Tadbirlar nomi | Bajarish muddatlari | Mas’ul bajaruvchilar | Tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va ulardan kutilayotgan natija | |
I. Mahallalarda futbol maydonlari faoliyatini tashkil etish | ||||
1. | Futbol maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, qarovsiz holatdagi maydonlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga berish masalasini ko‘rib chiqish | 2018-yil oktyabr | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ke�gashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Futbol maydonlari va ularning mavjud holati yalpi xatlovdan o‘tkaziladi. O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qarovsiz yotgan davlat mulki bo‘lgan futbol maydonlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga berilishi ta’minlanadi. |
2. | Futbol maydonlarini qurish istagida bo‘lgan tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirish hamda zarur hollarda kreditlar ajratilishini ta’minlash. | 2018-yil oktyabr-noyabr | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Mahallalarda futbol maydonlari qurilishini tashkil etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, barcha mahallalarda futbol maydoni qurish istagida bo‘lgan tadbirkorlar biriktiriladi. |
3. | Futbol maydonlarida texnika xavfsizligiga rioya etish qoidalarin� ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2018-yil 10-oktabr | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi | Texnika xavfsizligiga rioya qilish qoidalari ishlab chiqiladi va futbol maydonining kirish qismiga o‘rnatiladi. Futbol maydonida shug‘ullanuvchilar mazkur qoidalar bilan tanishishi va ularga qat’iy amal qilishi barcha qonuniy vositalar bilan ta’minlanadi. Shu orqali futbol maydonlarida xavfsizlik ta’minlanishiga erishiladi. |
4. | Sportga oid ommaviy axborot vositalarida “Mahallalarda futbol maydoni” turkumida maqolalar chop etib borish, ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda mahallalarda futbol maydonlarini saqlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish, yosh avlodning jismoniy va ma’naviy rivojlanishida futbolning ahamiyati xususida davra suhbatlari o‘tkazish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish. | doimiy | O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi | Mahallalardagi futbol maydonlarini tashkil etishning foydali jihatlari aholi o‘rtasida ommalashadi. Futbol maydonlarini tashkil etish, saqlash va rivojlantirishga e’tibor kuchayadi. |
II. Mahallalardagi futbol maydonlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish hamda ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish | ||||
5. | Qarovsiz holdagi futbol maydonlarini tiklash hamda futbol maydonlari bo‘lmagan mahallalarda bo‘sh yer maydonlarini aniqlash va yangi maydonlarni qurish bo‘yicha hududiy manzilli dasturga takliflar ishlab chiqish. | 2018-yil 10-oktabr | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, | Qarovsiz holdagi futbol maydonlari hamda futbol maydoni uchun bo‘sh yerlar aniqlanadi. |
6. | Mahallalarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, futbol musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2018-yil | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi | Ushbu yo‘riqnomani ishlab chiqilishi va mahallalarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, futbol musobaqalarini to‘g‘ri tashkil etilishiga xizmat qiladi. |
7. | Futbol maydoni bo‘lmagan mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida futbol maydonlari qurish bo‘yicha 2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2018-yil 25-oktabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari respublika kengashi | Mahallalarda futbol maydonlari qurilishining 2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan hududiy manzilli dasturlari tasdiqlanadi. Mahalla yoshlari uchun futbol maydonlari barpo etiladi. |
8. | Mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini qurish bo‘yicha 2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan hududiy manzilli dasturlar ijrosi monitoringini olib borish maqsadida mahalliy hokimliklar huzurida monitoring guruhini shakllantirish. | 2018-yil | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari respublika kengashi | Futbol maydonlari sifatli va o‘z vaqtida qurilishi ustidan nazorat qilish hamda qurilgan maydonlar bo‘yicha tizimli ma’lumot yuritiladi. |
9. | Futbol maydonlariga qo‘yilgan talablar asosida futbol maydonlarining (mini-futbol, futbol) namunaviy loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2018-yil | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi | Mahallarda tashkil etiladigan futbol maydonlari uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘lar miqdoridan kelib chiqib, futbol maydonlarining yagona namun�viy loyihalari tanlov asosida aniqlanadi, ular asosida futbol maydonlari qurilishiga erishiladi. |
10. | Futbol maydonlarini sifatli qurilishini ta’minlash maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik nazorati guruhlarini shakllantirish. | 2018 — 2022-yillar | O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi | Mahallalarda tashkil etilayotgan futbol maydonlarini sifatli qurilishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga erishiladi. |
11. | Tasdiqlangan hududiy manzilli dasturlar asosida namunaviy loyiha bo‘yicha futbol maydonlarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurish va ta’mirlash chora-tadbirlarini ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish. | doimiy | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 2018 — 2022-yillarda barcha mahallardagi futbol maydonlari zamonaviy qiyofaga keltiriladi, ular sport va o‘yin qurilmalari bilan jihozlanadi. Respublikaning har bir mahallasida kamida bitta futbol maydoni bo‘lishiga erishiladi. |
12. | Mahallalar o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishini tizimli yo‘lga qo‘yish, g‘oliblarni munosib taqdirlash. | doimiy | O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi | Mahallalar o‘rtasida tashkil etiladigan futbol musobaqalarida yoshlarni jismonan sog‘lom etib tarbiyalashga, iqtidorli yoshlarni futbolga jalb etishga xizmat qiladi. |
ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar nomi | Bajarish muddati | ||||||
↓ | |||||||||
1-bosqich | Maslahatchi | Tuman (shahar) komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi | har yili yanvar va iyul oylarining 15-kuniga kadar | ||||||
↓ | |||||||||
2-bosqich | Tuman (shahar) komissiyasi | Tuman (shahar) komissiyasi rag‘batlantirish uchun tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarini ko‘rib chiqadi va maslahatchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, tanlov g‘oliblarini aniqlaydi | 5 kun | ||||||
↓ | |||||||||
3-bosqich | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Futbol assotsiatsiyasi | Maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash boshqarmalari bank hisob raqamiga tegishli mablag‘larni o‘tkazadi | 5-ish kuni | ||||||
↓ | |||||||||
4-bosqich | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash vazirligi, vi�oyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash boshqarmalari tomonidan moddiy rag‘batlantirish uchun ajratilgan mablag‘larni tanlovda g‘olib deb topilgan maslahatchilarga belgilangan tartibda to‘laydi | Har oyning 10-kuniga qadar | ||||||
2-ILOVA
lavozimi bo‘yicha | — | tuman (shahar) hokimi, Komissiya rahbari |
lavozimi bo‘yicha | — | Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, Komissiya rahbarining o‘rinbosari |
lavozimi bo‘yicha | — | tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari |
lavozimi bo‘yicha | — | jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i |
lavozimi bo‘yicha | — | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi raisi, Komissiya kotibi |