ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Auditorlik xizmatlari bozori faoliyatining tashkiliy va normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish | ||||
|
1. |
Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishning auditorlik xizmatlari bozori barqaror faoliyat yuritishi va uning natijalariga talabning oshishini taʼminlaydigan ustuvor yoʻnalishlarini belgilash. |
1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va ilgʻor tajribasini oʻrganish. 2. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarga qaratilgan toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan normalarni nazarda tutish: auditorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirish; xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda auditorlarni sertifikatlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazoratini amalga oshirish boʻyicha zamonaviy va samarali monitoring tizimini rivojlantirish; xalqaro audit standartlarini qoʻllash; har yili auditorlik tekshiruvidan oʻtishi shart boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega korxonalarni aniqlash. |
2018-yil dekabr |
Moliya vazirligi (V. Pak), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), jamoat birlashmalari |
|
2. |
Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari faoliyatini amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik. |
1. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Moliya vazirligi oʻrtasida roʻyxatdan oʻtgan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisida axborot almashinuvini tashkil etish. 2. Quyidagilarni nazarda tutadigan mexanizmni joriy etish: auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega auditorlik tashkilotlari reyestri maʼlumotlarini davlat xizmatlari markazlarida roʻyxatga olingan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi axborot bilan taqqoslash; Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan auditorlik tashkilotlarini qonun hujjatlariga muvofiq qayta roʻyxatdan oʻtkazish choralarini koʻrish uchun ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni yoʻllash; belgilangan talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish. |
2018-yil noyabr
|
Moliya vazirligi (V. Pak), Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (X. Toʻraxoʻjayev) |
|
3. |
Xalqaro audit standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy taʼminotini takomillashtirish. |
1. Xorijiy mamlakatlarda xalqaro audit standartlarini (XAS) joriy etish amaliyotini oʻrganish. 2. XASni tan olishni nazarda tutadigan respublikada xalqaro audit standartlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda Moliya vazirligi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida rasman eʼlon qilish. 3. XASni davlat tiliga tarjima qilishni va ularni Moliya vazirligi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida rasman eʼlon qilishni tashkil etish. 4. Xalqaro auditorlik tarmoqlari va xalqaro uyushmalar aʼzosi hisoblangan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Moliya vazirligi veb-saytida joylashtirish. 5. Auditni rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha amaliy seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish va oʻtkazish. |
2019-yil mart 2019-yil iyul
|
Moliya vazirligi (V. Pak), auditorlarning respublika jamoat birlashmalari |
|
4. |
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini taʼminlash va ularni davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. |
1. “Auditorlik tashkilotining shaxsiy kabineti” va “Auditorlar jamoat birlashmasining shaxsiy kabineti” veb-servisini yaratishni nazarda tutadigan “Audit” dasturiy majmuasini ishlab chiqish va joriy etish. 2. Quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks choralarni amalga oshirish: a) majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida quyidagi axborotni har yili 1-iyulga qadar Davlat soliq qoʻmitasi veb-saytida joylashtirish: xoʻjalik yurituvchi subyektning identifikatsiya maʼlumotlari (soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami); auditorlik tashkilotining identifikatsiya maʼlumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami); auditorlik xulosasining nusxasi; b) majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan oʻz vaqtida chora koʻrish; v) quyidagilar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish: majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi shart boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar; majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishdan boʻyin tovlagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga qoʻllanilgan moliyaviy sanksiyalar. |
2019-yil
|
Moliya vazirligi (V. Pak), Axborot texnologiyalari rivojlantirish vazirligi (O. Umarov) DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (V. Pak) |
|
5. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi ustidan nazoratni kuchaytirish. |
Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishdan boʻyin tovlayotgan subyektlarni aniqlash va aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
|
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (V. Pak) |
|
6. |
Auditorlik xizmatlari bozorida sogʻlom raqobat muhitini yaratish hamda auditorlik faoliyatini faol rivojlantirish uchun teng sharoitlar yaratish. |
Ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) toʻplami 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash tartibini bekor qilish. |
2019-yil yanvar |
Davlat raqobat qoʻmitasi (N. Sharipov), Moliya vazirligi (V. Pak) |
|
II. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini yanada takomillashtirish | ||||
|
7. |
Auditorlik tashkilotlari faoliyatini baholash mexanizmini baholash natijasining xolisligi va mustaqilligini taʼminlaydigan qiziqtirgan ranjirlovchi koʻrsatkichlar boʻyicha renking oʻtkazish yoʻli bilan takomillashtirish. |
1. Auditorlik tashkilotlari faoliyatini reyting baholash amaliyotini tanqidiy oʻrganish hamda mazkur sohadagi xalqaro tajribani tahlil qilish. 2. Baholashning shaffof mexanizmi va baholash natijalaridan foydalanish tartibini taʼminlaydigan koʻrsatkichlarni ranjirlashni oʻz ichiga olgan auditorlik tashkilotlari renkingi metodikasini ishlab chiqish. 3. Quyidagilarni taʼminlash: auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida auditorlik tashkilotlari renkingi natijalarini joylashtirish hamda ularni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish; auditorlik tashkilotlari faoliyatini baholashda ranjirlovchi koʻrsatkichlarni doimiy ravishda dolzarblashtirish. |
2018-yil
|
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, Moliya vazirligi (V. Pak) |
|
8. |
Xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini takomillashtirish. |
Buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan oʻtishi tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtgan jamoat birlashmalarida majburiy aʼzoligini belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yilning ikkinchi yarim yilligida yangi tartibni 2020-yildan joriy etish |
Moliya vazirligi (V. Pak), auditorlarning respublika jamoat birlashmalari |
|
9. |
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalarini XASni qoʻllash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda jahonning ilgʻor tajribasini umumlashtirish va joriy etish boʻyicha Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish. |
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalarini Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini XAS hujjatlarini qoʻllash, ushbu standartlarni qoʻllash boʻyicha jahonning ilgʻor tajribasini ommalashtirishni tashkil etish masalalarida faol uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. |
doimiy ravishda |
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, |
|
III. Buxgalteriya hisobi va audit sohasida mutaxassislarni tayyorlash hamda auditorlar malakasini oshirishning ilgʻor usullarini joriy etish | ||||
|
10. |
Buxgalteriya hisobi va audit sohasida masofaviy va mustaqil oʻqishni tashkil etishni nazarda tutadigan innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur usullar va texnologiyalarni taʼlim tizimiga joriy etish. |
1. 2018/2019 oʻquv yili davomida oliy taʼlim muassasalarining buxgalteriya hisobi va audit boʻyicha oʻquv rejalari hamda dasturlarini kompleks tahlil qilish va amalga oshirish monitoringini olib borish. Natijalari boʻyicha ularni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish. 2. Ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari oʻquv reja hamda dasturlariga auditning xalqaro standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha fanlarni kiritish. 3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga oʻqitishning innovatsion shakl va usullarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida pedagog va boshqa kadrlarning professional bilimlarini, koʻnikmalari va malakasini oshirish. |
2018-2019 yy.
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Toshkent moliya instituti (U. Azizov), Moliya vazirligi (V. Pak), Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari |
|
11. |
Xalqaro standartlar asosida auditorlarni professional sertifikatlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish. |
1. Buxgalter va auditorlarni sertifikatlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarini tahlil qilish va ilgʻor tajribasini oʻrganish. 2. Auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini oʻn yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berishni nazarda tutgan holda malaka sertifikatini berish tartibini qayta koʻrib chiqish. 3. Auditorlar malakasini oshirish tizimini monitoring qilishning zamonaviy tizimini joriy etish. |
2018-yil
|
Moliya vazirligi (V. Pak), auditorlarning respublika jamoat birlashmalari |
|
12. |
Auditor kasbi nufuzini va yosh mutaxassislarning bu kasbni egallashga qiziqishini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
“buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari boʻyicha magistr diplomiga ega talabgorlar uchun auditor malaka sertifikatini olishi uchun malaka talablarini qayta koʻrib chiqish. |
2018-yil |
Moliya vazirligi (V. Pak) Adliya vazirligi (N. Joʻrayev) auditorlarning respublika jamoat birlashmalari. |
|
IV. Nazoratning zamonaviy shakllarini joriy etish va auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni oshirish | ||||
|
13. |
Auditorlik tashkilotlarining xizmatlar sifati hamda ular beradigan xulosalarning haqqoniyligi uchun javobgarligini kuchaytirish, shu jumladan auditorlik tashkiloti auditorlari va rahbarining vakolatini suiisteʼmol qilganligi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlarining buzilishiga yoʻl qoʻyganligi uchun maʼmuriy javobgarlikni joriy etish. |
1. Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy va boshqa turdagi javobgarlik sohasidagi xorijiy mamlakatlarning qonun hujjatlarini tahlil qilish hamda ilgʻor tajribasini oʻrganish. 2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi hamda boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. |
2019-yil |
Moliya vazirligi (V. Pak), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), SSP (I. Jasimov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), manfaatdor vazirlik |
|
14. |
Auditorlik tashkilotlari faoliyati sifati tashqi nazoratining zamonaviy, samarali tizimini yaratish. |
1. Auditorlik faoliyatini nazorat qilish, shu jumladan sifatning tashqi nazorati tizimining xalqaro amaliyotini tahlil qilish va umumlashtirish. 2. Majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazadigan auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek, auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati davomida aniqlanadigan qoidabuzarliklar va kamchiliklarga nisbatan taʼsir choralarini ishlab chiqish hamda keyinchalik sifatning tashqi nazorati natijalarini Moliya vazirligi �yeb-saytida joylashtirish. |
2019-yil yanvar |
Moliya vazirligi (V. Pak), auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, SSP (I. Jasimov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov) |
|
V. Xalqaro audit standartlarini joriy etishning ahamiyati va zaruratini tushuntirish | ||||
|
15. |
Xalqaro audit standartlarini amaliyotda qoʻllashning dolzarb masalalarini keng muhokama qilish hamda xalqaro audit standartlari mohiyati va mazmunini, ayniqsa iqtisodiyotning hozirgi sharoitida koʻrsatilgan xizmatlar sifati uchun auditor masʼuliyatini oshirish mavzusini ommaviy axborot vositalarida yoritish. |
Xalqaro audit standartlarini joriy etish va amaliyotda qoʻllash masalalariga bagʻishlangan, shuningdek, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda seminarlar, davra suhbatlari, tele- va radio koʻrsatuvlar tashkil etish va oʻtkazish, uslubiy qoʻllanmalar nashr qilish va turkum maqolalar chop etish. |
2019-2020-yillar |
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, SSP (I. Jasimov), Moliya vazirligi (V. Pak) |