Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.05.2020 04.02.1992 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.05.2020
Hujjat 04.02.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA HAVO TRANSPORTINI BOShQARISh TIZIMI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston milliy aviokompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-yanvardagi Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika, davlatlararo va xalqaro aviayoʻllar boʻyicha aviatsiya orqali tashuvlarni tashkil etish, aholining va respublika xalq xoʻjaligining ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, Fuqaro aviatsiyasining 243-zavodi, “Aviastroy” qurilish-montaj birlashmasining “Aviaspetsmontajnaladka” xoʻjalik hisobidagi uchastkasi negizida Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi fuqaro aviatsiyasi masalalari boʻyicha davlat boshqaruv organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transporti sohasidagi siyosatni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va amalga oshirishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining ilova qilinayotgan Ustavi va uning tashkiliy tuzilishi ilovaga muvofiq; tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi apparatining eng koʻp xodimlari soni 120 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sonini hisobga olmasdan) iborat qilib belgilansin, ular tasarrufidagi korxonalar va tuzilma birliklari ajratgan mablagʻlar hisobiga saqlansin. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasiga aviakompaniya bosh direktorining 6 nafar oʻrinbosari boʻlishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 4-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-son

Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining

USTAVI

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (bundan keyin matnda Aviakompaniya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻidan fuqaro havo transporti maqsadlarida foydalanuvchi, shuningdek, xalqaro havo aloqalarini amalga oshiruvchi, Oʻzbekiston Respublikasining asosiy yuk tashuvchisi hisoblanadi. Aviakompaniya samoletlarida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi aks etgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aviakompaniya Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi negizida tuzilgan va uning vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Aviakompaniya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Ustavga, shuningdek, Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasining normativ aktlariga, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan darajada, amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Aviakompaniya yuridik shaxs boʻlib hisoblanadi, emblemaga, burchakli tamgʻa, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi aks etgan hamda oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Aviakompaniya xoʻjalik hisobi, oʻzini oʻzi moliyaviy taʼminlash va oʻz xarajatlarini oʻz.i qoplash prinsiplarida ishlaydi. Aviakompaniya asosiy va oborot mablagʻlariga, mustaqil va yigʻma balansga, Oʻzbekiston Respublikasi va chet ellardagi bank muassasalarida hisob-kitob schyotlariga va boshqa schyotlarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Aviakompaniya birlashma maqomiga ega boʻlib, huquqiy shaxs huquqlariga ega boʻlgan tuzilma birliklaridan va aviatuzatish korxonasidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Aviakompannya Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan boʻlib, manzilgohi quyidagichadir: 700061, Toshkent shahri. Proletar koʻchasi, 41.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Aviakompaniyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transporti sohasidagi siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika, davlatlararo va xalqaro aviayoʻllarda avia tashuvlarga, shu bilan bogʻliq xizmatlarga, xalq xoʻjaligida aviatsiyadan foydalanib ishlashga va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi faoliyatning boshqa turlariga boʻlgan ehtiyojni qondirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilma birliklari, ajralib chiqqan korxonalar va boshqa foydalanuvchilar tomonidan aviatsiya ishlarini bajarishda va havo kemalaridan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash ustidan davlat nazorati oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi havo boʻshligʻidan fuqaro aviatsiyasi maqsadlarida foydalanishni boshqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qoidalarga rioya etishni nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashishning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan hamjihatlikda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilma birliklari hamda havo kemalari va aeroportlardan (aerodromlardan) boshqa foydalanuvchilarning, Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaro havo kemalarining uchishini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa xizmatlar va ishlarni bajaruvchilarning sertifikatsiyalash va ruxsatnomalarga talabnomalarini koʻrib chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Asosiy funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishlab chiqarish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni, ilgʻor tajribani, xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining andazalari va tavsiyalarini amaliy faoliyatga jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parvozlarning xavfsizligini va doimiyligini taʼminlash, havo kemalarini, yerdagi texnikani, aerodromlarni, navigatsiya, aloqa va qoʻndirish vositalarini uchishda va texnikaviy ekspluatatsiya qilishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika, respublikalararo va xalqaro yoʻllarda parvozlarni meteorologik taʼminlash organlari bilan hamkorlik, parvozlarni meteorologik taʼminlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parvozlarni aloqa, radionavigatsiya va yoritish-texnika vositalari bilan taʼminlash, ularning ishini nazorat qilishni amalga oshirish, zarur radiolokatsiya, radionavigatsiya, aloqa vositalarini va boshqa texnika vositalarini joriy qilish. Parvozlarni radionavigatsiya axboroti bilan, shu jumladan, xorijda chiqadigan axborot bilan taʼminlash; shartnoma shartlari asosida va ularga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi havo boʻshligʻida xorijiy havo kemalarining uchishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan javobgarlik doirasida havo yoʻllari harakatini boshqarishni taʼminlash. Havo yoʻllari harakatini boshqarishda parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erdagi texnika vositalaridan yuksak samarali foydalanish na aviatsiya texnikasiga tijorat asosida xizmat koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchilar, injener-texnik xodimlar va boshqa mutaxassislarning professional tayyorgarligi yuqori darajada boʻlishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz havo kemalariga, shartnoma shartlari asoslarida va unga muvofiq, boshqa huquqiy shaxslarga tegishli havo kemalariga, shuningdek, xorijiy aviakorxonalarning havo kemalariga yuqori sifatli texnik va boshqa xizmatlar koʻrsatishni taʼminlash,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aviatashuvlarni statistik hisobga olishni amalga oshirish, ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatni iqtisodiy tahlil qilish, parvozlarning soni va yangi havo yoʻllarini, shu jumladan, xalqaro havo yoʻllarini ochish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash, tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarning talabnomalariga koʻra reysdan tashqari parvozlarni va xorijiy aviakompaniyalarning reysdan tashqari uchgan samolyotlariga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar va tuzilma boʻlinmalarining moddiy-texnika taʼminoti, moddiy resurslar fondlarini ishlatish, ehtiyot qismlar, materiallar, xomashyo, yoqilgʻi va elektr energiyasining toʻgʻri saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aviakompaniyaning chet ellardagi vakolatxonalarida va aralash firmalarida, qoʻshma korxonalar direksiyalarida ishlash uchun kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, shuningdek, ularni Aviakompaniya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma shartlari asosida va ularga muvofiq qoʻshimcha xalqaro barter reyslarini bajarishni rejalashtirishni va tashkil etishni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tijorat va huquqiy:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
samolyot-motor parkidan, aeroportlardan, yerdagi texnikadan, binolar va inshootlardan samarali foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aviatashuvlar, xizmatlar bilan bogʻliq boshqa aviatsiya faoliyati bilan bogʻliq huquqiy, tijorat, valyuta-moliya va reklama ishini tashkil etish hamda buning uchun zarur boʻlgan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi aviatsiya texnikasi sotib olish (ijaraga olish) yerdagi infratuzilmalarni yangilash, aeroportlar qurish boʻyicha koʻproq sarmoya ketadigan loyihalarni moliyaviy taʼminlash uchun investitsiya fondini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aviakompaniyaning chet ellardagi vakolatxonalari faoliyatini ularning tijorat ishining valyuta samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etish va boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining aeroportlarida oʻz havo kemalariga shartnomalar va bitimlar shartlari asosida va ularga muvofiq boshqa yuridik shaxslarning havo kemalariga, shuningdek, xorijiy aviakompampaniyalarning havo kemalariga yuqori samarali tijorat asosida xizmat koʻrsatishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha turlarini rivojlantirish va aviatsiya xizmatlari eksportini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz hududi doirasida Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning tashqarisida ham korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamiyatlar va boshqa shaxslar bilan bitishuvlar va boshqa huquqiy, shu jumladan, kredit va veksel hujjatlarini imzolash, ular oldida, sudlarda, hakamlik sudlarida daʼvogar va javobgar boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aviakompaniya oʻz huquqi doirasiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari bilan bevosita aloqalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida va chet ellarda oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda zarur boʻlimlar, filiallar, vakolatxonalar, agentliklar ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyati Aviakompaniyaning vazifalariga muvofiq keluvchi xalqaro aviatsiya tashkilotlari ishida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan, xorijiy shaxslar bilan tijorat, valyuta-moliya. texnikaviy bitimlar va boshqa bitimlar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari normalariga rioya qilishni va ularning toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash, havo yoʻllari toʻgʻrisida, hukumatlararo bitimlarni, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi masalalari boʻyicha xalqaro konvensiyalarning Aviakompaniyaga tegishli qismini bajarishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy aviakompaniyalar, ham chet eldagi, ham Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sayohatchilar firmalari va boshqa tashkilotlari bilan tijorat hamkorligini kengaytirish, zarur aloqalarni oʻrnatish va qoʻllab-quvvatlash, rasmiy tadbirlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan, tartibda qoʻshma korxonalar tashkil etish va qoʻshma korxonalar faoliyatida xorijiy sheriklar bilan birga ularning taʼsischisi sifatida ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mulkiy-moliyaviy:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aviatashishlar, havo kemalariga tijorat va texnika xizmati koʻrsatish va boshqa xizmatlar sohasida Aviakompaniyaning majburiyatlari va talablari boʻyicha xorijiy firmalar, tashkilotlar, aviakompaniyalar bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa respublikalarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlari bilan chet el valyutasida moliyaviy hisob-kitoblar yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning tashqarisida ham oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish binolari va boshqa binolarni, shuningdek, har xil koʻchirib boʻladigan va koʻchirib boʻlmaydigan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qurish, sotib olish, ekspluatatsiya qilish va ijaraga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa respublikalar fuqaro aviatsiyasining boshqarmalari, birlashmalari va korxonalari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining barcha aeroportlarida hisob-kitoblarning holatini va samolyotlarga xizmat koʻrsatish xarajatlarini toʻlash talablarini taqdim etishning toʻlaligini nazorat qilishni amalga oshirish, koʻrsatilgan xizmatlar uchun xorijiy aviakompaniyalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining korxonalari, muassasalari, tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati boʻyicha statistika hisobotlari, yigʻma buxgalteriya hisobotlari va balanslarni belgilangan muddatlarda tuzish va taqdim etish, ajralib chiqqan korxonalar va tarbiyaviy boʻlinmalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini belgilangan muddatlarda taftish qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaro aviatsiyasi sohasidagi shartnomalar va bitimlarni, bozor konyunkturasini va foyda olishda manfaatdorlikni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham aviatashishlarni sotish hamda korxonalar, firmalar, tashkilotlar va fuqarolarga xizmat koʻrsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Mol-mulki va mablagʻlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Aviakompaniyaning strukturasiga kiruvchi hamda uning balansida oʻz ifodasini topuvchi asosiy fondlar va oborot mablagʻlar Aviakompaniyaning mulkini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat boshqaruv organi boʻlgan Aviakompaniyaga davlat mulkini boshqarish huquqi berilgan. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik aktlari va mazkur Ustavga muvofiq Aviakompaniyaning mol-mulki toʻliq xoʻjalik egaligi qilish huquqi bilan unga tegishli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagilar Aviakompaniyaning mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda xarid qilingan qimmatbaho qogʻozlardan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan ajratilgan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aviakompaniyaning qoʻshma korxonalarda qatnashishidan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ishlar va xizmatlarni bajarishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik aktlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan belgilangan budjetga soliqlar toʻlashdan keyin qolgan foydani taqsimlash Aviakompaniya Kengashi huquq doirasiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Aviakompaniyaning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Aviakompaniya amaldagi strukturaga, shtat jadvaliga va haq toʻlash tizimiga Aviakompaniya Kengashining qarori bilan oʻzgartishlar kiritish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Aviakompaniya yagona korxona hisoblanadi, biroq ishlab chiqarishning texnologik toʻliq sikllarini bajarish uchun alohida korxonalar tashkil etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Aviakompaniya oʻziga qarashli binolar, inshootlar, asbob uskunalar, transport vositalari, inventar, xomashyo va boshqa moddiy boyliklarni sotish, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berish, ayirboshlash, ijaraga berish, bepul vaqtincha foydalanishga yoki qarzga berish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ularni balansdan chiqarish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Aviakompaniya Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qimmatbaho qogʻozlarni chiqarish va sotish yoʻli bilan ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, jamoani ijtimoiy rivojlantirish maqsadida yuridik shaxslar va fuqarolarning pul mablagʻlarini jalb qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Aviakompaniya ishlab chiqarishni rivojlantirish va iqtisodiy rivojlantirish uchun bank muassasalarining, shu jumladan, xorijiy bank muassasalarining kreditlaridan, ularni belgilangan tartibda toʻlagan holda, foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Aviakompaniyaning javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Aviakompaniya shartnoma majburiyatlarini, kredit-hisob-kitob va soliq intizomini, xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida va tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan toʻliq mulkiy javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Aviakompaniyani boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Aviakompaniyaning yuqori rahbar organi uning Kengashi hisoblanadi Kengashga Aviakompaniya Kengashi raisi boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Aviakompaniya Kengashining faoliyati Aviakompaniya Kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Aviakompaniya Kengashi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Aviakompaniya faoliyatini boshqarishni Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tayinlanadigan Aviakompaniyaning bosh direktori amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aviakompaniyaning bosh direktori lavozimi boʻyicha Aviakompaniya Kengashining raisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Aviakompaniyaning bosh direktori Aviakompaniyaning ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun direksiya va uni taʼminlash uchun apparat tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Direktorlar Ustavga muvofiq va Aviakompaniya Kengashi va bosh direktor rahbarligida oʻzlarining huquq doiralariga kiruvchi barcha joriy ishlab chiqarish faoliyati masalalari boʻyicha qarorlar chiqaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Direktorlar oʻz faoliyatlarini oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish maqsadida mustahkam hamkorlikda amalga oshiradilar. Ular Aviakompaniya Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini taʼminlashlari kerak
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Direktorlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxona xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish huquqga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Aviakompaniya faoliyatiga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha qarorlar Kengash tomonidan qabul qilinadi va Aviakompaniya bosh direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Aviakompaniya faoliyatini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Aviakompaniyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini kompleks taftish qilish, shuningdek, uning faoliyati ayrim jihatlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda unga vakil qilingan organlar hamda Aviokompaniya taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Aviakompaniya faoliyatini toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Aviakompaniya faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil
4-fevraldagi 44-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAShKILIY TUZILIShI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aviatuzatish zavodi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarkibiy boʻlinmalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchish kompleksi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhandislik-aviatsiya kompleksi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchilar tashishni sotish va bronlashtirish kompleksi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Radiotexnika taʼminoti kompleksi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzagronavigatsiya” havo harakatini boshqarish kompleksi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzaviatexsnabtorg” moddiy-texnika taʼminoti kompleksi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-mashq qilish markazi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarmoq axborot-hisoblash markazi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tajriba-eksperiment joriy etish markazi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuzatish-qurilish boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Andijon aeroporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro aeroporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻqon aeroporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navoiy aeroporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan aeroporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nukus aeroporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand aeroporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sergeli aeroporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent aeroporti
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Termiz aeroporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urganch aeroporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona aeroporti