02.10.2018 yildagi 784-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.10.2018 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan qarorlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 2-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
784-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qaroriga
1-ILOVA

Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya attestati — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish vakolatini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik qurilmalarni ekspluatatsiyadan chiqarish — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalardan belgilangan maqsadda yanada foydalanish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi qayd etiladigan voqea;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi — sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish uchun ariza bilan murojaat qilgan tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish xulosasi — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida asosli xulosalarni oʻz ichiga olgan hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash — xavfli ishlab chiqarish obyektlarini xavfli ishlab chiqarish obyektlari sifatida tan olish va keyinchalik ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlarning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya roʻy bergan holatda boshqa shaxslar hayoti, salomatligi va (yoki) mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishi uchun fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash maqsadida ushbu xavfli ishlab chiqarish obyektlarining belgilarini aniqlash (tan olish) tartib-taomili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasi — ekspert tashkilotining faoliyat sohasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya sohasi — sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert faoliyati sohasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish (keyingi oʻrinlarda tekshirish deb ataladi) — tekshiriladigan obyektning ishga layoqatliligini ifoda etadigan va undan keyinchalik foydalanish, rekonstruksiya qilish imkoniyatini yoki poydevor tuprogʻini va qurilish konstruksiyalarini tuproq xususiyatlarining oʻzgarishi, tayanch konstruksiyalarning deformatsion shikastlanishi, nuqsonlarini hamda haqiqiy koʻtarish qobiliyatini aniqlash yuzasidan tekshirishni oʻz ichiga oladigan qayta tiklash, kuchaytirish, taʼmirlash zaruratini belgilaydigan nazorat parametrlarining ahamiyatini belgilash hamda baholash kompleks tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertiza obyektlari — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli ishlab chiqarish obyekti — “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalar, maydonchalar, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi — shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar hamda hodisalardan va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) — qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasini tartibga solish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik diagnostika — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlar parametrlari rad etilishi mumkinligini prognoz qilish uchun ularning texnik holatini ifoda etuvchi belgilarni aniqlash va oʻrganish, shuningdek, normal ish rejimi buzilishining oʻz vaqtida oldini olish maqsadida ularning holatini eksperimental aniqlash uslublari hamda vositalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnik qurilma (keyingi oʻrinlarda texnik qurilma deb ataladi) — xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan va ekspluatatsiya qilinishi xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaga yoki noxush hodisalarga olib kelishi mumkin boʻlgan uskuna, qurilma va agregat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert (keyingi oʻrinlarda ekspert deb ataladi) — ekspertizani amalga oshiruvchi attestatsiyadan oʻtkazilgan mutaxassis;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda ekspertizadan oʻtkazish deb ataladi) — ekspertiza obyektining unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert tashkiloti — sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazadigan va belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagilar ekspertizadan oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xavfli ishlab chiqarish obyektida ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha qoʻllaniladigan texnik qurilmalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat muddati tugaganligi boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haqiqiy xizmat muddati yigirma yildan oshadigan boʻlsa, texnik hujjatlarida bunday qurilmaning xizmat muddati haqida maʼlumotlar boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konstruksiyani oʻzgartirish, bunday texnik qurilmaning koʻtarib turuvchi elementlari materiallarini almashtirish bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilgach yoki xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa tufayli texnik qurilma shikastlanganda qayta tiklash boʻyicha taʼmirlash ishlaridan soʻng;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertiza xulosalarida belgilangan ekspluatatsiya muddati tugaganligi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega vakolatli organ yoki davlatning boshqa organlarining mansabdor shaxsi tomonidan texnik qurilmaning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuzaga kelishi xavfini keltirib chiqaradigan shikastlanishi yoki xususiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan normalardan chetga chiqishi aniqlangan va bu boradagi koʻrsatmalar belgilangan tartibda rasmiylashtirishgan holatda;

buyurtmachining tashabbusi bilan;

v) xavfli ishlab chiqarish obyektida texnologik jarayonlarni amalga oshirish, “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan xavfli moddalarni saqlash uchun moʻljallangan binolar va inshootlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha hujjati mavjud boʻlmaganda yoki loyiha hujjatida binolar va inshootlardan foydalanish muddati haqida maʼlumotlar boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarning koʻtarib turuvchi konstruksiyalariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan avariya yoki tabiiy hodisalardan soʻng;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega vakolatli organ yoki davlatning boshqa organlarining mansabdor shaxsi tomonidan texnik qurilmaning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuzaga kelishi xavfini keltirib chiqaradigan shikastlanishi yoki xususiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan normalardan chetga chiqishi aniqlangan va bu boradagi koʻrsatmalar belgilangan tartibda rasmiylashtirishgan holatda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachining tashabbusi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari ekspertiza doirasida qurilishi tugallangan obyekt foydalanishga qabul qilingandan soʻng identifikatsiyalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ekspertiza ekspert tashkilotlari tomonidan mazkur Nizom talablari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Turli ekspertiza obyektlarini ekspertizadan oʻtkazishda inobatga olinishi kerak boʻlgan talablar ekspertiza obyektlarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ekspertizani oʻtkazish sifati va natijalarining haqqoniyligi, shuningdek, ekspertiza natijalarini saqlash uchun javobgarlik ekspertizani oʻtkazgan ekspert tashkiloti zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ekspertiza ekspert tashkiloti va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ekspertiza ilm-fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan tadqiqotlarning mustaqilligi, xolisligi, puxtaligi va toʻliqligi prinsiplariga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ekspertning mehnat munosabatlari oʻrnatilmagan tashkilotga mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asoslarda tegishli boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida oʻtkaziladigan ekspertizadan ishtirok etishi man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan, ekspertizani oʻtkazishga jalb etilishiga toʻsqinlik qiladigan yoki uni oʻtkazish prinsiplariga rioya etish imkonini bermaydigan holatlardan xabardor boʻlgan ekspert ekspertizani oʻtkazishda ishtirok eta olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ekspertizani oʻtkazish muddati ekspertiza obyektining murakkabligiga qarab belgilanadi, ammo bu muddat sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarga muvofiq zarur boʻlgan materiallar va hujjatlar toʻplami olingan hamda ekspertizani oʻtkazish boʻyicha boshqa barcha shartlar bajarilgan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu Nizomga 2-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha ekspertiza oʻtkaziladi va ekspertiza xulosasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ekspertiza xulosasi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti, ushbu tashkilot faoliyat koʻrsatmagan hollarda esa mazkur Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan tartibda boshqa ekspert tashkilotlari tomonidan qayta rasmiylashtiriladi hamda uning dublikati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ekspertizani oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ekspertiza quyidagi bosqichlardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertizani oʻtkazish uchun arizani qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni dastlabki baholash hamda ekspertizani amalga oshirish uchun shartnoma tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertiza obyektining unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertiza natijalari boʻyicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish va berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizaning keyingi har bir bosqichi avvalgi bosqichda ijobiy natijalarga erishilganda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada* keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan buyurtmanomani bevosita, uning olingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan buyurtmanoma elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza obyektining oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, buyurtmanomaga ushbu Nizomga 4-ilovada* koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Notoʻgʻri toʻldirilgan yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan buyurtmanoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizani oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun buyurtmachi javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ekspert tashkiloti tushgan buyurtmanomani betlariga raqamlar qoʻyiladigan, tikib bogʻlanadigan va ekspert tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadigan jurnalda hujjatlar taqdim etilgan kunda roʻyxatga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tashkiloti buyurtmanomani olgani haqida belgi ekspertizaga buyurtmanoma berilgan sana hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Buyurtmanoma roʻyxatga olingan kundan boshlab, uch ish kuni davomida taqdim etilgan hujjatlar dastlab baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki baholashda ushbu Nizomga 4-ilovada* keltirilgan roʻyxat boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy boʻlsa, ekspert tashkiloti bir ish kuni davomida buyurtmachiga buyurtmanomani koʻrib chiqish rad etilgan asosli sabablar koʻrsatilgan bildirishnomani yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanomani koʻrib chiqishning rad etish sabablari buyurtmachi bilan kelishilgan muddatlarda bartaraf etilmagan holatlarda ekspert tashkiloti taqdim etilgan hujjatlarni ilova xati bilan qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari ijobiy boʻlsa, ekspert tashkiloti oʻn ish kuni davomida buyurtmachi bilan ekspertizani oʻtkazish shartnomasini rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizani oʻtkazishda taqdim etilgan hujjatlarda nazarda tutilmagan, ammo sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq bajarilishi shart boʻlgan ishlar hajmlari aniqlangan holatlarda, bu ishlar shartnomaga qoʻshimcha bitim asosida bajarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ekspert tashkiloti buyurtmachi shartnomada belgilangan miqdordagi toʻlovni toʻlagandan soʻng ekspertiza obyektini baholashga kirishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ekspert tashkiloti ekspertiza obyektini baholash uchun ushbu Nizomga 5-ilovada* keltirilgan tarkibda ekspert guruhini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert guruhiga boshqa mutaxassislar ham kiritilishi mumkin, bunda mutaxassislar soni guruhdagi ekspertlar sonidan koʻp boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ekspertlar orasidan yetakchi ekspert tayinlanadi va u ekspert guruhiga rahbarlik qiladi, ekspertizaning oʻz vaqtida oʻtkazilishi, natijalarni umumlashtirish va ekspertiza xulosasini tayyorlash uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ekspert guruhi ekspertiza obyektining haqiqiy holati va unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholaydi, ekspertiza obyektiga taalluqli hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashda ekspertiza doirasida joyiga borib, obyektning taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini baholaydi, buyurtmachi foydalanayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining xavflilik belgilari va turlarini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarning haqiqiy holatini baholash uchun ular belgilangan tartibda tekshiriladi hamda texnik diagnostikadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Buyurtmachi ekspertizani oʻtkazishda ishtirok etadigan ekspertlar va mutaxassislarning ekspertiza oʻtkaziladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ekspert tashkiloti xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirishga qayd etilgan ishlarni amalga oshirish uchun zarur asbob-uskunalar va ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlarga ega boshqa tashkilotlarni ham jalb qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachining shtatida texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirish hamda texnik diagnostikadan oʻtkazish boʻyicha mutaxassislar boʻlganda va ularning malaka darajasi alohida ishlarni amalga oshirish imkonini berganda, buyurtmachining ushbu mutaxassislarini mazkur ishlarni bajarishga jalb etishga va ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishda bajarilgan ishlar natijalarini hisobga olishga ruxsat beriladi. Bunda ekspertiza xulosasida buyurtmachi mutaxassislari tomonidan bajarilgan ishlar turlari koʻrsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirish hamda texnik diagnostikadan oʻtkazish ishlarining sifati hamda ishonchliligi uchun ushbu ishlarni amalga oshirgan tashkilot javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ekspertizani oʻtkazishda nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan hollarda, ekspert tashkiloti bir kun muddatda sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazishda aniqlangan nomuvofiqliklar hamda kamchiliklar toʻgʻrisida ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shaklda protokolni (keyingi oʻrinlarda protokol deb ataladi) rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari buyurtmachi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Buyurtmachi protokolni olgandan soʻng unda koʻrsatilgan muddatlarda choralar koʻrishi va aniqlangan nomuvofiqliklar hamda kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protokolda koʻrsatilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlar buyurtmachi tomonidan ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga ekspert tashkilotiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ekspertiza jarayonida taqdim etilgan hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilganda, aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda, buyurtmachining tashabbusi bilan uning yozma murojaati asosida ekspertizani oʻtkazish jarayoni vaqtincha toʻxtatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza jarayoni toʻxtatilganda ekspert tashkiloti buyurtmachining yozma murojaati olingandan kundan boshlab, ikki ish kuni davomida bu haqida vakolatli organni toʻxtatish sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ekspert tashkiloti buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish borasida oʻtkazilgan tadbirlar, keltirilgan asoslar va xavfsiz foydalanish boʻyicha koʻrilgan choralarni tahlil qiladi. Zarur boʻlganda joyiga chiqib, ekspertiza obyekti qayta baholanishi, tegishli tekshiruvlar va texnik diagnostika oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Salbiy ekspertiza xulosasi quyidagi hollarda bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomuvofiq nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan oʻtkazilgan tadbirlarning natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kelishilgan muddatlarda taqdim etilmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlari yetarlicha oʻtkazilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi taqdim etgan hujjatlarda buzib koʻrsatilgan yoki yolgʻon maʼlumotlar borligi aniqlansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan tekshirish va texnik diagnostikaning asoslangan salbiy natijalari olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertiza obyekti sanoat xavfsizligi talablariga mos kelmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Salbiy ekspertiza xulosasida aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklar asoslantirilgan holda koʻrsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan hollarda buyurtmachi salbiy ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga asos boʻlgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etib, ekspertizani oʻtkazish uchun takroran ariza berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy ekspertiza ushbu Nizomning 2-bobida koʻrsatilgan tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ekspertiza natijalari ijobiy boʻlganda bir ish kuni davomida ijobiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ekspertiza xulosalari ushbu Nizomga 8-ilovada* belgilangan muddatlarda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ekspertiza xulosasi quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kirish qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy qism;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
natijalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ekspertiza xulosasining kirish qismida ekspertiza maqsadlari, ekspertizani oʻtkazish asoslari (ekspertizani oʻtkazish shartnomasi), ekspert tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumotlar, ekspertizani oʻtkazgan ekspertlar va mutaxassislar haqida maʼlumotlar, buyurtmachi haqida maʼlumotlar, qoʻllaniladigan qisqartmalar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Ekspertiza xulosasining asosiy qismida ekspertiza xulosasining taʼsiri joriy qilinadigan ekspertiza obyektlarining roʻyxati, ekspertizani oʻtkazish jarayonida koʻrib chiqilgan hujjatlar haqida maʼlumotlar, ekspertiza obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar, oʻtkazilgan ekspertiza natijalari, sanoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Ekspertiza xulosasining natijalari ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqidagi xulosalarni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Texnik qurilmalar, binolar va inshootlarning ekspertiza xulosasida qoʻshimcha ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan tekshirish va texnik diagnostika asoslanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertiza obyektining texnik holatini baholash va prognoz qilish boʻyicha qoldiq resursni (xizmat muddati) aniqlashni oʻz ichiga olgan hisob-kitob va tahlil qilish jarayonlari amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirish va texnik diagnostikani amalga oshirgan tashkiloti haqida maʼlumotlar (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli, idoraviy mansubligi, pochta manzili, rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqami, faks, faoliyat turini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya, ruxsatnoma, akkreditatsiya attestati berilgan sana va raqami);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertiza obyektidan keyinchalik foydalanish boʻyicha belgilangan muddat va shartlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Ekspertiza xulosasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazishda aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklar protokoli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
protokolda qayd etilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etishga doir oʻtkazilgan tadbirlar haqida maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan tekshiruvlar va texnik diagnostika natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertizani oʻtkazishda foydalanilgan qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiyalanadigan har bir obyekt uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga muvofiq rasmiylashtirilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiya varagʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli ishlab chiqarish obyektlarning ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha umumlashtirilgan varagʻi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiya varagʻini ekspertizadan oʻtkazish xulosasini rasmiylashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari qoʻshimcha ravishda hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ekspertiza xulosasini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ekspertiza xulosasining asl nusxasi va taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachiga ekspertizani oʻtkazish uchun shartnoma shartlari haqiqatdan bajarilganda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ekspertiza xulosasining nusxasi uch ish kuni davomida ekspert tashkiloti tomonidan vakolatli organga belgilangan tartibda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ekspertiza xulosasining nusxasi ekspertizani oʻtkazgan ekspert tashkilotida va vakolatli organda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ekspertiza xulosasini qayta rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Buyurtmachi-yuridik shaxs qayta oʻzgartirilganda, uning nomi yoki yuridik manzili oʻzgarganda buyurtmachi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada* keltirilgan shakldagi buyurtmanomani shu Nizomga 4-ilovaning* 6-bandida qayd etilgan hujjatlarni ilova qilgan holda qayta roʻyxatdan oʻtgandan soʻng yetti ish kuni davomida taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazgan ekspert tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma summasi ekspert tashkilotining ekspertiza xulosasini qayta rasmiylashtirishga sarflanadigan xarajatlari doirasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Hujjatlar buyurtmachi tomonidan ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti buyurtmachi shartnomada belgilangan miqdordan kam boʻlmagan summani toʻlagan kundan boshlab, uch ish kuni davomida buyurtmanomani koʻrib chiqadi, hujjatlarni oʻrganadi va yangi ekspertiza xulosasini rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Xulosa qayta rasmiylashtirilgunigacha avval berilgan ekspertiza xulosasi buyurtmachi yoki uning huquqiy vorisi tomonidan qayta rasmiylashtirish uchun berilgan buyurtmanoma asosida va ekspert tashkilotining bunday buyurtmanoma olingani haqidagi belgisi boʻlganda haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Qayta rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosasi ushbu Nizomning 4-bobiga muvofiq beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ekspertiza xulosasining dublikatini berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, ekspertiza xulosasini bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Ekspertiza xulosasi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan holatlarda, buyurtmachi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirilgan ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada* keltirilgan shaklda buyurtmanoma taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 1 — 9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza xulosasining yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi sababli uning dublikatini berishda buyurtmanomaga keyinchalik belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun avval berilgan ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Ekspertiza xulosasining dublikati ushbu xulosani avval rasmiylashtirilgan ekspert tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma summasi ekspert tashkilotining ekspertiza xulosasi dublikatini berish uchun sarflagan xarajatlari doirasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti ekspertiza xulosasining dublikatini buyurtmachi ekspertiza xulosasini berganlik uchun shartnomada belgilangan miqdordan kam boʻlmagan summani oldindan toʻlagan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda rasmiylashtirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Ekspertiza xulosasining dublikati buyurtmachiga shartnoma shartlarini bajargan taqdirda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ekspertiza xulosasining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, ekspertiza xulosasini bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Ekspertiza natijalari yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ilova 3-bandining 3.3-pozitsiyasidagi “2.1” raqami “2.2” raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-ilovaning 7-bandidagi “sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y.. 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 9-bandning “a” kichik bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn ikkinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 9-bandning “v” kichik bandidagi oʻn uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y.. 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatining 73-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 30.09.2022-y., 09/22/550/0874-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son; 22.06.2026-y., 09/26/315/0614-son; 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)