O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qiladilar.
davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda o‘n kun muddatda tasdiqlanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda hududiy bo‘linmalarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga va YIDXPga ulanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va amalda qo‘llanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarni ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risida nizomga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarni (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ko‘rsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qiladi.
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil tarzda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
7. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi xodimi so‘rovnomani chop etadi va ariza beruvchiga beradi. Ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. So‘rovnomaga ariza beruvchi pasportining nusxasi ilova qilinadi.
9. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
10. Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, pasportining nusxasi ilova qilinib, Davlat xizmatlari markazi xodimining ERIsi bilan tasdiqlangan holda 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
12. Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida QR-kodli (matrik shtrixli kod) soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) ariza beruvchiga (YIDXP yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda) elektron tarzda yuboradi.
13. Davlat xizmatlari markazi guvohnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda uning so‘roviga ko‘ra Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchiga guvohnomani elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
14. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
_______________ | _______________ | ||||||||
Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisobga qo‘yish hamda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini olish uchun | |||||||||
Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar: | |||||||||
1. Doimiy yashash joyi (hudud nomi): | |||||||||
1.1. Tuman/shahar nomi: | |||||||||
2. Familiyasi | |||||||||
3. Ismi | |||||||||
4. Otasining ismi | |||||||||
5. Tug‘ilgan yili va sanasi | |||||||||
6. Pasport seriyasi va raqami | |||||||||
7. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar) | |||||||||
8. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami | |||||||||
9. Elektron pochta manzili | |||||||||
10. Telefon raqami | |||||||||
Pasport nusxasi ilova qilinmoqda. Ushbu so‘rovnomada ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman. | |||||||||
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) Davlat xizmatlari markazlari orqali soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ko‘rsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ariza beruvchi yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
11. Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
13. Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazi, ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
15. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
_______________ | _______________ | ||||||||
Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa | |||||||||
Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar: | |||||||||
1. Doimiy yashash joyi (hudud nomi) | |||||||||
1.1. Tuman/shahar nomi | |||||||||
2. Familiyasi | |||||||||
3. Ismi | |||||||||
4. Otasining ismi | |||||||||
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami | |||||||||
6. STIR | |||||||||
6. Soliq obyektining kadastr raqamlari: | |||||||||
6.1. | |||||||||
6.2. | |||||||||
6.3. | |||||||||
... | |||||||||
7. Telefon raqami | |||||||||
8. Elektron pochta manzili | |||||||||
Ushbu so‘rovnomada qayd etilgan ma’lumotlarning to‘liq va haqiqiyligini hamda Menga tegishli barcha soliq obyektlarining kadastr raqamlari to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tasdiqlayman. | |||||||||
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
“5. Identifikatsiya raqami O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan beriladi”.
2. 18-banddagi “yashash joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasida” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 19-banddan “uning tomonidan yashash joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasida to‘ldirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish soliq shakli asosida Davlat soliq qo‘mitasida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. 23-banddagi “soliq organlariga” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.