27.09.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3070
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi, 27.09.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3070
Дата вступления в силу
28.09.2018
Hujjat 28.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3070]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir Sh. KUDBIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 10-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-B-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 21-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning (bundan buyon matnda Fuqaro deb yuritiladi) ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fuqarolarning roʻyxatdan oʻtishlari ixtiyoriy hisoblanadi va elektron shaklda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fuqarolarning roʻyxatdan oʻtishlarini elektron tizimda amalga oshirish, shuningdek elektron tizimning xarajatlarini qoplash va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish maqsadida roʻyxatdan oʻtish uchun fuqaro tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Roʻyxatdan oʻtish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Fuqaro roʻyxatdan oʻtish uchun internet tarmogʻiga ulangan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy veb-saytiga (www.migration.uz) ulanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Saytda Fuqaroga roʻyxatdan oʻtishda qaysi tildan foydalanishni tanlash taklif etiladi. Fuqaro oʻziga qulay boʻlgan til koʻrsatilgan tugmani bosadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Fuqaroga Jismoniy shaxslar maʼlumotlar bazasi (id.gov.uz) orqali avtorizatsiyadan oʻtish taklif etiladi. Bunda Fuqaro “avtorizatsiya” tugmasini bosishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Fuqaroga jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritmoqchiligini tanlash taklif etiladi. Fuqaro tegishli tugmani belgilaydi va “Tanlash” tugmasini bosadi, bunda u shaxsiy kabinetga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shaxsiy kabinetda onlayn xizmatlar boʻlimida konsullik hisobiga turish uchun “Konsullik hisobiga turish uchun maʼlumotnoma olish” tugmasini bosadi. Mazkur tugma bosilganda Fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijiy davlatda ishga joylashishi toʻgʻrisidagi Guvohnomaning shakli taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Fuqaro mazkur shakldagi “doimiy yashash joyi” hamda “mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” deb nomlangan qatorni toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Fuqaro “doimiy yashash joyi” qismida davlat, shahar va manzil deb nomlangan qatorlarga, shuningdek “mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” qismida davlat, shahar, manzil, korxona nomi, lavozimi va kasbi, mehnat faoliyatini boshlagan vaqti va oylik ish haqi deb nomlangan qatorlarga oʻzi haqidagi maʼlumotlarni toʻgʻri va toʻliq kiritadi. Fuqaro mazkur shaklda “qoʻshimcha maʼlumotlar” deb nomlangan qatorga oʻzi haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Fuqaro tomonidan oʻzi haqidagi maʼlumotlar kiritilgandan keyin u oʻzi uchun qulay boʻlgan elektron toʻlov turini tanlaydi va onlayn toʻlov va qabul qilish tugmasini bosadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Fuqaroga toʻlanishi lozim boʻlgan pul miqdori (eng kam oylik ish haqining bir barobari) koʻrsatilgan sahifa taqdim etiladi. Fuqaro “davom ettirish” tugmasini bosadi. Fuqaroga u tomonidan tanlangan toʻlov turi boʻyicha maʼlumotlarni kiritish maydonchalari taqdim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Fuqaro toʻlovni amalga oshirish uchun toʻlov plastik kartasining maʼlumotlarini kiritadi hamda davom ettirish tugmasini bosadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Fuqaro tomonidan toʻlov amalga oshirilgandan keyin Fuqaroga Guvohnomaning elektron shakli taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnoma Fuqaroning xorijiy davlatda mehnat faoliyatini amalga oshirish shartnomasi amal qilishi muddatiga muvofiq amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga eng kam ish haqining toʻrt yarim baravari miqdorida yillik sugʻurta toʻlovlarini ixtiyoriy ravishda toʻlash tartibi joriy etiladi, bunda toʻlovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3584-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron bazasida roʻyxatdan oʻtgan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan platskart va umumiy vagonlarga temir yoʻl chiptalariga hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tomonidan fuqarolar uchun ekonom klass aviachiptalarining narxlariga 20 foiz chegirmalar taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3584-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron bazasida roʻyxatdan oʻtgan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga “Aloqabank” AK tomonidan soddalashtirilgan ochish shartlari, xizmat koʻrsatish uchun minimal vositachilik haqi va “nol” summadagi kafolat depoziti bilan “VISA-migrant” bank plastik kartalari chiqariladi va xizmat koʻrsatiladi, shuningdek yiliga bir marotaba bir martalik temir yoʻl va aviachiptalar olish uchun boʻlgan xarajatlar 2018-2019-yillarda 300 ming soʻmgacha miqdorda qisman qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur Nizomning talablarini buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 10/18/3070/1971-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)