22.11.2000 yildagi 458-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TELEKOMMUNIKATSIYALAR VA POCHTA ALOQASI SOHASIDAGI BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”, “Pochta aloqasi toʻgʻrisida” va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, ushbu sohaga xorijiy investorlarni jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat boshqaruvi boʻyicha maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga, maxsus vakolatli organ sifatida, yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish huquqi berilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 22-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
458-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom “Aloqa toʻgʻrisida”, “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan va telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash tartibini, litsenziya talablari va shartlarini belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Telekommunikatsiyalar sohasida yuridik shaxslar faoliyati turlarini litsenziyalashni Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “litsenziyalovchi organ” deb yuritiladi) amalga oshiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Telekommunikatsiyalar quyidagi turlarining, yaʼni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy tarmoqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlararo tarmoqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tarmoqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchma radiotelefon aloqa tarmoqlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar uzatish tarmoqlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi*, ulardan foydalanish** va ularning xizmatlar koʻrsatishi litsenziyalanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Qurilish, shuningdek, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini rekonstruksiya qilish (kengaytirish, qayta jihozlash) bilan bogʻliq ishlarni ham oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Foydalanish, shuningdek, telekommunikatsiyalar tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini ham oʻz ichiga oladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qaroriga asosan havolalar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishi taqiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekoʻrsatuvning kabel tarmogʻi va radioeshittirishning simli tarmogʻi bir muassasa, oʻquv yurti yoki sanoat korxonasi binosi va hududi bilan cheklangan yoxud abonentlarning umumiy soni 10 tadan ortiq boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs mahalliy, shaharlararo aloqa xizmatlari koʻrsatsa, shuningdek doʻkonchalar, lavkalar, doʻkonlar, barlar, restoranlar, dorixonalar, oʻyin komplekslari, sanatoriylarda, avtomobil bosh yoʻllari boʻyida mahalliy tarmoqlar operatorlari tomonidan ajratilgan telefon raqamlaridan xalqaro telefon soʻzlashuvlari xizmatlari koʻrsatsa (aloqaning taksofon xizmatlari) va faks boʻyicha axborotni joʻnatsa (va qabul qilsa);
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi hamda qutqarish va avariya-tuzatish ishlarini talab etuvchi tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik halokatlar oqibatlarini tugatish bilan, shuningdek faqat davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmogʻini tashkil etish va ularning ishlashi bilan bogʻliq boʻlsa, litsenziya olish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan (mahalliy, radiotelefon, maʼlumotlar uzatish) telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatmasdan faqat ishlab chiqarish-texnologiya maqsadlarida foydalaniladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy tarmoqlar operatorlari tomonidan ajratilgan telefon raqamlaridan telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar oʻz faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, telekommunikatsiyalar operatorlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Litsenziyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar namunaviy (oddiy) yoki yakka tartibdagi litsenziyalar boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga telekommunikatsiyalar sohasida yagona shartlar va talablar asosida faoliyatni amalga oshirishga cheklanmagan doiradagi yuridik shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga yuridik shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziatlarga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan litsenziyalar kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar aniq sharoitlarga qarab miqdori, muddati, amal qilish hududi, faoliyat obyektiga koʻra cheklanadi. Bunda yakka tartibdagi litsenziyalarning amal qilish muddati 5 yildan kam boʻlishi mumkin emas.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yakka tartibdagi litsenziyalar mahalliy, shaharlararo, xalqaro tarmoqlar, koʻchma radiotelefon aloqa, maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga beriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro tarmoqlar loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatishga yakka tartibdagi litsenziya birinchi marta faqat bitta daʼvogarga beriladi, uning amal qilish muddati tamom boʻlgach faoliyatning mazkur turini amalga oshirishga yakka tartibdagi litsenziyalar boshqa daʼvogarlarga ham berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning ayrim turlariga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilishi mumkin. Tanlovlar (tenderlar) oʻtkazish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovlar (tenderlar) oʻtkazish shartlari, tender takliflarini koʻrib chiqish muddatlari, malaka talablari, litsenziya talablari loyihalari va litsenziya berish uchun daʼvogarlarni tanlash shartlari, mezonlari matbuotda eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi. Litsenziya daʼvogarining arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat, agar litsenziya talablari va shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mahalliy, shaharlararo, xalqaro tarmoqlar, koʻchma radiotelefon aloqa, tarmoqlar loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va kommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatishga litsenziyalar 15 yilgacha boʻlgan muddatga, biroq kamida 5 yil muddatga beriladi. Bunda xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatishga mazkur Nizomga muvofiq birinchi marta berilgan yakka tartibdagi litsenziyaning amal qilish muddati 5 yildan ortiq boʻlmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va ular xizmatlarini koʻrsatishga hamda teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya va retranslyatsiya qilish)ga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Litsenziyalar berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) litsenziya berish toʻgʻrisida belgilangan shakl boʻyicha ariza, unda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami (1-ilova);
(14-band “a” kichik bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 18-son, 223-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallagan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi) hamda faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatiladi;
(14-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(14-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) litsenziyalovchi organ litsenziya daʼvogarining arizasini koʻrib chiqishi uchun litsenziya daʼvogari eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat;
(14-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ommaviy axborot vositalari televideniye, radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanishga va xizmatlar koʻrsatishga litsenziya olish uchun Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(14-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini ishlatish va (yoki) ular xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olishda — telekommunikatsiyalar asosiy texnik vositalarining (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud boʻlgan) tavsifi, radiochastotalarning diapazonlari va nominallari (ulardan foydalanishda) koʻrsatilgan holda ularning roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — loyihalashtirish, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnik vositalar (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud boʻlgan) va normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxati.
(14-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 18-son, 223-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tarmoqni tashkil etish rejasi va rivojlantirish prognozi, belgilangan shakl boʻyicha bajariladigan ishlarga qarab boshqa zarur maʼlumotlar (abonentlar, shaharlararo portlar, xalqaro stansiyalar, maʼlumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari, qoplash zonalari soni va telekommunikatsiyalarning aniq tarmoqlari yoki inshootlari uchun boshqa parametrlar);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) litsenziya talabgori tomonidan telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatning ayrim turlariga litsenziya olish uchun qoʻyiladigan talablar va shartlar bajarilishi imkoniyatini tasdiqlovchi hujjatlar:
(14-band “j” kichik bandining birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 18-son, 223-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning “j” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya, yongʻin normalari va obyektni qoʻriqlash talablariga muvofiqlik toʻgʻrisida tegishli organlarning xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining radiochastotalaridan foydalanish va ularni nazorat qilish boʻyicha organlarning berilgan chastotalardan foydalanish imkoniyati, uzatuvchi qurilmalar quvvati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (radioaloqa vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga litsenziya olishda);
(14-bandning “j” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish moʻljallanayotgan taqdirda ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Tasdiqlash shartnoma yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etish tarzida boʻlishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish boʻyicha mutaxassislar mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari.
(14-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 18-son, 223-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz tarmogʻini yaratish huquqisiz maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet, maʼlumotlarni uzatish operatorlari tarmogʻi orqali provayder xizmatlari koʻrsatishga litsenziya olishda mazkur bandning “g”, “d” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan uchinchi mamlakatlarga xorijiy tele va radio stansiyalarning dasturlarini retranslyatsiya qilish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida ariza berilganda xalqaro bitimlarning tegishli shartlariga muvofiq qoʻshimcha hujjatlar talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Hujjatlar litsenziya daʼvogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali, ular olingani haqidagi tasdiqni olgan holda, yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga yuborilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha masʼul shaxs (ekspert komissiyasi kotibi) tomonidan qabul qilinadi, ularning nusxalari hujjatlar koʻrsatib oʻtilgan organ tomonidan qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qaroriga tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun litsenziya daʼvogari qonunga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya daʼvogarining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun faoliyatning har bir turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya daʼvogarlarining arizalarini koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summalari litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya daʼvogari bergan arizasidan voz kechgan yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish rad etilgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni litsenziyalovchi organ barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya daʼvogarining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan kechikmay qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha xulosa tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasiga Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining oʻrinbosari rahbarlik qiladi, litsenziyalash masalalari uning funksional vazifalariga kiradi. Ekspert komissiyasi tarkibiga telekommunikatsiyalar texnikasi va texnologiyasi, yurisprudensiya, radiochastota spektoridan foydalanish, bozor qayta oʻzgartirishlari, telekommunikatsiyalar sohasida nazorat organi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar kiritiladi. Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi bir oyda kamida bir marta majlis oʻtkazadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert komissiyasi litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi olingan kundan boshlab 20 kundan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va Telekommunikatsiyalar sohasida tegishli faoliyat turlari boʻyicha ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasini hisobga olgan holda ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi ekspert xulosasini tayyorlaydi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ oʻn kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ zaruriyat boʻlganda tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni oʻz mablagʻlari hisobiga shartnoma asosida jalb etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Litsenziyalovchi organ litsenziya daʼvogarini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlangandan hamda litsenziya talabgori va litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya bitimi imzolangandan keyin bir kun muddatda beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Agar litsenziat unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Litsenziya litsenziatlarni telekommunikatsiyalar vositalari loyihalashtirilishi, qurilishi va ulardan foydalanish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha amaldagi qoidalarda nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlar olish majburiyatidan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Litsenziya berish yoki litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilishi rad etilishining sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya daʼvogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya daʼvogari taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tanlov (tender) shartlariga nomuvofiqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya daʼvogariga yozma shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birga olgan kundan boshlab oʻn kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Arizalarning takroriy koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorlaridan yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorining arizasini takroriy koʻrib chiqishda litsenziya berishning litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishning rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert komissiyasi olti kundan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ toʻrt kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Litsenziya daʼvogari litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi (3-ilova). Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organning rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Amal qilish muddati tamom boʻlmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga daʼvogarning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda litsenziat yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berishi, shuningdek litsenziyalovchi organga ushbu eʼlonni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya dublikati berilganligi uchun litsenziya berish toʻgʻrisida litsenziya daʼvogarining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Litsenziyalar, litsenziya bitimlari Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori tomonidan imzolanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Litsenziya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Faoliyatning tegishli turlariga litsenziya talablari va shartlarida ularning xususiyatiga bogʻliq ravishda yakka tartibdagi va namunaviy litsenziyalar uchun umumiy boʻlgan quyidagi asosiy maʼlumotlar, tavsiflar, talablar va shartlar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya doirasida amalga oshirishga ruxsat beriladigan telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan qonun hujjatlariga rioya etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishga ruxsat etiladigan hudud chegarasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy asbob-uskuna va inshootlarning texnik tavsiflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radiochastotalarning ajratilgan nominallari yoki polosalari (televizion kanallarning nomerlari, koʻchma radio aloqa va simsiz foydalanish standartlarining nomi va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqlarni rivojlantirishni tashkil etish rejasi va prognozi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatsiyalashni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatiladigan xizmatlarning belgilangan sifat meʼyorlarini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchilarning manfaatlari va huquqlariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqlararo qoʻshilishlarni tashkil etish, boshqa operatorlar va provayderlarga oʻz tarmogʻidan foydalanish, shuningdek ular oʻrtasida oʻzaro-hisob-kitob shartlari va tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik protokollar va tarmoqlararo qoʻshilishlar spetsifikatsiyalarning nomi, tarmoqlarni nomerlash rejasi, telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalanish tavsiflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyati, huquqni muhofaza qilish organlari manfaatlari yoʻlida va alohida muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni oʻtkazishda telekommunikatsiyalar vositalari ishlarini taʼminlash boʻyicha maxsus talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan nominallar yoki radiochastotalar polosalaridan foydalanish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar koʻrsatish shartlari, tariflar va axborot maʼlumotlarini mijozlarga yetkazish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali yetkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telefon orqali gaplashishlar, telegraf va telekommunikatsiyalar tarmoqlari boʻyicha beriladigan boshqa xabarlarning maxfiyligini, axborot xavfsizligini, shu jumladan telekommunikatsiyalar obyektlari va inshootlari xavfsizligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulodda holatlarda, shuningdek operativ-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun asbob-uskunalarni oʻrnatish va ularning ishlashini taʼminlash boʻyicha telekommunikatsiyalar tarmoqlarini tayyorlab qoʻyish va ularni ishlatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumdavlat vazifalarini hal etish uchun telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning milliy dasturlarini amalga oshirishda litsenziatning ishtirok etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yongʻinga qarshi xavfsizlik va sanoat sanitariyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar tarmoqlari, inshootlari va obyektlarini loyihalash va qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatni boshlash va xizmatlar koʻrsatish shartlari va muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operativ-texnik boshqaruv tizimi bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalanadigan faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni litsenziyalovchi va nazorat qiluvchi organga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar va afzalliklar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish uchun Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtish.
(31-bandning yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — yuridik shaxs shtatida telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish boʻyicha kamida besh yil ish stajiga, oliy texnik maʼlumotga ega boʻlgan kamida uch nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish meʼyorlari va normalariga, idoraviy texnik loyihalashtirish meʼyorlariga rioya qilish;
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan yigirma oltinchi va yigirma yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 18-son, 223-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi litsenziyalarda qoʻshimcha ravishda quyidagi majburiy talablar va shartlar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlar tomonidan qishloq joylardagi, aholi siyrak va borish qiyin boʻlgan tumanlardagi foydalanuvchilar uchun majburiy ravishda koʻrsatiladigan xizmatlarning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tariflar boʻyicha, shu jumladan qishloq joylarda, aholi siyrak va borish qiyin boʻlgan tumanlarda universal xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga adolatlilik va kamsitmaslik asosida ruxsat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish rejasi prognozi (belgilangan hududni qamrab olish, uzatuvchi apparat quvvatini va abonentlar sonini koʻpaytirish va boshqalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talablari va shartlari faoliyatning litsenziyalanayotgan turining xususiyatiga qarab boshqa maʼlumot, talab va shartlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni qayta rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi va litsenziat yigʻimlar va davlat bojlarining belgilangan miqdorida tegishlicha haq toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish ilgari berilgan litsenziya blankasiga maxsus belgi qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda litsenziya shartnomasining amal qilish muddati oʻz-oʻzidan xuddi shu muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga olib kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Litsenziat – yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan oʻrni (pochta manzili) oʻzgargan hollarda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan soʻng bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali, ular olingani haqidagi tasdiqni olgan holda, yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani olgan kundan boshlab besh kun ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziya daʼvogarining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Davlat bojini toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Litsenziya berganlik va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat boji litsenziyani olish bilan bir vaqtda yoxud har yili teng ulushlarda toʻlanadi, uning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarni berganlik uchun davlat boji litsenziyalovchi organning maxsus hisob-kitob raqamiga oʻtkaziladi va ular quyidagicha taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50 foizi – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va ulardan qishloq joylarda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish va universal xizmatlar koʻrsatishda koʻrilgan zararlarni qoplash uchun foydalaniladi;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 foizi – telekommunikatsiyalar sohasidagi nazorat organini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30 foizi – davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qonun hujjatlariga muvofiq pochta va telekommunikatsiyalarning xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — nazorat qiluvchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Nazorat qiluvchi organ oʻz vakolati doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlar litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiruvlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan guvohlik beruvchi faktlar mavjud boʻlgan hollarda, litsenziat litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiruvlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur maʼlumotlarni talab qilish va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiruvlar natijalari, Telekommunikatsiyalar sohasida tegishli faoliyat turlari boʻyicha ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosalari asosida litsenziat yoʻl qoʻygan litsenziya talablari va shartlarining aniq qoidabuzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
(44-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, shu jumladan Telekommunikatsiyalar sohasida tegishli faoliyat turlari boʻyicha ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasi asosida bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
(44-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi taklifni litsenziyalovchi organning koʻrib chiqishi uchun taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilishlariga yoʻl qoʻyilganligini aniqlashgan taqdirda oʻz vakolatlari doirasida litsenziya bergan litsenziyalovchi organga aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabar qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini quyidagi hollarda oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishi mumkin:
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda, shu jumladan, telekoʻrsatuv, radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish uchun Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi davlat roʻyxatidan oʻtgan muddat tugaganda;
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qiluvchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi yozma koʻrsatmalari litsenziat tomonidan bajarilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Litsenziyani toʻxtatib turish uchun asoslar aniqlanganda litsenziyalovchi yoki nazorat qiluvchi organ qoidabuzilishlarini bartaraf etish uchun litsenziatga yozma koʻrsatma beradi. Agar litsenziat yozma koʻrsatma olgandan soʻng belgilangan muddat mobaynida qoidabuzilishlarni bartaraf etmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga yoki litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi, toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yozma shaklda, asosli sababi koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziat bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turgan litsenziyalovchi organ koʻrsatib oʻtilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan boshlab oʻn kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisidagi qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
(48-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan vaqtdan boshlab yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
(49-bandning toʻrtinchi-beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi yoki nazorat qiluvchi organ yoxud sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
(49-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga zidligi aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilish muddati toʻxtatilganda.
(49-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi ushbu bandning toʻrtinchi—oltinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga koʻra, boshqa hollarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga koʻra toʻxtatiladi.
(49-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yozma shaklda, asosli sababi koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab oʻn kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab toʻxtatiladi.
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan holatda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatning arizasi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya ushbu bandning toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga koʻra, boshqa hollarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga koʻra bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yozma shaklda, asosli sababi koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror litsenziat tomonidan olingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida litsenziya litsenziyalovchi organga va yoʻq qilish uchun qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Litsenziyalovchi organning bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XI. Litsenziyalar reyestrini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Litsenziyalovchi organ faoliyatning har bir turi uchun alohida litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat – yuridik shaxsning nomi va uning joylashgan oʻrni (pochta manzili);
(55-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telefon (faks) raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankdagi hisob raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash asoslari va sanalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XII. Litsenziyalovchi va nazorat qiluvchi organning qarorlari ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Litsenziyalovchi organning qarori ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qiluvchi organning qarori ustidan litsenziyalovchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida Nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎‎‎Oʻzbekiston pochta va ‎
telekommunikatsiyalar agentligi

‎‎____________________________________________________________ ni amalga oshirish
‎ (faoliyat turi yoki faoliyat qismining nomi)


‎‎‎huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun
‎ Ariza ‎

‎‎1. Arizachi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli
‎‎___________________________________________________________________
‎‎‎‎___________________________________________________________________
‎‎
‎‎2. Faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish muddati‎
‎‎___________________________________________________________________
‎‎3. Bankning nomi ______________________________________________________________
‎‎Bank hisob raqami _____________________________________________________________
‎‎FA (filiallararo aylanmalar)
‎‎4. Pochta manzili ‎
‎‎5. Telefon ________________________________, faks______________________________
‎‎6. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati:‎
6.1. ‎
6.2. ‎



‎M.Oʻ.‎
‎‎


‎Rahbar
‎_____________________________
‎‎(F.I.O.)
‎_____________________________
‎(sana)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida Nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida Nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

‎O'ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH
‎AGENTLIGI ‎

LITSENZIYA
‎LITSENZIYA

‎RT №

RESPUBLIKA UZBEKISTAN ‎
‎‎
‎UZBEKSKOYE AGENTSTVO SVYAZI I INFORMATIZATSII

‎‎Litsenziya turi ________________________________________________
Vid litsenzii ‎
‎‎Berilgan sana ‎‎ ________________________________________________________________‎
Data vidachi ‎
‎‎Litsenziyaning amal qilish muddati: ___________________ dan ____________________gacha
‎‎Srok deystviya litsenzii ________________s ___________ po ________________________‎‎
‎‎Litsenziyatning nomi ___________________________________________________________
Naimenovaniye Litsenziata ‎‎


‎‎‎USHBU LITSENZIYA BILAN FAOLIAT KORSATISHGA RUXSAT ETILADI:

‎‎ NASTOYASHEY LITSENZIYEY RAZRESHENO OSUSHESTVLYAT
‎DEYATELNOST: ‎‎

__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________‎‎‎


‎‎‎ILOVA QILINGAN LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARIGA MUVOFIQ

‎V SOOTVETSTVII S PRILAGAYEMIMI LITSENZIONNIMI
‎ TREBOVANIYAMI I USLOVIYAMI
‎‎

M. O'.‎ Rahbarning imzosi: ‎
M. P. ‎ Podpis rukovoditelya‎
‎‎Litsenziyaning amal qilish muddati: ________________ dan ________________gacha uzaytirildi
‎Srok deystviya litsenzii prodlen: s _______________ po ____________________________

‎M. O'.‎‎

‎Rahbarning imzosi: ‎‎
M. P. ‎‎ Podpis rukovoditelya‎‎
‎‎Litsenziyaning amal qilish muddati: __________________ dan ______________gacha uzaytirildi
‎ Srok deystviya litsenzii prodlen: s ________________ po ___________________________
‎M. O'.‎‎‎ ‎Rahbarning imzosi: ‎‎‎
M. P. ‎‎ Podpis rukovoditelya‎‎ ‎‎


‎‎‎(Ilova qilingan litsensya talablari va shartlari mazkur litsenzyaning ajralmas qismidir)

‎ (Prilagayemie litsenzionnie trebovaniya i usloviya yavlyayutsya neotyemlemoy chastyu nastoyashey litsenzii) ‎‎

‎__________________‎

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 190-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga ilova eslatmasi birinchi xat boshining pochta va telekommunikatsiyalarga oid qismi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997y., 2-son, 6-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 7-bandining uchinchi xat boshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998y., 7-son, 26-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2001-yil 1-yanvardan boshlab teleradiodasturlarni tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va maʼlumotlarni uzatish uchun litsenziyalar besh yil muddatga beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida Nizomning II boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994y., 4-son, 23-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997y., 8-son, 30-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 19-avgustdagi 354-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998y., 8-son, 30-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qaroriga ilova II boʻlimining 2-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda; 2002-y., 17-18-son, 139-modda; 2003-y., 17-18-son, 158-modda; 2004-y., 19-son, 220-modda; 2005-y., 27-son, 190-modda, 32-33-son, 255-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2009-y., 18-son, 223-modda; 2011-y., 49-son, 501-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda, 52-son, 587-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)