16.10.2018 yildagi 829-son
Hujjat 14.05.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 29-iyundagi PQ-3818-son qarori ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni amaliy qo‘llab-quvvatlash, investitsiya muhitini yaxshilash va respublikaning eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan axborotning o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilishi hamda ularning ishonchliligini ta’minlash uchun vakolatli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining bazasiga kiritiladigan axborot

Vakolatli organning nomi

1.

O‘ziga xos tovarlarning eksporti va importi uchun litsenziya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

3.

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

4.

Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish hamda saqlash, shuningdek avtomobil va temir yo‘l transportida tashish uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi

5.

Ovchilik va sport qurolini va uning o‘q-dorilarini olib kirish yoki olib chiqish, sotib olish, saqlash, tashish va sotish uchun ruxsatnoma.

6.

Import qilinayotganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan xomashyolar ro‘yxatida ko‘rsatilgan “in bulk” mahsulotlar turlari uchun xulosa

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

7.

Sanitariya-epidemiologik xulosa

8.

Narkotik vositalar, psixo�rop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, chetga olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

9.

O‘zbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib chiqish yoki vaqtinchalik olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

10.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlar eksporti, importi va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi

12.

Veterinariya sertifikati, veterinariya guvohnomasi

13.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar eksportiga yoki importiga ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

14.

Ekologik sertifikat

15.

Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

16.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar va tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

17.

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi bo‘lgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar namunalarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

18.

Fitosanitariya sertifikati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

19.

Karantin ruxsatnomasi

20.

Karantin ko‘rigi dalolatnomasi

21.

Muvofiqlik sertifikati

“O‘zstandart” agentligi

22.

O‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mulk uchun sertifikat

“O‘zbekekspertiza” AJ

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.