05.09.2018 yildagi 710-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) “Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining (keyingi oʻrinlarda “Egmont” guruhi deb ataladi) faoliyatida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari taʼminlanishi uchun masʼul maxsus vakolatli organ etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Markaziy banki Departamentni “Egmont” guruhi faoliyatida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar bilan taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Departamentga amaliy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib va ushbu qarorning 2-bandida qayd etilgan tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlari bilan kelishgan holda, “Egmont” guruhi faoliyatiga tegishli qismi boʻyicha, shuningdek, “Egmont” guruhi doirasida oʻtkaziladigan yalpi majlislar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini shakllantirishda ularning vakillarini ekspertlar sifatida belgilangan tartibda jalb qilishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Departamentning budjetdan tashqari maxsus fondi mablagʻlari hisobidan quyidagi xarajatlar moliyalashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Egmont” guruhi budjetiga Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi ulushli badalini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining “Egmont” guruhi doirasida oʻtkaziladigan yalpi majlislar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 5-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
710-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/710/1848-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)