13.08.2018 yildagi 648-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini toʻliq shakllantirish va unga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy ahamiyatga ega tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablagʻlaridan 2018-yilda 16,0 milliard soʻm ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma Kengashi tomonidan unga yuklangan vazifalar doirasida Jamgʻarmaning rejalashtirilgan loyihalarini amalga oshirish uchun Jamgʻarmaning 2018-yilgi daromadlari va xarajatlari prognozi, shtatlar jadvali hamda 2018-yilda Jamgʻarmaning ijrochi direksiyasini va “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasini joriy taʼminlash boʻyicha xarajatlar smetasi, shuningdek, Jamgʻarmaning ijrochi direksiyasi va “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xodimlari mehnatiga xaq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish sharoitlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 485-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamgʻarmaning ijrochi direksiyasi ajratilayotgan mablagʻlarning Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy rioya etgan holda samarali va maqsadli sarflanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Sayfullayev B.S. zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 13-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
648-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 485-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 09/18/648/1698-son)