Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.1996 yildagi 276-I-son
Дата вступления в силу
07.09.1996
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida (nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) Ushbu Qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalari turkumiga oʻtkazish tartibini belgilaydi. (muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) I. VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNI TUZISh VA TUGATISh 1-modda. Viloyatlarni tuzish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. 2-modda. Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasi.) 3-modda. Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. II. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNING ChEGARALARINI OʻZGARTIRISh 4-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Joʻqorgʻi Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan oʻzgartirilishi mumkin. 5-modda. Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini oʻzgartirish tegishli viloyatlar, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarning chegaralarini oʻzgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 6-modda. Qishloqlar va ovullar chegarasini oʻzgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. III. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNING MAʼMURIY MARKAZLARINI BELGILASh VA KOʻChIRISh 7-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash va koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 8-modda. Viloyatlarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. 9-modda. Tumanlar, qishloqlar, ovullarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. IV. ShAHARLAR BOʻYSUNUVINI OʻZGARTIRISh VA AHOLI PUNKTLARINI ShAHAR, ShAHARChALAR TURKUMIGA KIRITISh 10-modda. Respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasida), viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida oʻttiz ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Shaharlarni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Shaharlarni respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasida) boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 11-modda. Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida yetti ming aholisi boʻlgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud shaharchalar, aholi punktlari kiritilishi mumkin. Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 12-modda. Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yoʻl stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida ikki ming aholisi boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. V. ShAHARLAR, ShAHARChALARNING ChEGARALARINI BELGILASh VA KENGAYTIRISh 13-modda. Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 14-modda. Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. (VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) (VII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) (VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) IX. MONUMENTAL SANʼAT ASARLARIGA NOM BERISh (IX boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) (24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) (25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) (26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) 27-modda. Monumental sanʼat asarlariga nom berish, ularga oid tagsoʻz matnlarini tasdiqlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. (27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) (X boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) XI. YAKUNIY QOIDALAR 30-modda. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish, aholi punktlarini shahar, shaharchalar turkumiga oʻtkazish haqidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasida eʼlon qilinishi shart. (30-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) Mavjud aholi punktlari hisobining yuritilishini hamda yangi paydo boʻlganlari roʻyxatdan oʻtkazilishini tegishli ravishda Joʻqorgʻi Kenges, viloyat hokimliklari taʼminlaydilar. (31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1996-yil 30-avgust, 276-I-son (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 139-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda;2011-y., 41-son, 449-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda) |
Закон Республики Узбекистан О порядке решения вопросов административно-территориального устройства в Республике Узбекистан (наименование в редакции Закона Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41, ст. 449) Настоящий Закон определяет порядок образования, упразднения, изменения границ областей, районов, городов, городских поселков, кишлаков, аулов, перенесения административных центров и отнесения населенных пунктов к категории городов, городских поселков. (преамбула в редакции Закона Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41, ст. 449) I. ОБРАЗОВАНИЕ И УПРАЗДНЕНИЕ ОБЛАСТЕЙ, РАЙОНОВ, КИШЛАКОВ, АУЛОВ Статья 1. Образование и упразднение областей производится Олий Мажлисом по предложению Кабинета Министров Республики Узбекистан. Статья 2. Образование и упразднение районов производится Олий Мажлисом по предложению Кабинета Министров Республики Узбекистан на основе ходатайств хокимов соответствующих областей и города Ташкента. Образование и упразднение районов в Республике Каракалпакстан производится Жокаргы Кенесом по предложению правительства Республики Каракалпакстан с согласия Олий Мажлиса Республики Узбекистан (статья 69 Конституции Республики Узбекистан). Статья 3. Образование и упразднение кишлаков, аулов производится на основе ходатайств хокимов соответствующих районов Кенгашами народных депутатов областей, а в Республике Каракалпакстан — Жокаргы Кенесом. (текст статьи 3 в редакции Закона Республики Узбекистан от 3 декабря 2004 г., № 714-II — СЗ РУ, 2004 г., № 51, ст. 514) II. ИЗМЕНЕНИЕ ГРАНИЦ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН, ОБЛАСТЕЙ, РАЙОНОВ, КИШЛАКОВ, АУЛОВ Статья 4. Граница Республики Каракалпакстан может быть изменена Олий Мажлисом только с ее согласия на основе решения Жокаргы Кенеса. Статья 5. Изменение границ областей и районов производится Олий Мажлисом по предложению Кабинета Министров Республики Узбекистан на основе ходатайств хокимов соответствующих областей, города Ташкента. Изменение границ районов в Республике Каракалпакстан производится Жокаргы Кенесом по предложению правительства Республики Каракалпакстан на основе ходатайств хокимов соответствующих районов. Статья 6. Изменение границ кишлаков и аулов, объединение населенных пунктов производится на основе ходатайств хокимов соответствующих районов Кенгашами народных депутатов областей, а в Республике Каракалпакстан — Жокаргы Кенесом. (текст статьи 6 в редакции Закона Республики Узбекистан от 3 декабря 2004 г., № 714-II — СЗ РУ, 2004 г., № 51, ст. 514) III. УСТАНОВЛЕНИЕ И ПЕРЕНЕСЕНИЕ АДМИНИСТРАТИВНЫХ ЦЕНТРОВ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН, ОБЛАСТЕЙ, РАЙОНОВ, КИШЛАКОВ, АУЛОВ Статья 7. Установление и перенесение столицы Республики Каракалпакстан производится Жокаргы Кенесом с согласия Олий Мажлиса Республики Узбекистан. Статья 8. Установление и перенесение административных центров областей производится Олий Мажлисом по предложению Кабинета Министров Республики Узбекистан на основе ходатайств хокимов соответствующих областей. Статья 9. Установление и перенесение административных центров районов, кишлаков, аулов производится на основе ходатайств хокимов соответствующих районов Кенгашами народных депутатов областей, а в Республике Каракалпакстан — Жокаргы Кенесом. (текст статьи 9 в редакции Закона Республики Узбекистан от 3 декабря 2004 г., № 714-II — СЗ РУ, 2004 г., № 51, ст. 514) IV. ИЗМЕНЕНИЕ ПОДЧИНЕННОСТИ ГОРОДОВ И ОТНЕСЕНИЕ НАСЕЛЕННЫХ ПУНКТОВ К КАТЕГОРИИ ГОРОДОВ, ГОРОДСКИХ ПОСЕЛКОВ Статья 10. К категории городов республиканского (в Республике Каракалпакстан), областного подчинения могут быть отнесены города с численностью населения, как правило, не менее тридцати тысяч человек, имеющие важное административное значение, являющиеся перспективными экономическими и культурными центрами. Отнесение городов к категории городов областного подчинения, их преобразование производится Олий Мажлисом по предложению Кабинета Министров Республики Узбекистан на основе ходатайств хокимов соответствующих областей. Отнесение городов к категории городов республиканского (в Республике Каракалпакстан) подчинения, их преобразование производится Жокаргы Кенесом по предложению правительства Республики Каракалпакстан. Статья 11. К категории городов районного подчинения могут быть отнесены городские поселки, населенные пункты с численностью населения, как правило, не менее семи тысяч человек, имеющие промышленные предприятия и развитую инфраструктуру. Отнесение городских поселков, населенных пунктов к категории городов районного подчинения, их преобразование производится Олий Мажлисом по предложению Кабинета Министров Республики Узбекистан на основе ходатайств хокимов соответствующих областей, а в Республике Каракалпакстан — Жокаргы Кенесом по предложению правительства Республики Каракалпакстан на основе ходатайств хокимов соответствующих районов. Статья 12. К категории городских поселков могут быть отнесены населенные пункты, расположенные при промышленных предприятиях, стройках, железнодорожных станциях и других важных объектах с численностью населения, как правило, не менее двух тысяч человек. Отнесение населенных пунктов к категории городских поселков производится на основе ходатайств хокимов соответствующих районов Кенгашами народных депутатов областей, а в Республике Каракалпакстан — Жокаргы Кенесом. (часть вторая статьи 12 в редакции Закона Республики Узбекистан от 3 декабря 2004 г., № 714-II — СЗ РУ, 2004 г., № 51, ст. 514) V. УСТАНОВЛЕНИЕ И РАСШИРЕНИЕ ГРАНИЦ ГОРОДОВ, ГОРОДСКИХ ПОСЕЛКОВ Статья 13. Установление и расширение границ городов производится Олий Мажлисом по предложению Кабинета Министров Республики Узбекистан на основе ходатайств хокимов соответствующих областей, города Ташкента. Установление и расширение границ городов в Республике Каракалпакстан производится Жокаргы Кенесом по предложению правительства Республики Каракалпакстан на основе ходатайств хокимов соответствующих районов и городов. Статья 14. Установление и расширение границ городских поселков производится на основе ходатайств хокимов соответствующих районов Кенгашами народных депутатов областей, а в Республике Каракалпакстан — Жокаргы Кенесом. (текст статьи 14 в редакции Закона Республики Узбекистан от 3 декабря 2004 г., № 714-II — СЗ РУ, 2004 г., № 51, ст. 514) (раздел VI исключен Законом Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41ст. 449) (раздел VII исключен Законом Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41ст. 449) (раздел VIII исключен Законом Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41ст. 449) IX. ПРИСВОЕНИЕ НАЗВАНИЙ ПРОИЗВЕДЕНИЯМ МОНУМЕНТАЛЬНОГО ИСКУССТВА (наименование раздела IX в редакции Закона Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41, ст. 449) (статья 24 исключена Законом Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41 ст. 449) (статья 25 исключена Законом Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41 ст. 449) (статья 26 исключена Законом Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41 ст. 449) Статья 27. Присвоение названий произведениям монументального искусства, утверждение текстов надписей к ним производится Министерством культуры Республики Узбекистан по согласованию с правительством Республики Каракалпакстан, хокимиятами областей, города Ташкента. (текст статьи 27 в редакции Закона Республики Узбекистан от 13 июня 2017 года № № ЗРУ-436 — СЗ РУ, 2017 г., № 24, ст. 487) (раздел X исключен Законом Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41 ст. 449) XI. ЗАКЛЮЧИТЕЛЬНЫЕ ПОЛОЖЕНИЯ Статья 30. Решения по вопросу образования, упразднения, изменения границ областей, районов, городов, городских поселков, кишлаков, аулов, перенесения административных центров, отнесения населенных пунктов к категории городов, городских поселков, подлежат опубликованию в Ведомостях Олий Мажлиса Республики Узбекистан. (часть первая статьи 30 в редакции Закона Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41, ст. 449) Учет существующих и регистрацию вновь возникших населенных пунктов обеспечивают соответственно Жокаргы Кенес, хокимияты областей. (статья 31 исключена Законом Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41 ст. 449) Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 30 августа 1996 г., № 276-I (Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1996 г., № 9, ст. 139; Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2004 г., № 51, ст. 514; 2011 г., № 41, ст. 449; 2017 г., № 24, ст. 487) |