22.10.2018 yildagi 849-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.03.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va “Oʼzmedimpeks” davlat unitar korxonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Dori-Darmon” AKda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy qilish, “Oʼzmedimpeks” DUKning moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek, respublika aholisi va tibbiyot muassasalarining dori vositalariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 ― 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-fevraldagi 141-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2019-y., 09/19/141/2634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻn besh kunda “Dori-Darmon” AKga 150 mlrd soʻm miqdorida 2 foizli budjetdan ssudani belgilangan tartibda ikki yillik imtiyozli davr bilan besh yil muddatga bersin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Dori-Darmon” AKga 2017-yil yakunlari boʻyicha olingan daromadni, istisno tariqasida, dividendlar hisoblamasdan kompaniyaning moliyaviy barqarorligini oshirish va keyinchalik “Dori-Darmon” AK ustav kapitalini kapitallashtirish uchun yoʻnaltirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʼzmedimpeks” DUKning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan cheklangan savdo ustamalarini qoʻllamagan holda 300 mlrd soʻm miqdorida ajratilgan foizsiz budjet ssudasi hisobidan “Oʼzmedimpeks” DUK xarid qilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini, istisno tariqasida, Sogʻliqni saqlash vazirligiga topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqaruv organlari, shuningdek, davlat tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini sotish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan 300 mlrd soʻm miqdordagi foizsiz budjet ssudasining 260 mlrd soʻmini 2019-yil 1-iyulgacha, qolgan 40 mlrd soʻmini 2019-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda qoplashi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdagi 642-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2019-y., 09/19/642/3626-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 8-bandiga muvofiq dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus gʻaznachilik shaxsiy hisobraqamida jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari va davlat tibbiyot boshqarmalarining rasmiy talablariga koʻra, ular tomonidan ushbu qarorning 8-bandida nazarda tutilgan tartibda yetkazib berilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun hisob-kitob qilishga zarur budjet mablagʻlari boʻyicha ularning xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va “Oʼzmedimpeks” DUK bilan birgalikda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini tasdiqlangan taqsimot asosida qabul qilish-topshirish hamda ikki oy muddatda ularning respublika, viloyat va tuman darajasidagi davlat tibbiyot tashkilotlariga yetkazib berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʼzmedimpeks” DUKning foizsiz budjet ssudasidan maqsadli va samarali foydalanishini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʼzmedimpeks” DUK faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 22-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
849-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/849/2084-son; 19.02.2019-y., 09/19/141/2634-son; 02.03.2019-y., 09/19/185/2702-son, 02.08.2019-y., 09/19/642/3626-son; 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)