻzbekistonda taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga va uning xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli, doʻstona munosabatlarini qurishga oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan vatandoshlar hamda ular tuzgan tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlarning Oʻzbekiston hududida professional, shu jumladan, tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, maʼrifiy va madaniy faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun qulay huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlarning salohiyatini Oʻzbekistonda olib borilayotgan keng koʻlamli sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlashga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturining bajarilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar orqali moliyalashtiriladi.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va idoralar rahbarlariga Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni sifatli hamda oʻz vaqtida bajarish va har chorakda ularni amalga oshirish holati borasidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etish boʻyicha shaxsan javobgar ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish holatini samarali muvofiqlashtirishni, tizimli monitoringini hamda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ularning bajarilishi boʻyicha maʼlumot taqdim etishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarida Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida aniq koʻrsatkichlar va natijalarni ifodalagan holda axborot-tahliliy sharhlarni tizimli ravishda tayyorlash va chop etish boʻyicha choralar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda vatandoshlar va ularning tashkilotlarini Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga hamda ularning oʻzaro hamkorligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan dolzarb masalalarni muhokama etishga jalb qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash boʻyicha choralar koʻrsin, Oʻzbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari hamda vatandoshlarning xorijdagi tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni, ular oʻrtasidagi almashinuvni ragʻbatlantirsin va qoʻllab-quvvatlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, vatandoshlar bilan hamkorlikning darajasi va shaklidan kelib chiqib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, davlat tomonidan quyidagi qoʻllab-quvvatlash va ragʻbat choralari koʻrsatilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kirish vizalarini, shu jumladan, koʻp marotabalik va uzoq muddatli vizalarni soddalashtirilgan holda rasmiylashtirish, vaqtinchalik yashashga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori malakali kadrlarni Oʻzbekistonda zarur boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha ishga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy va maishiy masalalarni hal qilishga yordam berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidagi boʻsh turgan obyektlarni va yer maydonlarini vatandoshlarga tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot, maʼrifiy, innovatsion va boshqa dastur hamda loyihalarni amalga oshirish uchun ajratib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlarning oʻqishi, ishi va boshqa ijtimoiy masalalarini toʻliq (qisman) moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlar orasida yuqori malakali mutaxassislarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro hokimiyati organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat tashkilotlariga rahbarlik lavozimlariga, shuningdek, ushbu tashkilotlar rahbarlarining konsultanti (maslahatchisi) sifatida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan soddalashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlar — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, kino, madaniyat, teatr sanʼati, televideniye va radio yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olishlari uchun grantlar ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlarning ommaviy axborot vositalarini Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtishini soddalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan vatandoshlarni davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan taqdirlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida davlat tomonidan koʻrsatiladigan boshqa qoʻllab-quvvatlash va ragʻbat choralari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda vatandoshlar orasida yuqori malakali mutaxassislarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat tashkilotlariga rahbarlik va masʼuliyatli lavozimlariga jalb qilish borasida zarur chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirsin hamda ularga manfaatdor vazirlik va idoralarga ishga kirish, yaqin aloqalar oʻrnatish boʻyicha toʻliq yordam koʻrsatsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Dunyo” axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini hamda Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishi holatini yoritish yuzasidan maqolalar va mavzuli dasturlarni tashkil etsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tashqi ishlar vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 25-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3982-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsepsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya deb yuritiladi), davlatning mazkur yoʻnalishdagi siyosatining prinsiplari, maqsadlari, asosiy jabhalari va mexanizmlarini namoyon etadigan qarashlarning yagona tizimidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston hududidan tashqarida doimo istiqomat qiladigan yoki taʼlim olish, mehnat faoliyati bilan shugʻullanish, oilaviy sabablar va boshqa sharoitlardan kelib chiqib vaqtinchalik chet elda yurgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqqan va chet el fuqaroligini olgan, Vataniga maʼnaviy va madaniy nuqtai nazardan mansublikni his qilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotgan Oʻzbekistondan chiqib ketgan shaxslar va ularning avlodlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan oʻzini oʻzbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda Oʻzbekiston bilan har tomonlama aloqada boʻlish xohishida boʻlgan xorijda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar (keyingi oʻrinlarda — vatandoshlar) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻz tashabbuslari orqali tashkil etilgan hamda vatandoshlarning manfaatlarini ifoda etadigan va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari, normalariga, istiqomat qilayotgan mamlakatning va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, oʻzining nizomiga asoslanib faoliyat olib boradigan jamoaviy madaniy va milliy markazlar, assotsiatsiyalar, talabalar jamiyatlari, maktablar, fondlar va tadbirkorlik tuzilmalari vatandoshlar tashkilotlari deb tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy aktlar hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Konsepsiya vatandoshlar bilan doimiy muloqotni taʼminlab turishning samarali mexanizmlarini shakllantirish va amalga oshirish, ularni madaniy-gumanitar, ilmiy, maʼrifiy va axborot sohalarda hamkorlikka jalb qilish, Oʻzbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy loyiha va dasturlarni amalga oshirish hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni vatandoshlar bilan faol hamkorlik qilish orqali samarali amalga oshirishga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorligining asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston bilan maʼnaviy, madaniy va huquqiy aloqalarni saqlashga hamda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorligining barcha shakllari va yoʻnalishlari ochiqlik, sheriklik, ixtiyoriylik, qonuniylik, istiqomat qilayotgan mamlakatining qonunlariga hurmat bilan qarash, davlat suvereniteti va mustaqilligi, teng huquqlilik va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amal qilish prinsiplariga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vatandoshlar bilan muloqot oʻrnatish va aloqalarni rivojlantirish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi vatandoshlar istiqomat qiladigan davlatlarning tegishli davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur sohadagi davlat siyosati barcha vatandoshlar bilan har tomonlama doʻstona hamkorlikni mustahkamlashga, ularning etnik, milliy, diniy va ijtimoiy mansubligidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasi bilan madaniyat, til, taʼlim, axborot sohalardagi huquq va erkinliklarini amalga oshirishga koʻmaklashishga, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlash, vatandoshlarimizni ularning ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini qanoatlantirishda koʻmaklashish va istiqomat qilayotgan mamlakatdagi madaniy tengligini himoya qilish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni saqlab qolish maqsadida yurtdoshlarimiz bilan oʻzaro hamkorlik qilishga doimiy eʼtibor qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorligining asosiy maqsadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorlik sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, istiqomat qilayotgan mamlakatning qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida chet ellardagi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston madaniy, ilmiy va maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, uni dunyoda oʻrganish va ommalashtirish, istiqomat qilayotgan mamlakatlarida oʻzbek tilini, madaniyatini va anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan vatandoshlarimizning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning Oʻzbekistonda taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga va uning xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli va doʻstona munosabatlarini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishni istagan vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston hududida vatandoshlarning kasbiy, shu jumladan, tadbirkorlik, sarmoyadorlik, ilmiy, maʼrifiy va madaniy faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obroʻ-eʼtiborini yanada mustahkamlashga vatandoshlar salohiyatini jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorligining asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§1. Madaniy, ilmiy, maʼrifiy va axborot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat, ilm-fan, taʼlim va axborot sohalarida yurtdoshlar va ularning tashkilotlari bilan faol hamkorlikni amalga oshirish, ular bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning boshqa xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tashkil qilishni nazarda tutmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu Konsepsiyaning 10-bandida koʻrsatilgan vatandoshlar bilan hamkorlikning asosiy sohalari quyidagilardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy, taʼlim, tibbiyot, madaniy-maʼrifiy, sport va boshqa sohalardagi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi uchun yosh kadrlar va mutaxassislarni tayyorlashga vatandoshlarning salohiyatini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlarning taʼlim olish va kasbiy mahoratlarini oshirish, shuningdek, ularning oʻz tarixiy Vatanining ilmiy, madaniy va ijtimoiy hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy istiqomat qilayotgan mamlakatlarda oʻzbek tili, madaniyati va urf-odatlarini oʻrganish, asrash va yosh avlodlarga yetkazishda vatandoshlar va ularning tashkilotlariga keng koʻlamli yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlardagi yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini yanada toʻliqroq yoritish va ularni Oʻzbekiston haqidagi tegishli axborot bilan taʼminlash maqsadida ommaviy axborot vositalari sohasidagi hamda axborot almashinuvi borasidagi hamkorlikni kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet elda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan doimiy aloqani oʻrnatish va ushlab turish, ularning Oʻzbekiston hududida ish bilan taʼminlashiga zaruriy yordam koʻrsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 2. Iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy-iqtisodiy va intellektual-texnologik salohiyatga ega ishbilarmon doira vakillarini, xorijiy kompaniya ishchilarini, sarmoyadorlarni, xalqaro moliya institutlari xodimlarini va boshqa mutaxassis vatandoshlarimizni jalb qilishda quyidagilardan manfaatdor:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga ilgʻor texnologiyalarni faol jalb qilish, Oʻzbekistonda qoʻshma korxonalarni tashkil etish va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy mahsulotlar eksporti hajmini oshirishga yordam berish va uning geografiyasini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy turistlarni jalb qilish, mamlakatning turistik salohiyatini, infratuzilmasini va Oʻzbekistonda turizmning yangi turlarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank-moliya faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplarini va mexanizmlarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investorlarning Oʻzbekistonda faoliyat yuritishida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mutaxassis xodimlarni, maslahatchilarni ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan holda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash uchun jalb qilish, jahon ilm-fanining zamonaviy yutuqlarini joriy qilish, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, talabga javob beradigan iqtisodiy, ilmiy, texnikaviy va boshqa sohadagi mutaxassislarni Oʻzbekistonda tayyorlashga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Vatandoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekistonning rivojlanishiga hissa qoʻshmoqchi boʻlgan vatandoshlarimizga har tomonlama koʻmak koʻrsatadi, ularning istiqomat qilayotgan davlatlarida yurtimizning madaniy, ilmiy, maʼrifiy meroslarini va zamonaviy yutuqlarini saqlashga va ommalashtirishga yordam beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot, ilm-fan va texnologiyalar, tibbiyot, taʼlim, madaniyat, sport sohalarida yuqori malaka va yutuqlarga ega boʻlgan va boshqa yoʻnalishlarda qobiliyatli vatandoshlar bilan hamkorlikni oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vatandoshlar bilan hamkorlikning darajasi va shaklidan kelib chiqqan holda, ularga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida davlat tomonidan quyidagi qoʻllab-quvvatlash va ragʻbat choralari koʻrilishi belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kirish vizalarini, shu jumladan, koʻp marotabali va uzoq muddatli vizalarni soddalashtirilgan holda rasmiylashtirish, vaqtinchalik yashashga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori malakali kadrlarni Oʻzbekistonda zarur boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha ishga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy va maishiy masalalarni hal qilishga yordam berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidagi boʻsh turgan obyektlarni va yer maydonlarini vatandoshlarga tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot, maʼrifiy, innovatsion va boshqa dastur hamda loyihalarni amalga oshirish uchun ajratib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlarning oʻqishi, ishi va boshqa ijtimoiy masalalarini toʻliq (qisman) moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlar orasida yuqori malakali mutaxassislarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, joylardagi ijro hokimiyati organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat tashkilotlariga rahbarlik lavozimlariga, shuningdek, ushbu tashkilotlar rahbarlarining konsultanti (maslahatchisi) sifatida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan soddalashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlar — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasining Oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, kino, madaniyat, teatr sanʼati, televideniye va radio yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olishlari uchun grantlar ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlarning ommaviy axborot vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiyadan oʻtishini soddalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan vatandoshlarni davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan taqdirlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida davlat tomonidan koʻrsatiladigan boshqa qoʻllab-quvvatlash va ragʻbat choralari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorlik sohasidagi davlat siyosati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vatandoshlar bilan hamkorlik qilish sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar va boshqa xalqaro hujjatlarni tuzadi, Oʻzbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari hamda vatandoshlarning xorijdagi tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni, almashinuvini ragʻbatlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Konsepsiyaning samarali amalga oshirilishi vatandoshlar bilan ochiq muloqot va samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga hamda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatandoshlar bilan tizimli hamkorlikning samarali mexanizmlarini shakllantirish va ularning oʻzbek tilini, madaniyatini va urf-odatlarini saqlash va ommalashtirishga qaratilgan faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor yoʻnalishlardagi loyiha va dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok yetishi uchun vatandoshlarning intellektual, kasbiy va resurs salohiyatini jalb qilish instrumentlarini yaratish hamda ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga, mamlakatning milliy manfaatlarini mintaqada va jahonda ilgari surishga, vatandoshlar bilan muloqot va hamkorlik oʻrnatish orqali xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli va doʻstona munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga imkon beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorligini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Masʼul ijrochilar

I. Huquqiy-normativ bazani shakllantirish va takomillashtirish

1.

Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar (keyingi oʻrinlarda — vatandoshlar) va ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalarini, shu jumladan, koʻp marotabali va uzoq muddatli, vaqtinchalik yashash hamda ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

1. Tegishli huquqiy-normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish.

2. Belgilangan tartibda huquqiy-normativ hujjatlarning loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2018-yil

30-dekabrgacha

IIV (D. Nazarmuxamedov),
TIV (D. Axatov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(E. Muxitdinov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
DXX (A. Usmanov)

2.

“Vatandosh pasporti”ni tatbiq qilish boʻyicha chet el tajribasini hamda uni Oʻzbekiston Respublikasida joriy qilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish.

Aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish yuzasidan chet el tajribasini oʻrganish va tahlil qilish.

2019-yil

1-martgacha

IIV (D. Nazarmuxamedov),
TIV (D. Axatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

DXX (A. Usmanov),

vazirlik va idoralar

3.

“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunga vatandoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2019-yil

1-iyungacha

IIV (D. Nazarmuxamedov),
TIV (D. Axatov),
Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
DXX (A. Usmanov),
vazirlik va idoralar

4.

Vatandoshlarning madaniy, maʼrifiy, axborot, lingvistik ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida hamkorlik qilish shuningdek, shu sohada hamkorlik dasturlarini amalga oshirish boʻyicha xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarni tuzish.

1. Xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan tashkilotlarini aniqlash.

2. Xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va idoralararo kelishish.

3. Hujjatlar loyihalarini xorijiy tomon bilan kelishish.

4. Shartnomalar tuzish.

2019-yil

1-iyulgacha

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

(K. Ishanxodjayev),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (O. Abduraxmanov),

TIV (D. Axatov)

II. Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish va ular bilan ish olib borishdagi

istiqbolli yoʻnalishlarni tahlil qilish

5.

Quyidagilarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini yaratish: bebaho ilmiy-amaliy tajribaga ega, olim, ekspert, tadbirkor, yuqori malakali mutaxassis, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa soha xodimi boʻlgan vatandoshlar (chet davlatlar va mutaxassisliklari boʻyicha kataloglashtirish hamda davlat idoralarining kadrlar xizmati uchun onlayn qidiruv va foydalanish imkonini yaratish), ular bilan manzilli ishlarni olib borish, shuningdek, ularning salohiyatini Oʻzbekistonning rivojlanishiga jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; chet eldagi vatandoshlar tashkilotlari, shu jumladan, xorijdagi biznes-assotsiatsiyalar, milliy va madaniy markazlar, fondlar, maktab, kafedra va universitetlar, shuningdek, vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, xususiy tele va radio kompaniyalar, bosma va elektron nashriyotlar.

1. Idoralararo ishchi guruh tashkil etish.

2. Maʼlumotlar bazasini yaratish.

3. Vatandoshlar va ularga tegishli tashkilotlar bilan manzilli ish olib borish, ularning salohiyatini Oʻzbekiston Respublikasini ivojlantirishga jalb etish boʻyi?a chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish.

2019-yil

1-maygacha

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

TIV (D. Axatov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov),

DXX (A. Usmanov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Yusupaliyev), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi
(K. Ishanxodjayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (L. Kudratov),
Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(O. Abduraxmanov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov),
MTRK (A. Xodjayev),
vazirlik va idoralar

6.

Chet elda taʼlim olayotgan Oʻzbekiston yoshlarini kelgusida oʻqishni tamomlaganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasida ish bilan taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida ular boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish.

1. Maʼlumotlar bazasini yaratish.

2. Yoshlarning ishga joylashishga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash va ular bilan manzilli ish olib borish.

3. Oʻqishni tamomlagan iqtidorli yoshlarni Oʻzbekistonda ish bilan taʼminlash boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish.

2018-yil

1-dekabrgacha

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

(O. Tadjiyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(O. Abduraxmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), TIV (D. Axatov)

7.

Oʻzbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorligini, ularning tashkilotlari faoliyatini, ular bilan doimiy muloqot olib borilishini, ilm-fan, texnologiyalar, sogʻliqni saqlash, menejment va boshqa sohalarda fikr, tajriba va bilimlar almashinuvini yoritish maqsadida “UzBridge” axborot-tahliliy elektron jurnalini yaratish.

1. Elektron jurnalning konsepsiyasi va mundarijasi (kontent) ishlab chiqish.

2. Tahrir kengashni, birlamchi mualliflik guruhini tashkil etish.

3. Jurnalning birlamchi talqinini yaratish va sinovdan oʻtkazish, saytni ishga tushirish.

4. Saytni muntazam ravishda yangilab turish.

5. Elektron jurnal bazasida vatandoshlarni birlashtiruvchi ijtimoiy tarmoq platformasini yaratish.

2019-yil

1-aprelgacha

TIV (D. Axatov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Umarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

(K. Ishanxodjayev)

III. Iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirish

8.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kiritish, venchur fondlarni, qoʻshma korxonalarni yaratish va boshqalar boʻyicha vatandoshlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qoʻshishga qodir va tayyor boʻlgan vatandoshlarni aniqlash.

2. Muzokaralar olib borish.

3. Oʻzbekistonda tegishli loyihalarni amalga oshirish borasida huquqiy, axborot va tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish.

2019-yil

1-martgacha

TIV (D. Axatov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (L. Kudratov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (A. Nazarov),

Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), vazirlik va idoralar

9.

Vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasida eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga hamda xorijiy bozorlarga oʻzbek mahsulotlarini yetkazib berishni koʻpaytirish boʻyicha faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻzbekiston mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda ishtirok etishni istagan vatandoshlarni aniqlash.

2. Muzokaralar olib borish.

3. Eksport shartnomalarini tuzishda huquqiy, axborot va tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish.

Muntazam ravishda

Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov),
Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(A. Nazarov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(L. Kudratov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev),

TIV (D. Axatov),

vazirlik va idoralar

10.

Oʻzbekistonning turistik mahsulotini ilgari surishdan, mamlakatimizda turistik infratuzilma, turizmning yangi turlarini rivojlantirishda ishtirok etishdan manfaatdor vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

1. Manfaatdor vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatish, muzokaralar olib borish va sayyohlik loyihalarini ishlab chiqish.

2. Vatandoshlarga tegishli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda huquqiy, axborot hamda tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish.

Muntazam ravishda

Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi

(U. Kasimxodjayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(L. Kudratov),
TIV (D. Axatov),
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (U. Xusanov)

11.

Vatandoshlar safidan yuqori malakali mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda joylardagi ijro hokimiyati va boshqa davlat tashkilotlarining rahbar hamda masʼul lavozimlariga, shuningdek rahbarlarning konsultantlari (maslahatchilar) sifatida jalb qilish.

1. Vatandoshlar safidan yuqori malakali mutaxassislarni tegishli lavozimlarga nomzodligi boʻyicha takliflar tayyorlash.

2. Muzokaralar olib borish, Oʻzbekiston Respublikasiga tanishuv tashriflarini oʻtkazish.

3. Rahbar va masʼul lavozimlarga jalb qilinayotgan vatandoshlarga huquqiy va axborot koʻmagini berish, shuningdek, Oʻzbekistonga koʻchib kelishi bilan bogʻliq masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatish.

Muntazam ravishda

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, TIV (D. Axatov),
LBMA (D. Li), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(L. Kudratov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(A. Nazarov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov),vazirlik va idoralar

12.

Vatandoshlarga tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot, taʼlim, innovatsion va boshqa loyihalari hamda dasturlarini amalga oshirish uchun davlat tasarrufida boʻlgan boʻsh obyektlarni taqdim etish.

1. Vatandoshlarga tegishli talabnomaga asosan davlat tasarrufida boʻlgan boʻsh obyektlarni berish.

2. Huquqiy va tashkiliy-texnik masalalarni hal qilishda har tomonlama yordam koʻrsatish.

Muntazam ravishda

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Raqobat qoʻmitasi

(N. Sharipov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Madaniy-gumanitar, ilmiy, taʼlim va axborot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish

13.

Oʻzbek tili, madaniyati va anʼanalarini, xususan, oʻzbek tili va adabiyoti kurslarini tashkil etish, seminarlar, madaniy kechalar, konferensiyalar, festivallar va boshqa madaniy tadbirlarni oʻtkazish yoʻli bilan dunyoga targʻib etish va ommalashtirish uchun Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqish.

1. (Konfutsiy instituti/XXR, Gyote instituti/GFR, Servantes instituti/Ispaniya, Yunus Emre instituti/Turkiya va boshqalar) singari shunga oʻxshash institutlar tashkil etish va faoliyatini yuritish orqali xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazi va uning filiallarini chet elda taʼsis etish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

3. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini va konsepsiyasini ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi uchun kiritish.

2019-yil

1-maygacha

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),
Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),
TIV (D. Axatov),
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari Qoʻmitasi

(K. Ishanxodjayev),

vazirlik va idoralar

14.

2019-yil Samarqand shahrida Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va oʻtkazish.

1. Forum konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2. Forum qatnashchilari roʻyxatini tuzish.

3. Tegishli farmoyish qabul qilinishi uchun hujjatlar toʻplamini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Forumni oʻtkazish.

2019-yil

1-fevralgacha

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, “Buyuk kelajak” XNNT

(B. Ismailov), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari Qoʻmitasi

(K. Ishanxodjayev),

TIV (D. Axatov)

15.

Xorijda Oʻzbekistonning xalqaro imidjini ilgari surish va mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida olib borilayotgan tub oʻzgarishlarni namoyon qilish maqsadida vatandoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, taqdimotlar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni oʻtkazishni tashkillashtirish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tadbirlarni oʻtkazish.

2019-yil

1-martgacha

TIV (D. Axatov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Millatlararo munosabatlar ?a xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari Qoʻmitasi

(K. Ishanxodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Oʻzbekiston Oliy oʻquv yurtlarida oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, kino, madaniyat, teatr sanʼati, televideniye va radio yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olish uchun xorijiy fuqarolar safidan yosh vatandoshlarga grantlar taqdim etish.

1. Vatandoshlarga taʼlim grantlarini taqdim etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

2. Mexanizmning ijro etilishini taʼmirlash.

2019-yil

1-maygacha

Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi

(O. Abduraxmanov),

oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar

17.

Vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning vakillari Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtkazilishining soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

1. Vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari va xorijiy ommaviy axborot vositalarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2. Akkreditatsiyadan oʻtkazishni yengillashtirish maqsadida ularning faoliyatini oʻrganib chiqish.

3. Akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2019-yil

1-martgacha


Muntazam ravishda

TIV (D. Axatov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov),
DXX (A. Usmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 07/18/3982/2105-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)