06.08.2018 yildagi 621-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi” faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi boʻlgan milliy maqom sanʼatining qadimiy va oʻrta asrlardagi tarixi, zamonaviy ijodiy anʼanalari, asrlar davomida mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan noyob sanʼat namunalarini muzey ekspozitsiyasi orqali xalqaro miqyosda keng targʻib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi va Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi”ni (keyingi oʻrinlarda muzey deb ataladi) Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyining filiali sifatida tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri, Ipak yoʻli koʻchasi, 3-uy manzilida joylashgan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar madaniyat boʻlimi huzuridagi Madaniyat va aholi dam olish markazi (keyingi oʻrinlarda markaz deb ataladi) binosining 1278,0 kv.m maydonga teng hududini muzeyni joylashtirish uchun Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar muzey faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqom sanʼatiga oid muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, aniqlash, toʻplash, oʻrganish va ularni eʼlon qilish, shuningdek, madaniy, maʼrifiy, ilmiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqom sanʼati va tarixiga oid xalqimizning boy madaniy merosi, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan ijobiy ishlar va erishilgan yutuqlarni keng targʻib etishga qaratilgan muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqom sanʼatining rivojlanish bosqichlari, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va anʼanalar, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini avaylab-asrash, oʻrganish, boyitib borish, mamlakat fuqarolariga namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga tanitish va targʻib etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzey ekspozitsiyalari orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, gʻurur va iftixor, Vatanga sadoqat, muhabbat tuygʻularini tarbiyalash va kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzbek maqom sanʼati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining fondini yaratish hamda muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini kuchaytirish va uning natijalarini eʼlon qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sayohatchilarni maqom sanʼati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy oʻzlikni anglash tuygʻusi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzey ekspozitsiyasini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, noananaviy ekspozitsiyalar yaratish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, chet el muzeylari bilan koʻrgazmalar tashkil etish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mumtoz musiqa merosimiz namunalari notalarini yigʻish, maqom sanʼatining tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bogʻliq jihatlarini chuqur oʻrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markaz va muzey binosini kapital taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, muzey ekspozitsiyasini yaratish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi etib — Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlari etib — belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha gʻoliblar belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz va muzey binosini kapital taʼmirlash va Markazni jihozlash — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlaridan Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan, jumladan, pudratchi tashkilotiga, istisno tariqasida, bir yoʻla oʻtkaziladigan 50 foiz miqdorida boʻnak mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzeyni jihozlash, muzey ekspozitsiyasini yaratish hamda eskiz va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzeyni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Qashqadaryo viloyatining 2018-yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2019-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etilayotgan muzeyning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyi toʻgʻrisida yangilangan nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muzey konsepsiyasi asosida ekspozitsiya yaratish uchun maqom sanʼatiga oid hujjatlar, kino, fono-, fotomateriallar va muzey ashyolari bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzeyning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda maqom sanʼatiga oid milliy merosimiz, qadimiy tariximiz va madaniyatimizni targʻib qilish maqsadida muzeyga xorijiy sayyohlarni keng jalb etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi muzeyning loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda qurilish-montaj ishlari ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga muzey faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Roʻziyev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 6-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
621-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-avgustdagi 621-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 3-ilovaning “Yangi qurilish” boʻlimi 2-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2020 — 2022-yillar” soʻzlari “2019-2020-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 4-ilovaning 23-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

23.

Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyi va uning filiali:

Shahrisabz tumani

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi “Maqom muzeyi”

Shahrisabz shahri

.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/621/1633-son)