Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.10.2025 25.09.2018 yildagi 765-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.10.2025
Hujjat 07.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi PQ-3730-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy ommaviy shartnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga biriktirilgan hududlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning maxsus avtotransport vositalarining yuk tashish quvvati biriktirilgan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish va oʻz vaqtida olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning zarur sifatini taʼminlashga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazilishini va oʻrganib chiqilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatlov natijalari boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga biriktirilgan hududlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning maxsus avtotransport vositalarining haqiqiy quvvatini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishini va qayta koʻrib chiqish natijasi boʻyicha boʻshagan uchastkalar “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali elektron auksion vositasida tanlov savdolariga qoʻyilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 25-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
765-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida, nol stavkadan boshlanuvchi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali elektron auksion yoʻli bilan biriktirish tartibini belgilaydi (keyingi oʻrinlarda elektron tanlov deb ataladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom hududlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq biriktirish holatlariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi — elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron tanlovlar jarayonida bevosita ishtirok etishini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududni biriktirish — tanlov asosida tadbirkorlik subyektlariga maʼlum bir hududda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bildirishnoma — Internet jahon axborot tarmogʻida, shu jumladan, buyurtmachining veb-saytlariga joylashtiriladigan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida kelgusida oʻtkaziladigan elektron tanlov haqidagi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov taklifi — tanlov hujjatida belgilangan shartlarga muvofiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga taklif;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lot — elektron tanlovga qoʻyilgan hudud;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy hisobvaraq — operator tomonidan operatorning ichki elektron tizimida operator maʼlumotlari bazasida roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarning pul mablagʻlarini jamlash va hisobini yuritish uchun elektron tanlov ishtirokchisiga ochiladigan hisobvaraq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operator — “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va taklif etilgan sharlarga muvofiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza bergan tadbirkorlik subyekti (yuridik shaxs);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zakalat puli — elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza beruvchilar tomonidan toʻlanadigan pul miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hudud — maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha elektron tanlovga qoʻyiladigan zona (shahar, tuman, tuman markazi, qishloq va boshqa aholi punktlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi texnik uzilish — ishtirokchilardan biriga elektron tanlovda ishtirok etishga imkon bermaydigan yoki operator xodimiga elektron tanlov oʻtkazilishiga xizmat koʻrsatishning texnik imkoniyatini taʼminlamaydigan elektron savdo maydonchasidagi texnik nosozliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchisi — elektron tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan ariza beruvchi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, hududlarni biriktirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ariza beruvchilarga qoʻyiladigan umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ariza beruvchi quyidagi majburiy talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov hujjatlariga muvofiq hududga toʻliq xizmat koʻrsatish uchun yuk tashish quvvatini taʼminlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi texnik soz chiqindi tashish mashinalarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va arizada koʻrsatilgan har bir transport vositasiga litsenziya kartochkasining mavjudligi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmanoma taqdim etilishi sanasida ariza beruvchiga nisbatan tugatish jarayoni oʻtkazilishining mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmanoma taqdim etilishi sanasida sud organlarining ariza beruvchining nochor (bankrotligi) va/yoki faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorining mavjud emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ariza beruvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlovda ishtirok etish uchun boshqa hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun foydalanishda boʻlgan chiqindi tashish mashinalarini koʻrsatgan holda ariza berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov taklifiga avvalgi elektron tanlovlar natijasi boʻyicha ushbu Nizomga muvofiq unga biriktirilgan hudud uchun arizada koʻrsatilgan aynan oʻsha chiqindi tashish mashinalarini kiritishga haqli emas (hududni biriktirish muddatining yakunlanishi yoki ariza beruvchining ushbu hududdagi faoliyati toʻxtatilishi hollari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Elektron tanlovni oʻtkazish uchun zarur materiallarni tayyorlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari elektron tanlov buyurtmachisi hisoblanadilar (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb yuritiladi).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Buyurtmachi:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov hujjatlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operator bilan elektron tanlov oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatishga shartnoma tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi oʻrinlarda Sanitar tozalash markazi deb ataladi) buyurtmachining ishchi organi hisoblanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tanlov hujjatlarini tayyorlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar roʻyxati (ikki va undan ortiq hudud mavjud boʻlganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron tanlovga qoʻyilayotgan har bir hududning pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlovlar gʻoliblarining chiqindi toʻplash shoxobchalarida va tutash hududda lozim darajadagi tozalikni taʼminlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirish, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini yaratish yoki yaxshilashni (chiqindi toʻplash shoxobchalarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, konteynerlar bilan jihozlash) nazarda tutuvchi majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) biriktirilayotgan hududda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarning bazaviy qiymatini hisoblab chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslar (aholi)ga koʻrsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi aholi soni, belgilangan tarif, majburiy toʻlovlarning oʻrtacha undirish darajasi, shuningdek, Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasiga ajratmalar va Sanitar tozalash markazini saqlash xarajatlaridan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V = N x S x K x 0,95-R
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V — jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N — biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi va qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga kiritilgan jismoniy shaxslar (aholi)ning umumiy soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S — qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslar (aholi)ga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
K — qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarning oʻrtacha undirish darajasi (Toshkent shahrida — 100 % (K=1), viloyatlar markazlarida — 90 % dan ortiq boʻlmagan (K≤0,9), boshqa hududlarda — 80 % dan ortiq boʻlmagan (K≤0,8));
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
0,95 — baravarlik koeffitsiyenti (Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasining bank hisob raqamiga 5 % miqdoridagi ajratmalar hisobi bilan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
R — Sanitar tozalash markazini saqlash uchun ajratmalar summasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) hududlarni elektron tanlovga qoʻyish uchun buyurtmachi nomidan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtmanoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Buyurtmaga tanlov hujjatlari va elektron tanlovni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar uchun pul toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Elektron tanlov oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasiga bir vaqtning oʻzida bir nechta hududlar kiritilishi mumkin. Elektron tanlov bir nechta lot uchun oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Elektron tanlovni oʻtkazishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Operator buyurtmachi bilan elektron tanlov oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaga va ushbu Nizomga muvofiq elektron tanlovlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Elektron tanlovni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar uchun operator har bir lot boʻyicha eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida pul mukofoti oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agar buyurtmaga ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan yoxud ular zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hollarda operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechikmay elektron xat bilan buyurtmachiga uning buyurtmasini qaytaradi. Bunda, bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar xatda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Buyurtmachi bir hafta muddatda operator tomonidan koʻrsatilgan barcha kamchiliklarni tuzatadi va elektron buyurtmani ushbu Nizomning 8 va 9-bandlari talablariga muvofiq qaytadan yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Operator belgilangan talablarga javob beradigan buyurtma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan sanadan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron tanlovni oʻtkazish haqidagi bildirishnomani oʻzining veb-portaliga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtning oʻzida elektron tanlov oʻtkazilishi haqidagi maʼlumot buyurtmachining veb-saytiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Elektron tanlov oʻtkazish haqidagi bildirishnoma uni oʻtkazish kuniga kamida 30 kalendar kun qolganda operatorning veb-portaliga joylashtirilishi va veb-portalda elektron tanlov boshlangunga qadar turishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron tanlov yakunlanganidan keyin veb-portalda elektron tanlov yakunlanganligi va uning natijalari haqidagi maʼlumot avtomatik tarzda yangilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Bildirishnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlov oʻtkaziladigan sana va vaqt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lot raqami va nomlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi sanasi va vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida ariza beruvchilar uchun koʻrsatilgan majburiy talablar va cheklovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron tanlovga qoʻyilayotgan hududning pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov hujjatlariga muvofiq elektron tanlov gʻoliblarining majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq buyurtmanoma shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tanlov taklifi shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizomning 20-bandi talablariga muvofiq ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlovda ishtirok etish uchun zakalat pulining miqdori, zakalat puli oʻtkazilishi lozim boʻlgan operatorning bank rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachining nomi, manzili va telefon (faks) raqami.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Operatorning veb-portalida barcha xohlovchilarga bildirishnoma bilan erkin tanishish imkoniyati taʼminlanishi lozim. Shuningdek, operatorning veb-portalida, buyurtmachining veb-saytlarida elektron tanlov oʻtkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operator ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda tadbirkorlik subyektlarini elektron tanlovda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Elektron tanlovda ishtirok etish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomalarni qabul qilish bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda amalga oshiriladi va elektron tanlovni oʻtkazish sanasidan ikki ish kuni oldin soat 13.00 da yakunlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanomalarni qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin tushgan buyurtmanomalar qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma elektron koʻrinishda, tanlov taklifini toʻldirgan holda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanoma va tanlov taklifi elektron raqamli imzo bilan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlarning elektron (skaner qilingan) nusxalari ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va buyurtmanomada koʻrsatilgan har bir transport vositasiga litsenziya kartochkasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov taklifida koʻrsatilgan har bir transport vositasiga transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon) nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmasa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zakalat puli ariza beruvchi tomonidan muayyan bir (tanlangan) lot boʻyicha buyurtmanoma berayotganda uning shaxsiy hisobvaragʻidan chiqarib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza beruvchining shaxsiy hisobvaragʻidagi mavjud pul mablagʻlari zakalat pulini toʻlashga yetarli boʻlmasa, elektron tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma qabul qilinmaydi.
(20-bandning oltinchi — oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosanoltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun zakalat puli eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ariza beruvchi buyurtmanomani qabul qilishning oxirgi muddatidan kechiktirmasdan ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomani oʻzgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanoma chaqirib olingan hollarda operator toʻlangan zakalat pulini buyurtmanoma chaqirib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay ishtirokchiga qaytaradi. Zakalat puli ariza beruvchining elektron tanlovda ishtirok etishga bergan buyurtmanomada koʻrsatilgan bank hisob raqamiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchiga qaytarilgan zakalat puli u tomonidan bank hisobvaragʻi rekvizitlari notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli yoki boshqa sabablarga koʻra operatorning bank hisobvaragʻiga qayta tushgan taqdirda, operator bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar soʻrovnomasini yuborib, ariza beruvchini bu haqda xabardor qiladi. Ushbu holatda zakalat puli ariza beruvchi murojaat qilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ishtirok etish uchun ariza qabul qilingandan keyin u quyidagi talablarga rioya etilganligi yuzasidan tekshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmanoma va tanlov taklifi belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilganligi, shuningdek elektron raqamli imzoning ariza bergan shaxsga tegishliligi va asli ekanligi (shu jumladan, amal qilishi toʻxtatilishi, bekor qilinishi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bildirishnomada koʻrsatilgan buyurtmanoma berish muddati tugaguniga qadar buyurtmanoma berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanoma dastur yordamida avtomatik tarzda tekshiriladi, tekshiruv natijasi va qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchiga zudlik bilan xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Buyurtmanoma ushbu Nizomning 23-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, bir vaqtning oʻzida ariza beruvchi elektron tanlov ishtirokchisi maqomini olganligi haqida xabardor qilingan holda, u elektron tanlovda ishtirok etishga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron tanlov ishtirokchilariga ular elektron tanlovda ishtirok etishda foydalanish uchun shaxsiy tartib raqamlari beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Buyurtmanoma ushbu Nizomning 23-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanoma zudlik bilan rad etiladi va bir vaqtning oʻzida bu haqda ariza beruvchiga aniq sabablarni koʻrsatgan holda bildirishnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ariza beruvchi bildirishnomada koʻrsatilgan arizani qabul qilish vaqti yakunlanguniga qadar elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomani undagi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Operator buyurtmanomalarning saqlanishini, shuningdek, ular sir tutilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanomalarni qabul qilish davrida, shuningdek, elektron tanlovni oʻtkazish davomida operatorning veb-portalida tanlov ishtirokchilari haqidagi maʼlumotlarni (yuridik shaxsning nomi va pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa maʼlumotlarni) aks ettirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Elektron tanlovni oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Elektron tanlov operatorning veb-portalida bildirishnomada koʻrsatilgan kun va vaqtda boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tanlov takliflarini baholash va elektron tanlov gʻolibini aniqlash ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq tanlov takliflarini baholash shakli boʻyicha balli tizimdan foydalangan holda dastur yordamida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov takliflarini baholash yakuni boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchi elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki va undan ortiq tanlov ishtirokchilari teng ball toʻplagan taqdirda buyurtmanomani oldinroq roʻyxatdan oʻtkazgan ishtirokchi gʻolib deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Elektron tanlov unda ishtirok etishga qoʻyilgan ikki yoki undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Yagona elektron savdo maydonchasining ishlashida elektron tanlovni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan texnik uzilish sodir boʻlgan hollarda, elektron tanlovni oʻtkazish sanasi va vaqti haqida elektron tanlov ishtirokchilarini majburiy xabardor qilgan holda elektron tanlov texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Elektron tanlov yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda elektron tanlov gʻolibining nomi aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Elektron tanlov quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bironta ariza beruvchi elektron tanlovda ishtirok etish uchun qoʻyilmagan boʻlsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta buyurtmanoma tushmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlovda ishtirok etish uchun faqat bitta ishtirokchi qoʻyilgan va u ushbu Nizomning 37-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda shartnoma tuzishni rad etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 38-bandida nazarda tutilgan tartibda hududda jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish taklif etilgan elektron tanlov gʻolibi va tanlovning ikkinchi ishtirokchisi ushbu taklifni rad etsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Elektron tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilganda bu haqdagi maʼlumot oʻtkazilmagan deb eʼtirof etishning sabablari koʻrsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtning oʻzida elektron tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida buyurtmachiga maʼlumot yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Agar elektron tanlovda ishtirok etish uchun faqat bitta ishtirokchi qoʻyilgan boʻlsa, u elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi va ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Hisob-kitob qilish va elektron tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Operator keyingi ish kunidan kechiktirmay:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlovda ishtirok etish uchun elektron tanlov gʻolibi tomonidan toʻlangan zakalat pulini buyurtmachining buyurtmada koʻrsatilgan bank hisob raqamiga oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus blankada elektron tanlov natijalari haqidagi bayonnomani (keyingi oʻrinlarda bayonnoma deb ataladi) rasmiylashtiradi, uni asosiy muhr bilan tasdiqlaydi va elektron nusxasini (skaner qilingan) elektron tanlov natijalari haqida xabardor qilgan holda belgilangan tartibda elektron tanlov gʻolibi hamda buyurtmachiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomaning asl nusxasi elektron tanlov gʻolibi (yoki uning ishonchnoma boʻyicha vakili)ga imzo qoʻydirilgan holda topshiriladi (yoki elektron tanlov gʻolibining roziligiga koʻra pochta joʻnatmasi bilan yuboriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Elektron tanlov natijalari haqidagi bayonnomada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlov oʻtkazilgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlov gʻolibi va elektron tanlovning boshqa ishtirokchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hudud va u haqidagi maʼlumotlar tavsifi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi va elektron tanlov gʻolibi oʻrtasida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzish muddati toʻgʻrisida.
(36-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Elektron tanlov gʻolibi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida, bayonnomani taqdim etgan holda, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatishga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzish uchun buyurtmachiga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi elektron tanlov gʻolibi bilan tuzilgan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomaning elektron (skaner qilingan) nusxasini u imzolanganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorga yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar elektron tanlov gʻolibi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida buyurtmachini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzishni rad etish toʻgʻrisida xabardor qilsa (yozma) yoki murojaat qilmasa, u rad etgan deb hisoblanadi va buyurtmachi keyingi ish kunidan kechiktirmay bu haqda operatorga elektron tizim yordamida maʼlum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Operator, oʻz navbatida, elektron tanlov gʻolibining maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzishni rad etganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni olganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay buyurtmachi bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif bilan tanlov ishtirokchilari orasida tanlov gʻolibidan keyin yuqori ball toʻplagan navbatdagi ishtirokchiga (agar ballar teng boʻlsa — arizani oldinroq berganga) (keyingi oʻrinlarda tanlovning ikkinchi ishtirokchisi deb ataladi) elektron xat yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi besh ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali taklifni qabul qilganligini tasdiqlasa, u elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi va unga ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovning ikkinchi ishtirokchisi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida bayonnomaning asl nusxasini taqdim etgan holda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzish uchun buyurtmachiga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Buyurtmachi elektron tanlov gʻolibi bilan tuzilgan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomaning elektron (skaner qilingan) nusxasini u imzolanganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorga yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi taklif yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida buyurtmachini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzishni rad etish toʻgʻrisida xabardor qilsa (yozma) yoki murojaat qilmasa, u rad etgan deb hisoblanadi va buyurtmachi keyingi ish kunidan kechiktirmay bu haqda operatorga elektron tizim orqali maʼlum qiladi. Bunda elektron tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi
(37 — 39-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Zakalat pulini qaytarish tartibi va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilgan tanlov ishtirokchilariga zakalat pullari qaytarilmaydi va mablagʻlarni elektron tanlovlarni oʻtkazish ishlarini tashkil etishga yoʻnaltirish uchun buyurtmachining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Elektron tanlov yakunlanganidan yoki oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilganidan soʻng zakalat puli quyidagi tarzda qaytariladi, ushbu Nizomning 40-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tanlovning ikkinchi ishtirokchisining hisobvaragʻiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 37-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomaning elektron (skaner qilingan) nusxasi olingan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay;
(41-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 39-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda — tanlovning ikkinchi ishtirokchisi rad etgan deb eʼtirof etilgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) boshqa ishtirokchilarning hisobvaragʻlariga elektron tanlov yakunlangan yoki uni oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilgan kunda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ishtirokchining shaxsiy hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari uning elektron tanlovda yoki boshqa savdolarda ishtirok etish istagi yoʻqligi va pul mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga asosan uning bank hisobvaragʻiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Hududlarni biriktirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Buyurtmachi elektron tanlov gʻolibi murojaat qilganidan soʻng uch ish kuni mobaynida va bayonnomaga asosan u bilan 5 yildan kam boʻlmagan muddatga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim yoki shartnoma tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Agar elektron tanlov ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan holatlarga asosan oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilsa, buyurtmachi elektron tanlov oʻtkazmasdan, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Toza hudud” yoki Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Elektron tanlov gʻoliblari maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga kirishadilar.
(43 — 45-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha faoliyatning amalga oshirilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvalining bajarilishi, maxsus avtotransport vositasining belgilangan hududga oʻz vaqtida yetib kelishi va maishiy chiqindilarning olib ketilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, hududlarni biriktirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi)

1. Tanlov hujjatlarini tayyorlash.

2. Tanlov hujjatlarini tasdiqlash.

3. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) bilan elektron tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatishga shartnoma tuzish.

4. Elektron tanlovlarni oʻtkazish uchun toʻlovni oʻtkazish.

5. Hududlarni elektron tanlovga qoʻyish uchun operatorga elektron buyurtma berish.

6. Elektron tanlov oʻtkazilishi haqida veb-saytga maʼlumot joylashtirish.

1. Zaruratga koʻra yoki hududni biriktirish muddatining yakunlanishidan 2 oy oldin.

2-3. Elektron tanlovni eʼlon qilish sanasiga qadar.

4. Elektron buyurtma berish sanasiga qadar.

5. Elektron tanlovni eʼlon qilish sanasiga qadar.

6. Bildirishnoma operatorning veb-portaliga joylashtirilgan kunda.

2-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

1. Elektron tanlov oʻtkazilishi haqida veb-portalga bildirishnoma joylashtirish.

2. Ariza beruvchilardan elektron buyurtmanomalarni qabul qilish.

1. Buyurtmachining elektron buyurtmasi qabul qilib olingan kundan soʻng 1 ish kuni mobaynida va elektron tanlov oʻtkazish kunidan kamida 30 kalendar kun oldin.

2. Bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab elektron tanlovni oʻtkazish sanasidan ikki kun oldin (soat 13.00 da) yakunlanadi.

3-bosqich

Ariza beruvchi

1. Veb-portalda roʻyxatdan oʻtish.

2. Shaxsiy hisobvaraqni zakalat pulini oʻtkazishga talab etiladigan miqdordagi pul mablagʻlari bilan toʻldirish.

3. Ariza berish.

1-2. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish sanasiga qadar.

3. Bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab va elektron tanlovni oʻtkazish sanasidan ikki kun oldin (soat 13.00 da) yakunlanadi.

4-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

1. Dastur yordamida avtomatik tarzda bildirishnomalarni tekshirish.

2. Ariza beruvchini tekshirish va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qilish.

3. Ariza beruvchilarning tanlov takliflarini baholash va elektron tanlov gʻolibini aniqlash.

4. Elektron tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish, elektron tanlov gʻolibi va buyurtmachiga topshirish (yuborish).

5. Elektron tanlov gʻolibi tomonidan toʻlangan zakalat pulini buyurtmachining bank hisobvaragʻiga oʻtkazish.

1-2. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza qabul qilingan kunda, zudlik bilan.

3. Elektron tanlovni oʻtkazish uchun belgilangan kun va vaqtda.

4-5. Elektron tanlov yakunlanganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay.

5-bosqich

Elektron tanlov gʻolibi

Bayonnomani taqdim etgan holda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzish uchun buyurtmachiga murojaat qilish.

Bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida.

6-bosqich

Buyurtmachi

Tanlov gʻolibi bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim yoki shartnoma tuzish.

Elektron tanlov gʻolibi murojaat qilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎I. Elektron tanlovga qoʻyilayotgan hudud pasporti

‎‎1. ________________________________________________________________________________________ viloyati
‎‎2. ______________________________________________________________________ tumani (qishloq va boshqalar)
‎3. Aholi soni — ____ ming kishi
‎shu jumladan:
‎— koʻp kvartirali uylarda — _________________ ming kishi
‎— yakka tartibdagi turar joy sektorida — _________________ ming kishi
‎4. Yuridik shaxslar soni: — _________________ ta
‎shundan:
‎— budjet tashkilotlari — _________________ ta
‎shu jumladan:
‎— maktabgacha taʼlim muassasalari (tarbiyalanuvchilar soni) — _______ta (______kishi)
‎— maktablar, kollejlar, oliy taʼlim muassasalari va boshqa oʻquv muassasalari — _______ta (______kishi)
‎— shifoxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, boshqa davolash-profilaktika muassasalari va h.k. — ________ta (______yotoq oʻrni)
‎5. Qattiq maishiy chiqindilar (QMCH)ning sutkalik toʻplanish hajmi*_________________ kg, _________________ m3‎

‎6. Bir kunda hududga toʻliq xizmat koʻrsatishni taʼminlab berish uchun talab etiladigan chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati **______________ m3

‎7. Hududni elektron tanlov gʻolibiga biriktirish muddati _________________ yil
‎8. QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarning bazaviy qiymati:
‎‎jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning bazaviy qiymati bir oyga _________ soʻm;
‎yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat koʻrsatishda bazaviy tarif ____________ soʻm (1 m3 QMCHlarni olib chiqish uchun) ***.

‎9. Elektron tanlovga qoʻyilayotgan hududga kiruvchi fuqarolar yigʻini, koʻchalar, mavzelar va uylar roʻyxati:

T/r‎

‎‎Nomi

‎‎Koʻp kvartirali va yakka tartibdagi turar uylar

1.‎

‎‎Fuqarolar yigʻini__________________
‎_________________________________‎Koʻcha_____________________________
‎Mavze____________________________
‎….
‎….
‎‎a) koʻp kvartirali uylar:
‎— raqamlari — №___, №___, №___, …;
‎— aholi soni — ______ ming kishi;
‎b) chiqindi toʻplash shoxobchalari soni ____ ta
‎shu jumladan:
‎naʼmunaviy (qoʻriqlanadigan) ____ ta;
‎modulli (qoʻriqlanmaydigan) ____ ta;
‎v) konteynerlar soni ____ ta;
‎g) “signal” usulida xizmat koʻrsatiladigan yakka tartibdagi uylar:
‎— raqamlari — №___, №___, №___, …;
‎— aholi soni — ______ ming kishi.

2.‎

‎‎ ‎‎

…‎

‎‎ ‎‎

‎‎‎10. Quyidagilar:
‎a) chiqindi toʻplash shoxobchalari boʻyicha:
‎— ____ ta chiqindi toʻplash shoxobchalarini taʼmirlash;
‎— ____ ta chiqindi toʻplash shoxobchalarini rekonstruksiya qilish;
‎— ____ ta chiqindi toʻplash shoxobchalarini qurish;
‎b) chiqindi toʻplash shoxobchalarini ____ ta konteynerlar bilan jihozlash talab etiladi. ‎

‎‎‎II. Tanlov takliflarini baholash mezonlari

T/r‎

‎‎Mezonlar nomi

1.‎

‎‎Ishlab chiqarish bazasining (avtopark, garaj) mavjudligi

2.‎

‎‎Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati

3.‎

Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga koʻra ulardan necha yil foydalanilganligi

4.‎

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi

5.‎

QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarning bazaviy qiymatidan jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha bir oylik xizmatlarning past qiymati boʻyicha taklif

6.‎

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif boʻyicha taklif ‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* QMCHning sutkalik toʻplanish hajmi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎massa boʻyicha (Msum, kg):‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎Msum = N x Nm, bunda: ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N — aholining umumiy soni, kishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nm — yuridik shaxslardan hosil boʻladigan QMCHni hisobga olgan holda bir kishi uchun qabul qilingan oʻrtacha ‎ QMCHning toʻplanish meʼyori (Nm=1,17 kg/sutka);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hajm boʻyicha (Vsum, m3):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎Vsum = Msum / G, bunda: ‎ ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
G — QMCHning qabul qilingan oʻrtacha solishtirma ogʻirligi (G=445 kg/m3).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎** Bir kunda hududga toʻliq xizmat koʻrsatishni taʼminlab berish uchun talab etiladigan chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati quyidagi formula yordamida hisoblanadi (Rmex, m3):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎Rmex=Vsum / Kisn/ 2, bunda: ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vsum — QMCHning sutkalik toʻplanish hajmi; ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kfoy — parkdan foydalanish koeffitsiyenti (Kfoy=0,75);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 — chiqindi tashish mashinalarining bir kunlik oʻrtacha qatnov soni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎*** chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari uchun maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarga tasdiqlangan tarif miqdori.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎Elektron tanlovda ishtirok etish uchun
‎BUYURTMANOMA

‎1. ______________________________________________________________________________________________
‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎STIR __________________________________
‎Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami: ___________________________________________________________________
‎Joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________________________
‎Elektron pochta manzili: ___________________________________________________________________________
‎Telefon va faks raqami (agar mavjud boʻlsa): __________________________________________________________,

‎‎(mamlakat va shahar kodini koʻrsatgan holda)

‎‎elektron tanlovni oʻtkazish haqidagi bildirishnomani va Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) bilan tanishib 20____ yil “___” _______da soat ______da __________ saytida boʻlib oʻtadigan elektron tanlovda qatnashish uchun ushbu buyurtmanomani qabul qilishingizni soʻraydi.
‎Lot raqami: № ________________________
‎Lotning nomlanishi: _______________________________________________________________________________
‎2. Ushbu bilan:
‎a) ______________________________________________________________________________________________:

‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega ekanligini;
‎tanlov hujjatlariga muvofiq hududga toʻliq xizmat koʻrsatish uchun yuk tashish quvvatini taʼminlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi texnik soz chiqindi tashish mashinalariga ega ekanligini;
‎yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va buyurtmanomada koʻrsatilgan har bir transport vositasi uchun litsenziya kartochkasiga ega ekanligini (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
‎tugatish, bankrot deb topish, yoki faoliyatini toʻxtatish jarayonida emasligini tasdiqlayman;
‎b) quyidagilar toʻgʻrisida ogohlantirildi:
‎ushbu buyurtmanomada koʻrsatilgan maʼlumotlar ishonchsizligi hollarida elektron tanlov natijalari haqiqiy emas deb eʼtirof etilishi va jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga shartnomani bekor qilish hamda buyurtmachi tomonidan elektron tanlov natijalari boʻyicha hududni biriktirish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorni bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilishga asos boʻlishi mumkinligi;
‎Shuningdek, elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etilgan, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga shartnoma tuzishni rad etish yoki bosh tortish holatida oʻtkazilgan zakalat puli summasi qaytarilmaydi.
‎3. Elektron tanlovda qatnashishga ushbu buyurtmanomani taqdim qilib, Nizomdagi elektron tanlovni oʻtkazish shartlariga roziligimni tasdiqlayman. \
‎4. Elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etilgan taqdirda, buyurtmachining hududni elektron tanlov gʻolibiga biriktirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini oʻz zimmamga olaman.
‎5. “E-IJRO AUKSION” YAESM operatori tomonidan yuborilgan barcha xatlarni quyidagi elektron pochta manzili orqali olishni rasman maʼlum qilaman
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(elektron pochta manzili)

‎‎“E-IJRO AUKSION” YAESM operatori tomonidan mazkur elektron pochta manziliga yuborilgan xatlar ular yuborilgan vaqtida rasman qabul qilib olingan deb hisoblanishini va “E-IJRO AUKSION” YAESM mazkur xatlarning oʻz vaqtida oʻqilmaganligining oqibatlari uchun javob bermasligini tasdiqlayman.
‎6. Zakalat puli summasini qaytarish uchun
‎_____________________________________________________________________________ning bank rekvizitlari

‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎Bank nomi
‎Bank MFOsi
‎Bank hisobvaragʻi №
____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________‎‎

‎‎7. Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
‎yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya nusxasi va tanlov takliflarida koʻrsatilgan har bir transport vositasiga va maxsus texnikaga litsenziya kartochkalari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
‎tanlov taklifida koʻrsatilgan har bir transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon) nusxasi;
‎chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma nusxasi;
ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmasa).‎________________________________________________________________________________________________
‎Toʻldirilgan sana _______________________________________
‎Ariza beruvchining ERI __________________________________

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

‎‎Tanlov taklifi

‎I. Ishlab chiqarish bazasining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

‎‎Ishlab chiqarish
‎obyektining nomi

‎‎Ishlab chiqarish
‎obyektining
‎joylashgan joyi

‎‎‎‎Egallagan hudud
‎maydoni

‎‎Ishlab chiqarish obyektining
‎mol-mulki

Avtopark (garaj)‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎‎II. Chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

T/r‎

‎‎Rusumi

‎‎Yuk koʻtarish quvvati
‎(kg)

‎‎Parkdan foydalanish koeffitsiyenti hisobi bilan yuk koʻtarish quvvati
‎(kg)
‎(3-ustun x 0,75*)

‎‎Bir kunlik qatnovlar
‎soni

‎‎Yuk tashish quvvati
‎(m3)‎

‎(4-ustun x 5-ustun) / 445**
‎‎

‎‎Aholiga xizmat koʻrsatish quvvati (kishi)
‎(4-ustun /1,17***x5-ustun)

1‎

‎‎2‎

‎‎3

‎‎4

‎‎5

‎‎6

‎‎7

1.‎

‎‎ISUZU

‎‎3000

‎‎2250

2‎‎

‎‎10

3 846‎‎

2.‎

‎‎MAN

‎‎6000

‎‎4500

‎‎2

‎‎20

7 692‎‎

…‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Jami

‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎30

‎‎11 538

‎‎‎III. Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga qarab ulardan necha yil foydalanilganligi

T/r‎

‎‎Rusumi

‎‎Ishlab chiqarilgan yili

‎‎Davlat raqami

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎‎IV. Abonentlar hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot

T/r‎

‎‎‏Dasturiy taʼminotning nomi

‎‎‏Dasturiy taʼminot joriy qilingan sana

Dasturiy taʼminotni joriy qilish va unga xizmat koʻrsatishga shartnoma‎‎‎‎

shartnoma raqami
‎va sanasi‎‎

shartnoma muddatining tugash sanasi‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎‎V. Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot

T/r

‎‎‏Nazorat tizimining
‎nomi

Nazorat tizimi joriy qilingan sana‎‎‏

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat koʻrsatishga shartnoma‎‎

shartnoma raqami
‎va sanasi‎‎

shartnoma muddatining tugash sanasi‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎‎‎‎VI. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha taklif etilayotgan xizmatlar qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlar

T/r‎

‎‎Tarif

‎‎Tarif miqdori

1.‎

QMCHlarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha jismoniy shaxslar (aholi)ga koʻrsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati ‎‎

______________ soʻm.‎‎

2.‎

‎‎Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat koʻrsatishda 1 m3 QMCHlarni olib chiqish uchun

______________ soʻm.‎‎

‎‎

‎Sana _______________________________________

‎Ariza beruvchining ERIsi _______________________________________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎* 0,75 — parkdan foydalanish koeffitsiyenti (PFK);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎** 445 — QMCHning qabul qilingan oʻrtacha solishtirma ogʻirligi (kg/m3);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎*** 1,17 — yuridik shaxslardan hosil boʻladigan QMCHni hisobga olgan holda bir kishi uchun qabul qilingan oʻrtacha QMCHning toʻplanish meʼyori (kg/sutka);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jadvalda keltirilgan raqamlar misol tariqasida koʻrsatilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov taklifining barcha bandlari boʻyicha toʻliq va batafsil maʼlumotlar taqdim etilishi lozim.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎‎Elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomani chaqirib olish haqida
‎bildirishnoma

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎STIR _____________________
‎‎Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami: ________________________________________________
‎‎Joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________________________
‎‎Elektron pochta manzili: ____________________________________________________________________________
‎‎Telefon va faks raqami (agar mavjud boʻlsa): ___________________________________________________________,

‎‎(mamlakat va shahar kodini koʻrsatgan holda)

‎‎ushbu bildirishnoma bilan _____-son lot boʻyicha ____________ (elektron tanlov oʻtkazish sanasi) kuni oʻtkazish belgilangan elektron tanlovda ishtirok etishga bergan buyurtmanomani chaqirib oladi.

Sana__________________________________‎‎_________
‎‎Ariza beruvchining ERIsi_______________________________________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov takliflarini baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Mezonlar nomi

Ballar

Jami

100

shu jumladan:

1.

Ishlab chiqarish bazasining (avtopark, garaj) mavjudligi*

20

2.

Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati:

20

5000 kishiga qadar

5

5 001 kishidan 10 000 kishiga qadar

10

10 001 kishidan 20 000 kishiga qadar

15

20 000 kishidan ortiq

20

3.

Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga bogʻliq ravishda ulardan necha yil foydalanilganligi**

30

3 yilgacha (3 yil ham qoʻshilgan holda

30

3 yildan 5 yilgacha

25

5 yildan 10 yilgacha

15

10 yildan ortiq

10

4.

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi

5

5.

QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarning bazaviy qiymatidan jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha bir oylik xizmatlarning past qiymat taklifi

15

5 % gacha (5% ham qoʻshilgan holda)

7

5% dan 10 % gacha

10

10% dan 15 % gacha

12

15% dan ortiq

15

6.

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga QMCHlarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif boʻyicha taklif:

10

5 % gacha (5% ham qoʻshilgan holda)

2

5% dan 10 % gacha

4

10% dan 15 % gacha

8

15% dan ortiq

10

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmagan taqdirda ishlab chiqarish bazasining ijara shartnomasi nusxasi taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Ishlab chiqarilgan yiliga bogʻliq ravishda har bir chiqindi tashish mashinasi boʻyicha aniqlangan ballar jamlanadi, soʻngra elektron tanlov ishtirokchisi tomonidan taklif etilgan chiqindi tashish mashinalari soniga boʻlinadi.
(7-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga buyurtmachi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim yoki shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini tasdiqlash toʻgʻrisida BILDIRISHNOMA

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎STIR _____________________
‎‎Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami: ________________________________________________
‎‎Joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________________________
‎‎Elektron pochta manzili: ____________________________________________________________________________
‎‎Telefon va faks raqami (agar mavjud boʻlsa): ___________________________________________________________,

‎‎(mamlakat va shahar kodini koʻrsatgan holda)

‎‎ushbu bildirishnoma bilan ____________ (elektron tanlov oʻtkazish sanasi) kuni oʻtkazilishi belgilangan elektron tanlovga qoʻyilgan, _____-son lot boʻyicha maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga buyurtmachi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim yoki shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini tasdiqlaydi.

Sana__________________________________‎‎____
‎‎Ariza beruvchining ERIsi_____________________________________________
(8-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy ommaviy shartnoma
‎______-son shartnoma

‎‎20__ yil “___” _________________ _____-son

‎Ushbu Ommaviy shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358-moddasi talablariga muvofiq tuzilgan va jismoniy shaxslarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini, shuningdek, _______________________________________________________________________________ , bundan buyon matnda

‎‎(tashkilot nomi)

‎‎“Ijrochi” deb ataluvchi nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi tashkilot rahbari (direktori) _______________________________________________________________________________ va ushbu shartnomani

‎‎‎‎(F.I.O.)

‎‎tuzish toʻgʻrisidagi ommaviy taklif (oferta)ni qabul qilgan (akseptlagan) turar joy mulkdori (ijaraga, arendaga oluvchi), bundan buyon matnda “Isteʼmolchi” deb ataluvchi (keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb yuritiladi) oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlar hamda munosabatlar tartibini belgilaydi.

‎‎‎1. Mazkur shartnomada qoʻllanilgan asosiy tushunchalar:

‎‎qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ular hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻ qozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);
suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yigʻilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashtirilmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);
qurilish chiqindilari — uylar, maʼmuriy bino, koʻp kvartirali uy kvartiralarini qurishda, rekonstruksiya qilishda, taʼmirlashda va buzishda hosil boʻladigan chiqindilar;
“signal” usuli — chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yoʻli bilan Isteʼmolchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turar joy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish.

‎‎‎2. Shartnoma mavzusi

‎‎1. Quyidagilar shartnoma mavzusi hisoblanadi:
‎a) Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maxsus ajratilgan maydonlar (chiqindi toʻplash shoxobchalari)dan va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatish;
‎b) Isteʼmolchi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar haqini toʻlanishi.
‎2. Yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish Isteʼmolchilarning buyurtmanomasi asosida alohida toʻlov evaziga amalga oshiriladi.

‎‎‎3. Isteʼmolchining huquq va majburiyatlari

‎‎3. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:
‎shartnomaga muvofiq zarur koʻlamda, belgilangan sifatda, uning hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlgan, mulkiga zarar yetkazmaydigan xizmatlardan foydalanish;
‎Ijrochidan xizmat koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, shuningdek, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar tariflari toʻgʻrisida maʼlumot olish;
‎Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etilishini talab qilish: chiqindi toʻplash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba;
‎oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan davr uchun oldindan haq toʻlash, keyinchalik tegishli tariflar oshganda qaytadan hisob-kitob qilmaslik;
‎Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Ijrochining operativ tartibda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini koʻrishi lozim boʻlgan dispetcherlik xizmatiga _______________ telefon raqami orqali buyurtmanoma berish;
‎Ijrochi tomonidan shartnoma majburiyatlari sifatsiz bajarilgan hollarda Ijrochiga yozma, elektron yoki ogʻzaki shaklda shikoyat qilish va Ijrochidan xizmatlar toʻliq koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnomani tuzishni, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini talab qilish;
‎xizmatlar koʻrsatilayotganda Ijrochi aybi bilan yuzaga kelgan kamchiliklarning bepul bartaraf etilishini talab qilish;
‎doimiy yashash joyida vaqtincha boʻlmaganligining hujjatlar bilan tasdiqlangan davr yoki shartnomada belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatilmagan davr uchun qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash majburiyatlaridan toʻliq ozod boʻlish;
‎qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha sifatsiz xizmat koʻrsatilganligi sababli, agar Ijrochi oʻz vaqtida shartnomani bajarishga kirishmasa yoki sifatsiz xizmat koʻrsatsa, zararlar undirilishini talab qilib sudga murojaat qilish.
‎Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
‎4. Isteʼmolchi quyidagilarga majbur:
‎qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni ushbu shartnomada belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda toʻlash;
‎konteynerda toʻplash tizimida — chiqindi toʻplash shoxobchalarida chiqindilarni joylashtirishda chiqindilarni konteynerlarga tashlash;
‎toʻplashning “signal” usulida — qattiq maishiy chiqindilarni oʻz uylarida saqlash va Ijrochining qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvali boʻyicha yetib kelgan maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish;
‎qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga tashlamaslik hamda joylashtirmaslik (koʻchalarga, suv yoʻllariga, ariq va qattiq hamda suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va koʻmish uchun belgilanmagan boshqa joylarga, shu jumladan, avtotransport vositalaridan ularning toʻxtashi, toʻxtab turishi yoki harakatlanishi vaqtida);
‎qattiq maishiy chiqindilarni ularni joylashtirish obyektlarida (idishlar, yer oʻralari va hokazolar), tashkilot hududida, dalalarda va aholi yashash punktlarida yoqmaslik;
‎koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi joylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va saqlash joylari tashkil etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
‎qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasiga ortish uchun Ijrochining ortish joyiga bemalol oʻtishini taʼminlash;
‎chiqindi toʻplash konteynerlari, chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplash kameralari va boshqa uskunalarning nosozliklari aniqlanganda Ijrochini darhol xabardor qilish;
‎oʻzlarining mulki boʻlgan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi oʻrinlarda Sanitar tozalash markazi deb ataladi) yoki uning tuman (shahar)ga biriktirilgan vakillarini oʻn ish kuni mobaynida xabardor qilish;
‎yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, professional boshqaruv tashkilotlari tomonidan belgilangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga joylashtirish va ular chiqindi toʻplash shoxobchalaridagi konteynerlarga tashlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
‎Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

‎‎‎4. Ijrochining huquq va majburiyatlari
‎‎

5. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha Isteʼmolchilarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda olish;
yirik gabaritli, qurilish chiqindilari, suyuq maishiy va boshqa chiqindilarni alohida toʻlov evaziga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish.
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6. Ijrochi quyidagilarga majbur:
oʻziga biriktirilgan hududda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilarning muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etish: chiqindi toʻplash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba;
Isteʼmolchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha qonun hujjatlari va ushbu shartnoma talablariga muvofiq zarur sifatdagi xizmatlar koʻrsatish;
Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Ijrochining dispetcherlik xizmatiga tushgan Isteʼmolchilarning buyurtmanomalarini operativ tartibda (buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay) bajarish;
koʻrsatilayotgan qoʻshimcha xizmatlar uchun elektron toʻlov tizimini joriy etish;
Isteʼmolchilarning maʼlumotlar bazasini yuritish va muntazam ravishda yangilab borish (koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar boʻyicha);
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning rejimi va sifati boʻyicha Isteʼmolchilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib borish;
aholining toʻliq qamrab olinishini taʼminlovchi va qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur miqdordagi chiqindi toʻplash shoxobchalarining qurilishini amalga oshirish;
chiqindi toʻplash shoxobchalari va konteynerlarning holatini nazorat qilib borish hamda ularning tegishli holatda saqlanishini taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalarining qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun zarur miqdordagi konteynerlar bilan jihozlanishini taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalari va transport vositalarining zarur tarzdagi sanitariya holatini taʼminlash;
maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirishni taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalarini joriy va mukammal taʼmirlashni amalga oshirish;
fuqarolarning hayoti va salomatligi, atrof muhit uchun xavfli boʻlgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning koʻplab toʻplanib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteyner va chiqindi toʻplash shoxobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yoʻli bilan va shu kabilar);
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning tartibi va tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida ushbu tariflar kuchga kirishidan oʻn besh kun avval Ijrochining stendida, eʼlonlar taxtasida eʼlonlar osish yoʻli bilan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali Isteʼmolchini xabardor qilish;
Isteʼmolchilarga ularning soʻroviga asosan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va xizmatlar koʻrsatish tartibining, shuningdek, tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida bepul maʼlum qilish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;
Ijrochining stendida, eʼlonlar taxtasida koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning amaldagi tariflari, toʻlov shartlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvalini va mazkur shartnomani joylashtirish;
Isteʼmolchiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi kamchiliklarning oldini olish choralarini koʻrish;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumotlar va buxgalteriya hujjatlari besh yil mobaynida but holatda saqlanishini taʼminlash.
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

‎‎‎5. Hisob-kitob qilish tartibi va shartlari

‎‎7. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar majburiy hisoblanadi.
8. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar Isteʼmolchilar tomonidan toʻlov amalga oshirilayotgan, oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechikmay yagona tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va keyinchalik mahalliy davlat hokimiyati organlarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, suyuq maishiy chiqindilar, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni olib chiqish boʻyicha alohida xizmatlar uchun toʻlovlar bevosita Ijrochining bank hisob raqamiga 100 foiz oldindan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov jismoniy shaxslarning ixtiyoriga koʻra cheklanmagan holda tijorat banklari va toʻlovlarni qabul qilish kassalari, elektron toʻlov tizimi va boshqa toʻlov shakllarida amalga oshiriladi.
‎9. Toʻlovni hisoblash tegishli davrlarda amalda boʻlgan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
‎Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni (yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar bundan mustasno) olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov tariflari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
‎10. Isteʼmolchilar boʻnak tariqasida toʻlangan toʻlovlar uchun, ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda, toʻlov amalga oshirilgan sanadan oʻn ikki oydan oshmaydigan davrga qayta hisob-kitob qilishdan ozod etiladilar.
11. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarning qayta hisob-kitobi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha tegishli boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganda yoki xizmat koʻrsatilmagan taqdirda Isteʼmolchi tegishli davr uchun toʻlovlardan ozod etiladi.
‎13. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilmagan yoki tegishli boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holati aniqlangan hollarda manfaatdor shaxslar tomonidan Isteʼmolchi, Ijrochining vakili, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakili tomonidan imzolanadigan, xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnoma tuziladi.
‎Xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnoma qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini qayta hisob-kitob qilish, uchun asos hisoblanadi.
‎Ijrochi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar bilan bogʻliq ravishda Isteʼmolchiga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, Isteʼmolchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yetkazilgan zarar holati qayd etilgan dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma Isteʼmolchining imzosi, Ijrochi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakillarining imzolari boʻlgandagina haqiqiy hisoblanadi.
‎Ijrochining vakili kelmagan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakilining imzosi yetarli hisoblanadi.
‎Ijrochining vakili dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda u ushbu dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortganlik sabablarini yozma ravishda asoslashi shart. Aks holda Isteʼmolchi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarni sud qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatishga haqlidir.
‎Mulk egalari tomonidan Sanitar tozalash markaziga yoki uning tuman (shahar)ga biriktirilgan vakillariga koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda haqiqatda istiqomat qilayotgan shaxslar yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov undirilmaydi.

‎‎‎6. Isteʼmolchining javobgarligi

‎‎14. Isteʼmolchi quyidagilar uchun javob beradi:
‎shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik;
‎qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaslik;
‎oʻzlarining mulki boʻlgan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligi va ularni oʻz vaqtida taqdim etmaslik.
15. Abonentlar boʻyicha oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga kiritilmagan va ular haqida Sanitar tozalash markaziga taqdim etilmagan yangi abonentlar yoki birga istiqomat qiluvchi shaxslar aniqlanganda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimida abonentlar va birga istiqomat qiluvchi shaxslar soniga tuzatishlar kiritiladi.
Bir vaqtning oʻzida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki Sanitar tozalash markazi xodimi tomonidan tuzilgan dalolatnoma, ichki ishlar organlari tomonidan propiska qilinganligi (shu jumladan, vaqtincha propiska qilinganligi)ning tasdigʻi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDY)ning tugʻilganlikni qayd etish toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar), qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik, haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni ortgan (koʻchib kirish, tugʻilish va shu kabilar) vaqtdan boshlab toʻliq qayta hisoblab chiqiladi, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan holatlarda esa — oʻtgan uch oy uchun hisob-kitob qilinadi.
‎16. Mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya undiriladi.

‎‎‎7. Ijrochining javobgarligi

‎‎17. Ijrochi quyidagilar uchun javob beradi:
‎shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur tarzda bajarmaslik;
‎maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar muddatining va ushbu xizmatlar koʻrsatilayotganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarining buzilishi;
‎xizmat koʻrsatmaslik yoki sifatsiz koʻrsatilgan xizmatlar natijasida Isteʼmolchining hayoti, salomatligi va mulkiga yetkazilgan zarar.
18. Xizmat koʻrsatilmagan yoki tegishli sifatda boʻlmagan xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda Ijrochi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima toʻlaydi.

‎‎‎8. Shartnomaning amal qilish muddati

‎‎19. Shartnoma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
‎20. Shartnoma Isteʼmolchi tomonidan ommaviy taklif (oferta) qabul qilgan (akseptlagan) paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
‎Isteʼmolchi tomonidan ushbu shartnomada koʻrsatilgan shartlarni bajarish yuzasidan qilingan harakatlar (chiqindi toʻplash shoxobchalarida chiqindilarni joylashtirishda, chiqindilarni konteynerlarga tashlash yoki Ijrochining maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish, koʻrsatilgan xizmatlar uchun tegishli summani toʻlash va shu kabilar) aksept hisoblanadi.
‎21. Shartnoma nusxalari u kuchga kirgan sanadan boshlab bir kun mobaynida xizmat koʻrsatiladigan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yuboriladi (shaxsan imzo qoʻydirilgan holda yoki taqdim etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta orqali).
‎22. Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi.

‎‎‎9. Nizolarni hal qilish

‎‎23. Tomonlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar boʻyicha nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

‎‎‎10. Ijrochining rekvizitlari:

‎‎Manzil:
‎Telefon;
‎Bank nomi:
‎H/r
‎MFO
‎STIR
‎IFUT
‎‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________‎
‎_______

‎___________________________
‎‎(imzo)

_______________________________________________
‎‎‎(rahbarning F.I.O.)

‎M.Oʻ‎.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/765/1963-son; 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son; 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)