Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1998 20.03.1996 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1998
Hujjat 20.03.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli va notarif tartibga solish tizimini yanada samarali tashkil etish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1996-yil 1-apreldan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport boj poshlinalari stavkalari 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import boj poshlinalari stavkalari 2-ilovaga muvofiq joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati bilan tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari boʻyicha yetkazib berilayotgan tovarlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan davlatlardan keltirilayotgan tovarlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga keltirilayotgan tovarlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ehtiyojlari uchun eksportga yetkazib berish hajmi doirasidagi tovarlardan (markazlashtirilgan eksport);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi 50 mln. AQSH dollaridan ortiq miqdorda bevosita investitsiyalar qoʻygan xorijiy yuridik shaxslar tomonidan olib kelinayotgan tovarlardan, basharti keltirilayotgan tovarlar ularning oʻzlari ishlab chiqargan mahsulot hisoblansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga vaqtincha olib kelinayotgan va undan vaqtincha olib ketilayotgan tovarlardan, tranzit tovarlardan va “boj ombori” tartibida tashilayotgan tovarlardan boj poshlinalari olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga belgilangan tartibda olib kelinayotgan va uning boj hududidan olib ketilayotgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy sherikning xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona ustav sarmoyasiga mulk sifatida qoʻshgan ulushidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muruvvat va texnik yordamdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazmalar, reklama va prezentatsiya eksponatlaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va undan tayyorlangan mahsulotni olib ketish (olib kelish) uchun olib kelinayotgan (olib ketilayotgan) xom ashyo, materiallar va butlovchi materiallardan boj poshlinalari olinmaydi. Qayta olib ketish (olib kelish)da, koʻrsatib oʻtilgan xom ashyo, materiallar va butlovchi materiallarni qayta ishlash qiymatidan boj poshlinalari olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 2 va 4-bandlariga muvofiq ikki hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan korxonalar tomonidan olinadigan foyda (daromad)ni hisoblab chiqish va undan soliq undirish tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish uchun eksport qiluvchi korxonalar foydalangan moddiy resurslar uchun ularning mahsulot yetkazib beruvchilar hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha davlat budjeti bilan hisob-kitobi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Davlat soliq qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mol-mulk, buyumlarni poshlinasiz olib kelish va olib chiqib ketishning vaqtinchalik roʻyxati va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzdavstandart” markazi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda eksport mahsulotlarni standartlash va sertifikatsiyalash tizimini xalqaro talablarga muvofiqlashtirishga oid chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarorining 3 va 13-bandlari hamda unga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 20-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
20-martdagi 114-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport boj poshlinalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar guruhi raqami‎

Tovarning qisqacha nomi‎

Tashqi iqtisodiy faoliyat TN kodi‎ Poshlina stavkalari (kontrakt qiymatiga nisbatan foizlarda)‎
03‎ Baliq‎ 03‎ 10‎
04‎ Pishloq ‎ 0406‎ 40‎
Tabiiy asal‎ 0409‎ 50‎
05‎ Mollarning ichak-chovogʻi‎ 0504‎ 20‎
Suyak va muguz‎ 0506‎ 10‎
06‎ Terilgan gullar va gʻunchalar‎ 0603‎ 5‎
07‎ Kartoshka ‎ 0701‎ 40‎
08‎ Yongʻoq‎ 080231, 080232‎ 40‎
Limonlar‎ 0805301‎ 15‎
12‎ Yeryongʻoq‎ 1202‎ 10‎
Chigit (ekish uchun va boshqalar)‎ 120720100, 120720900‎ 40‎
Kunjut urugʻi ‎ 120740‎ 5‎
Beda urugʻi‎ 120922‎ 5‎
Parfyumeriya, farmatsevtika va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan oʻsimliklar, ularning alohida qismlari‎ 1211 (121110 dan tashqari)‎ 30‎
Qizilmiya ildizi‎ 121110‎ 30‎
14‎ Paxta linti ‎ 140420000‎ 30‎
15‎ Mol yogʻi‎ 1502‎ 30‎
Oʻsimlik yogʻi ‎ 1507, 1512, 1516‎ 30‎
‎‎ Margarin‎ 1517‎ 30‎
19‎ Boshoqli gʻalla ekinlaridan, undan, kraxmal va sutdan tayyorlangan mahsulotlar; xamirdan tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari‎ 1901, 1902, 1903, 1904, 1905 ‎ 40‎
22‎ Suvlar, mineral va shakar hamda boshqa shirin qiluvchi moddalar qoʻshilgan gazli suvlar ‎ 2202‎ 5‎
23‎ Yogʻ olinadigan ekinlar kunjarasi, uni va taxta kunjara hamda oʻsimlik yogʻi ekstraksiyasining boshqa qattiq chiqitlari (chigitni ham qoʻshib)‎ 2304, 2306, 230990 ‎ 40‎
24‎ Tamaki xom ashyosi va chiqitlari ‎ 2401‎ 10‎
25‎ Osh tuzi‎ 250190 ‎ 10‎
Taroshlanmagan marmar‎ 251511000‎ 10‎
Arralangan marmar‎ 251512000‎ 5‎
Taroshlanmagan granit‎ 251611000‎ 10‎
Arralangan granit‎ 251612000‎ 5‎
Marmar donalari, maydasi va kukuni‎ 251741000‎ 5‎
Gips, angidrit, alebastr‎ 2520‎ 10‎
Ohak‎ 2522‎ 10‎
27‎ Neft moylari qoldiqlari‎ 271390900‎ 5‎
Bitumlar va bituminoz aralashmalari ‎ 2714, 2715‎ 15‎
28‎ Sulfat kislota‎ 2807‎ 10‎
30‎ Momiq paxta, doka, bintlar va shunga oʻxshash materiallar (tibbiy)‎ 3005‎ 30‎
31‎ Mineral yoki kimyoviy, azotli yoki fosforli oʻgʻitlar‎ 3102, 3103‎ 5‎
32‎ Loklar, boʻyoqlar, va pigmentlar ‎ 3203—3210‎ 15‎
33‎ Sochga moʻljallangan vositalar ‎ 3305‎ 10‎
34‎ Sovun‎ 3401‎ 30‎
36‎ Gugurt‎ 360500000‎ 40‎
38‎ Initsiatorlar, tezlatgichlar va kimyoviy reaksiyalarning katalizatorlari‎ 3815‎ 40‎
39‎ Poliuretanlar‎ 390950000‎ 30‎
Neft smolalari‎ 3911‎ 30‎
Karboksimetilsellyuloza va uning tuzlari ‎ 391231000‎ 10‎
Sellyuloza va uning hosilalari ‎ 3912‎ 30‎
Polimer quvurlar, naychalar va shlanglar‎ 3917‎ 30‎
Polimer plyonkalar‎ 391910510, 392010, 392020, 392030, 392042110, 392071, 392073500‎ 30‎
Tovarlarni tashish yoki joylashtirishga moʻljallangan plastmassa buyumlar (polimer idish)‎ 392310000, 392330900, 392390100‎ 20‎
Plastmassadan tayyorlangan qurilish detallari‎ 3925‎ 20‎
41‎ Charm‎ 4104, 4106, 4108 4109‎ 40‎
Nostandart teri xom ashyosi*‎ 4101—4103‎ 40‎
43‎ Tabiiy va sunʼiy moʻyna‎ 4301, 4302‎ 20‎
44‎ Yogʻoch va yogʻochdan tayyorlangan qurilish buyumlari ‎ 44‎ 40‎
47‎ Makulatura va qogʻoz chiqindilari ‎ 4707‎ 30‎
48‎ Qogʻoz va karton; qogʻoz, karton va undan tayyorlangan buyumlar ‎ 4801, 4803, 4806, 4809, 4812, 4813, 4816, 4818, 4820‎ 50‎
52‎ Paxta tolasi va paxta chiqindilari ‎ 5201, 5202, 5203‎ 5‎
56‎ Paxta momigʻi‎ 560121‎ 10‎
Paxta chiqindisi (par va oʻlik paxta)‎ 560130‎ 5‎
59‎ Linoleum‎ 5904‎ 10‎
70‎ Butil, butilkalar, shisha banka va boshqa shisha idishlar (boʻsh)‎ 7010‎ 20‎
71‎ Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, qimmatbaxo metallar‎ 7103, 7104, 7106, 71, 7107, 7108, 7109, 7110, 7111, 7112‎ 20‎
74‎ Mis‎ 7401, 7402, 7403‎ 20‎
Misdan tayyorlangan buyumlar‎ 7405—7409 7413—7419 ‎ 10‎
Mis chiqindilari va parchalari‎ 7404 ‎ 40‎
75‎‎ Nikel‎ 7501, 7502‎ 40‎
Nikeldan tayyorlangan buyumlar‎ 7504—7508‎ 20‎
Nikel chiqindilari va parchalari ‎ 7503‎ 40‎
76‎ Aluminiy‎ 7601‎ 40‎
Aluminiydan tayyorlangan buyumlar‎ 7603—7614, 7616‎ 20‎
Aluminiy chiqindilari va parchalari‎ 7602‎ 40‎
Aluminiydan tayyorlangan yemakxona, oshxona buyumlari (kuymaydigan idish-tovoqdan tashqari)‎ 7615‎ 30‎
78‎ Qoʻrgʻoshin‎ 7801‎ 40‎
Qoʻrgʻoshindan tayyorlangan buyumlar‎ 7803—7806‎ 20‎
Qoʻrgʻoshin parchalari va chiqindilari‎ 7802‎ 40‎
79‎ Rux‎ 7901‎ 10‎
Ruxdan tayyorlangan buyumlar‎ 7903—7907‎ 5‎
Rux chiqindilari va parchalari ‎ 7902‎ 40‎
80‎ Qalay‎ 8001‎ 20‎
Qalaydan tayyorlangan buyumlar‎ 800300000—800700000‎ 15‎
Qalay parchalari va chiqindilar ‎ 800200000‎ 40‎
81‎ Boshqa noqimmatbaho metallar (magniy, kobalt, titan, sirkoniy, margens, berilliy, xrom, germaniy, vanadiy)‎ 8104, 8105, 8108, 8109, 8111, 8112 (811291100—811299900 dan tashqari)‎ 40‎
Rangli metallar parchalari va chiqindilari ‎ 810191900
‎810291900
‎810310900
‎810420000
‎810510900
‎810600100
‎810700100
‎810810900
‎810910900
‎811000190
‎811100190
‎811211000
‎811220390
‎811230100
‎811240190
‎811291390
‎811300100 ‎
40‎
85‎ Izolyatsiyalangan simlar ‎ 8544‎ 5‎
97‎ Sanʼat asarlari, kolleksiyalanadigan buyumlar va antikvariat**‎ 9701, 9702, 9703, 9704, 9705, 9706‎ 100‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eslatma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasining teri xom ashyosining nostandartligi toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Madaniyat ishlari vazirligining ruxsati mavjud boʻlganda olib chiqib ketilishiga ruxsat etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
20-martdagi 114-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import boj poshlinalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar guruhi raqami‎

Tovarning qisqacha nomi‎

Tashqi iqtisodiy faoliyat TN kodi‎ Poshlina stavkalari (kontrakt qiymatiga nisbatan foizlarda)‎
20 Sabzavot, meva, yongʻoq yoki oʻsimliklarning boshqa boʻlaklarini qayta ishlash mahsulotlari:
Sirka yoki sirka kislotasi qoʻshmay tayyorlangan yoki konversalangan tomatlar 2002 20
Meva sharbatlari 200950—200980 20
Meva sharbatlari (sitrus va boshqalar) 200911—200940 5
21‎ Boshqa har xil oziq-ovqat mahsulotlari:
Ketchup va boshqa tomat souslari 210320000 20
22 Suvlar, mineral va shakar hamda boshqa shirin qiluvchi moddalar qoʻshilgan gazli suvlar 2202 10
Pivo-solodko 220300 10
23‎ It va mushuklar uchun chakana savdo maqsadida qadoqlangan ozuqalar 230910 20
34 Avtokosmetika 340530
‎340540
‎340590
10
39‎‎ Kiyim-boshlarni bezash uchun buyumlar va uning plastmassadan tayyorlangan aksessuarlari 392620 5
42 Charm va charm oʻrnini bosuvchi materialdan tayyorlangan buyumlar‎ 4202 10
Tabiiy va sunʼiy charmdan tayyorlangan kiyim-boshlar va ularga tegishli narsalar 4203 10
43‎ Tabiiy va sunʼiy moʻynadan tayyorlangan kiyim-boshlar 430310, 4304 10
54‎ Sintetik iplardan toʻqilgan gazlamalar 5407, 5408 10
55 Sintetik shtapel tolalardan toʻqilgan gazlamalar 5513—5516 10
57 Gilamlar va yerga toʻshaladigan boshqa toʻqma buyumlar 5701—5705 40
58 Tukli va baxmal ipdan tayyorlangan gazlamalar 5801 10
61‎‎ Trikotaj kiyim-boshlar (bolalar kiyim-boshlaridan boshqa) va ularga tegishli narsalar 6101—6110, 6112—6114, 6116, 6117 5
63 Adyollar va pledlar 630120 10
Koʻrpa-toʻshak qoplamasi (sochiq-dasturxon, pardoz-andoz yoki oshxona sochiqlaridan tashqari) 6302 (630240—630299000 dan tashqari) 20
Ilgari isteʼmolda boʻlgan kiyim-boshlar va ilgari isteʼmolda boʻlgan buyumlar va boshqalar 6309 5
69 Keramik buyumlar:
Chinni va fayans idishlar 6911 10
70‎ Billur idishlar 7013321 10
71‎ Tabiiy yoki ishlov berilgan marvarid, qimmatbaho va arzonbaho toshlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, bijuteriya; tangalar:
Tabiiy yoki ishlov berilgan marvarid 7101 5
Qimmatbaho metallar, marvaridlar, toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari 7113, 7114, 7116 5
Qimmatbaho metallar bilan qoplangan arzonbaho metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlari 711320000 711420000 5
Bijuteriya 7117 5
85‎ Telefon apparatlari va faksimile aloqa vositalari (shu jumladan, termoqogʻoz) 851710, 851781900 5
Tovushni kuchaytirish uchun elektr qurilmalar 8518 5
Elektroproigrivatel qurilmalari 8519 5
Magnitofonlar (ovoz yozish apparaturasi) 8520 10
Videoyozuv va qayta ishlash apparaturasi 8521 10
Radiopryomnik apparaturasi Televizion pryomniklar 8528 10
87 Yerda yuradigan transport vositalari, harakatdagi temir yoʻl transporti va tramvaylardan tashqari; ularning qismlari va uskunalari:
Kamida 10 kishini tashishga moʻljallangan avtomobillar (tibbiy maqsadlar uchun maxsus moʻljallangan avtomobillardan tashqari) 8702 20
Yengil avtomobillar* dvigatelining hajmi: 8703
—1000 sm3 gacha boʻlgan, yangilari 870321100 40, lekin kamida 1,1 sm3 ga 1,1 EKYU
—1000 sm3 dan 1500 sm3 gacha boʻlgan, yangilari 870322 45, lekin kamida 1 sm3 ga 1,4 EKYU
—1500 sm3 dan 1800 sm3 gacha boʻlgan, yangilari 870323 50, lekin kamida 1 sm3 ga 1,6 EKYU
—1800 sm3 dan 3000 sm3 gacha boʻlgan, yangilari 870323 60, lekin kamida 1 sm3 ga 2,2 EKYU
—3000 sm3 dan yuqori boʻlgan, yangilari 870324 60, leki½ kamida 1 sm3 ga 3,0 EKYU
—ilgari foydalanilgan avtomobillar ** 100
Yuk avtomobillari 8704 10
8703 tovar pozitsiyasida klassifikatsiyalangan avtomobillar uchun dvigatelli shassilar 870600910 30
8703 tovar pozitsiyasida klassifikatsiyalangan avtomobillar uchun kuzovlar 870710 30
Mototsikllar 8711 10
90 Durbinlar 9005 10
Fotokameralar 9006 10
Kinoapparatlar va kinoproyektorlar 9007 10
Tasvirlar proyektlari 9008 10
Fotokoʻchirish mashinalar 9009 5
Foto va kinolaboratoriyalar uchun uskunalar 9010 5
0,05 gramm va undan yuqori sezgirli tarozilar 9016 5
94 Mebel 940130—940180000 10
Yoritish jihozlari (qandillar) 940510 5
95 Koʻngil ochadigan oʻyinlar uchun buyumlar 9504 20
96 Termoslar 961700 20
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eslatma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* koʻrsatilgan stavkalar dizel dvigatelli avtomobillar uchun ham belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** ilgari foydalanilgan avtomobillar — ishlab chiqarilgan paytdan boshlab 3 yil va undan koʻp boʻlgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.