LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Tashqi savdo operatsiyalarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan amaliy nazoratni ta’minlash hamda O‘zbekiston respublika valyuta birjasi resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Import operatsiyalar bo‘yicha kontraktlarni hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish to‘g‘risidagi Nizomga (1-ilova) muvofiq 1996-yil 1-apreldan boshlab import kontrakt (shartnoma)larining kompleks hisobi yuritilishini joriy etish;
1996-yil 1-aprelgacha Bitishuv pasporti joriy etilishi bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish chora-tadbirlarini qo‘rish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
import kontraktlarini hisobga qo‘yish (tovar-xomashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) vakolatli banklarda ikki ish kunida, import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish bo‘limlarida — ikki ish kunida, hujjatlar topshirilgan kundan tashqari amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 161-modda)
vakolatli banklar va bojxona organlari hududiy bo‘linmalarining rahbarlari ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarga qat’iy rioya qilinishi hamda import kontraktlarni hisobga olishda sansalorlikka va byurokratizmga yo‘l qo‘yilmasligi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eksport-import kontrakt (shartnoma)larini hisobga olish va ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
qolgan summa import qiluvchi korxona tomonidan bankka tovarlar tushganligi to‘g‘risida bojxona xizmatining tegishli yozuvlari qayd etilgan holda tovarlar olib kelinishi kartochkalari taqdim etilgandan keyin o‘tkazilsin;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 245-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2003-y., 14-son, 115-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zinvestloyiha” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda loyihalash va tadqiqot tashkilotlari bazasida yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda bir oy muddatda import texnologiyalar, mashina va uskunalarni xarid qilishda eng maqbul variantlarni tanlash yuzasidan maslahat berish va xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tegishli ma’lumotlar bankiga ega bo‘lgan tarmoq va tarmoqlararo mustaqil konsalting firmalari tarmog‘ini tashkil etsin.
Adliya vazirligi “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda ixtisoslashtirilgan konsalting firmalari to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 317-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 14-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Belgilab qo‘yilsinki, import kontraktlar (shartnomalar)ini tuzishda import qiluvchilar mahsulotlar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan muvofiqlik sertifikatsiyasidan (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlar uchun) majburiy tartibda o‘tkazilishini nazarda tutishlari kerak.
Rezidentlarga import kontraktlar (shartnomalar)ini tuzishda ularning shartlarida tovarlarni jo‘natishdan oldin tekshirishni, majburiy muvofiqlik sertifikatsiyasidan o‘tkazishni nazarda tutish tavsiya qilinsin.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zdavstandart” markazi va Davlat soliq qo‘mitasi import tovarlarni jo‘natishdan oldin tekshirish tizimini tashkil etishga oid takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishi yoki rezidentlarga xizmatlar ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi barcha bitishuvlarga (tovar-xomashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) tatbiq etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 223-sonli qarori tahririda – O‘R HQT 1999-y., 5-son 25-modda )
2. Valyuta mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun 1-ilovaga muvofiq import qiluvchi rezidentlar tomonidan rasmiylashtiriladigan hamda valyuta schyoti ochilgan joydagi vakolatli bankda (keyingi o‘rinlarda bank) ro‘yxatga olinadigan Import bitishuvi pasporti (keyingi o‘rinlarda Pasport deb ataladi) joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. 1996-yil 1-aprelgacha tuzilgan kontraktlarning bajarilmagan qismiga majburiy tartibda Pasport rasmiylashtirilishi va ular mazkur Nizomda belgilangan tartibda hisobga qo‘yilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Import qilinayotgan tovarning haqini to‘lash, Markaziy bank tomonidan boshqacha ruxsat berilgan bo‘lmasa, faqat import qiluvchi korxonaning bankdagi schyotidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Import qiluvchi korxona tomonidan tuzilgan har bir kontrakt bo‘yicha Pasport rasmiylashtiriladi. Pasportga schyotdagi pul mablag‘larini tasarruf etuvchi korxona rahbari imzo chekadi va u uch nusxada bo‘ladi (birinchi nusxasi import qiluvchi korxonada qoladi, ikkinchi nusxasi bojxona hujjatlari yig‘majildida saqlanadi, uchinchi nusxasi bankda turadi).
Import qiluvchi tomonidan tasdiqlangan import kontrakti nusxasi va Pasport bankka va bojxona xizmatlariga topshiriladi.
7. Import qiluvchi korxona Pasportda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning kontrakt shartlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
8. Bank Pasportning unga topshirilgan nusxalarini, import kontraktini ko‘rib chiqadi, Pasportdagi ma’lumotlarning kontrakt shartlariga muvofiqligini, Pasportdagi imzolarning imzolar namunalari kartochkasidagi namunalarga muvofiqligini tekshiradi, so‘ngra 2 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda Pasportning import qiluvchi korxona tomonidan tayyorlangan nusxalariga imzo chekadi va muhr (shtamp) bilan tasdiqlaydi. Pasportning birinchi ikki nusxasi import qiluvchi korxonaga qaytariladi. Pasport noto‘g‘ri rasmiylashtirilganda u rad etish sababi ko‘rsatilgan holda qaytarib beriladi.
9. Tomonlar kontrakt shartlariga ilgari Pasportni tuzishda foydalanilgan ma’lumotlarga daxl qiluvchi o‘zgartirishlar kiritgan taqdirda, import qiluvchi ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgartirishlar kiritilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda, biroq import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun taqdim qilishdan kechiktirmay, bankka kontraktga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birgalikda Pasportni taqdim etadi, kontraktni rasmiylashtirish mazkur bo‘limda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Pasport imzolangandan keyin bank kontrakt bo‘yicha xorijiy valyutadagi to‘lovlarning, shuningdek belgilangan tartibga muvofiq Respublika valyuta birjasida import qiluvchi korxonalar nomidan xorijiy valyuta sotib olishga buyurtmanoma berilishining asoslanganligini nazorat qilish funksiyalari bajarilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 317-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 14-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Import kontraktlarini hisobga qo‘yish uchun import qiluvchi korxona ular vakolatli banklarda hisobga qo‘yilgandan keyin 7 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda import qiluvchi korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish bo‘limlariga bankning belgilari qo‘yilgan Pasportning undagi mavjud nusxalarini taqdim etadi, ular Pasportning birinchi va ikkinchi nusxalariga tegishli belgi qo‘yadilar.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Import qilinadigan tovarlarga yuk boj deklaratsiyasi (YuBD)ni rasmiylashtirishda (“S” ustunining uchinchi qarorida import bitishuvi pasporti tartib raqami qo‘yiladi) import qiluvchi korxona bojxona xizmatiga Pasportning birinchi nusxasini taqdim etishi kerak.
Nusxasi bojxona hujjatlarida saqlanayotgan Pasport bo‘yicha keyinchalik tovarlar guruhi kelgan taqdirda import qiluvchi korxona tomonidan oldingi guruhlar kelganligi haqida belgi qo‘yilgan Pasportning birinchi nusxasi taqdim etilishi kerak.
14. Kontraktga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda bojxona organlariga qayta rasmiylashtirilgan, bank tomonidan imzolangan va muhr (shtamp) qo‘yilgan Pasport taqdim etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Bojxona xizmatlari (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarga nisbatan) Pasportdagi mavjud ma’lumotlarning YuBDda bayon qilingan ma’lumotlarga, kontrakt shartlariga, shuningdek muvofiqlik sertifikatiga muvofiqligini tekshiradilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda bojxona xizmatining import qilinadigan tovarlarni rasmiylashtiradigan mansabdor shaxsi YuBDning tartib raqamini, olingan tovarning miqdori va qiymatini ko‘rsatgan xolda Pasportning birinchi nusxasiga imzo chekadi hamda uni o‘zining shaxsiy raqamli muhri yoki shtampi bilan tasdiqlaydi.
Ayni paytda ushbu axborot Pasportning bojxona hujjatlaridagi ikkinchi nusxasiga kiritiladi hamda muhr yoki shtamp bilan tasdiqlanadi.
17. O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tugallangandan keyin Pasportning birinchi nusxasi bojxona xizmati tomonidan tasdiqlangan tovarlarni keltirish kartochkasi (3-ilova) bilan birgalikda import qiluvchi korxonaga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tovar kelgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida import qiluvchi korxona bankka Pasportni va tovarlar keltirish kartochkasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Kelgan tovar uchun bank tomonidan xorijiy valyutadagi mablag‘larni o‘tkazish uchun import qiluvchi korxona tomonidan har bir o‘tkazish oldidan tovar kelganligi to‘g‘risida bojxona xizmatining bankka topshiriladigan tegishli yozuvlari mavjud bo‘lgan tovarlar olib kelinishi kartochkasi asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda import kontraktlar bo‘yicha avans to‘lovlari import kontraktlari import qiluvchi korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish bo‘limlarida hisobga qo‘yilgandan keyin vakolatli bankka tovarlar olib kelinishi kartochkasi taqdim etilmasdan amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 161-modda)
20. Bank import qiluvchi korxonadan olingan to‘lov hujjatlarining kontrakt shartlariga muvofiqligini tekshirib, zaruriyat bo‘lganda belgilangan tartibga muvofiq valyuta birjasida xorijiy valyutani xarid qilishga buyurtmanoma beradi va kontrakt qiymatidan ortiqcha bo‘lmagan summadagi mablag‘larni o‘tkazadi.
Ayni paytda bank kartochkalar asosida Pasportning o‘zida mavjud bo‘lgan nusxasiga kontrakt bo‘yicha tovarning olinganligi to‘g‘risidagi axborotni kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Norezidentlar tomonidan rezidentlarga xizmat ko‘rsatishini nazarda tutuvchi kontraktlarga haq to‘lash Pasportlar va taqdim etilgan hujjatlar (invoyslar, schyot-fakturalar va boshqalar) asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Import qiluvchi mijozning to‘lov topshirig‘i bajarilgandan keyin bank Pasportning birinchi va uchinchi nusxalariga summani hamda mablag‘ o‘tkazilgan sanani ko‘rsatgan holda tegishli yozuvlarni qayd etadi,
Bunda Pasport bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘larning umumiy summasi kontraktning umumiy qiymatidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
yoki bir yil tugagandan keyin, agar ushbu muddatda haqi to‘lanmasa va tovar olib kelinmasa, hisobdan chiqariladi,
Keyingi tahrirga qarang.
24. Hisobdan chiqarilgan import kontraktlarining pasporti bojxona xizmatlarida va vakolatli bank muassasalarida 3 yil mobaynida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Import qiluvchi korxona tomonidan vakolatli bankka tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirilganligi to‘g‘risida bojxona xizmatlarining tegishli belgilari bo‘lgan kartochkalar kontraktda belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, biroq pul o‘tkazilgan sanadan boshlab 180 kalendar kundan kechiktirmay, vakolatli banklar Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli axborotni yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank va vakolatli banklar mazkur Nizom bilan ularga yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun zarur axborotni ayirboshlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Import operatsiyalar bo‘yicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
1. Import qiluvchi korxonaning nomi, manzili, telefoni, faksi _________________________________ _________________________________________________________________________________________ |
2. Korxonalar va tashkilotlarning umumrespublika klassifikatori KTUT kodi, davlat mulki ulushi __ _________________________________________________________________________________________ |
3. Kontraktni hisobga olgan vakolatli bank __________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ |
Jo‘natuvchining rekvizitlari: |
4. Nomi __________________________________________________________________________________ |
5. Mamlakati _____________________________________________________________________________ |
6. Manzili _______________________________________________________________________________ |
Kontrakt shartlari: |
7. Raqami va sanasi ________________________________________________________________________ |
8. Summasi _______________________________________________________________________________ |
9. To‘lov valyutasi _________________________________________________________________________ |
10. Tovar miqdori va turi __________________________________________________________________ |
11. Hisob-kitoblar shakli __________________________________________________________________ |
12. Import tovarni yetkazib berish muddati ___________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ |
13. Import tovarning kelib tushishi _________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ |
(Yuk boj deklaratsiyasi (YuBD) tartib raqami, |
_________________________________________________________________________________________ |
miqdori, xorijiy valyutadagi qiymati) |
_________________________________________________________________________________________ |
14. Mablag‘larni o‘tkazish ___________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ |
Kredit bitimining shartlari |
15. Kredit beruvchi ________________________________________________________________________ |
16. Qarz oluvchi ___________________________________________________________________________ |
17. Kredit summasi ________________________________________________________________________ |
Mas’ul shaxslarning imzosi va muhr: | ||
Vakolatli bank | Import qiluvchi | |
lavozimi _____________________ | lavozimi _____________________ | |
f.i.o. ________________________ | f.i.o. ________________________ | |
Bojxona xizmati | ||
lavozimi _____________________ | ||
f.i.o. ________________________ |
Keyingi tahrirga qarang.
Import operatsiyalar bo‘yicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
Import bitishuvlarining to‘ldirilgan pasportlari alohida ro‘yxatga olish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda har bir hisobga olish varag‘ida jurnal bo‘yicha uning raqami va ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi yozib qo‘yiladi.
Import bitishuvi pasportining tartib raqami import qiluvchi korxona pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqamini “kasr” belgisi orqali ko‘rsatgan xolda vakolatli bankning to‘liq KTUT kodi asosida vakolatli bank tomonidan belgilanadi.
4, 5 va 6-qatorlarda xorijiy tovar yetkazib beruvchining, mamlakatning to‘liq nomi, joylashgan o‘rni va manzili ko‘rsatiladi.
13-qatorda amalda kelib tushgan tovar to‘g‘risidagi ma’lumotlar — YuBD tartib raqami, miqdori — “YuBD 38-ustun”, xorijiy valyutadagi qiymati — “YuBD 22-ustun”, valyuta turi ko‘rsatiladi.
Bunda import tovarlar to‘lov amalga oshirilgan sanadan boshlab kamida 180 kun muddatda kelib tushishi kerak.
To‘lovni amalga oshirish sanasi deganda kontrakt bo‘yicha import qiluvchining bank schyotidan mablag‘larni hisobdan chiqarib tashlash sanasini tushunmoq kerak.
14-qatorda bank tomonidan mablag‘lar o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (to‘lov summasi, turi va sanasi) ko‘rsatiladi.
Pasportlarning nusxalari bojxona xizmatlari va vakolatli bank mas’ul shaxslari, import qiluvchi tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Import operatsiyalar bo‘yicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
7. Keltirilgan tovarning kontrakt valyutasidagi qiymati _____________________________________________________
Bojxona rasmiylashtirish bo‘yicha mutaxassis (deklarant) f.i.o.______________________________ | imzo ____________ |
Bojxona xizmati mutaxassisi f.i.o.______________________________ | imzo ____________ |
Import operatsiyalar bo‘yicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(import kontraktni hisobga olish va uning harakatini nazorat qilish sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)