Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZAGROMAShSERVIS” UYuShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 17-noyabrdagi PF–4857-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 16-noyabrdagi PQ–2658-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzqishloqxoʻjalik-taʼminot tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasini “Oʻzagromashservis” uyushmasi etib oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2000-yil 31-oktabrdagi PF-2741-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzagromashservis” uyushmasi muassislari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq, shuningdek, uyushmaning tashkiliy tuzilmasi va ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining “Oʻzagromashservis” uyushmasi tarkibiga kirmagan 4-ilovaga muvofiq qurilish va boshqa korxonalari mahalliy hokimliklar tasarrufiga berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 4-ilovada koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan bundan buyon amalda foydalanishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqsinlar.
2. “Oʻzagromashservis” uyushmasi ijro etuvchi apparati xodimlari cheklangan sonining 45 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat boʻlishiga rozilik berilsin. “Oʻzagromashservis” uyushmasi raisining bir nafar oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzagromashservis” uyushmasi boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosari muassislarning umumiy majlisida saylanadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tasdiqlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzagromashservis” uyushmasi boshqaruvi raisiga zarurat boʻlganda uyushma ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Uyushma boshqaruvi raisi maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
3. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 31-oktabrdagi PF-2741-son Farmoniga muvofiq mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan “Agromashservis” aksiyadorlik jamiyatlarining Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar birlashmalari, shuningdek “Maxsustaʼmirlashsozlash” respublika ishlab chiqarish birlashmasi belgilangan tartibda tugatiladi;
uyushmaning ijro etuvchi apparati taʼminoti mashina-traktor parklari hududiy birlashmalarining, uyushma muassislari boʻlgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobiga shartnoma asosida, shuningdek oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Quyidagilarga:
“Agrotextaʼmir” birlashmasi tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan taʼmirlash korxonalari roʻyxatiga 5-ilovaga muvofiq;
mashina-traktor parklari hududiy birlashmasi va davlat aksiyadorlik mashina-traktor parki ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmalariga 6 va 7-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Mashina-traktor parklari Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar birlashmalari rahbarlari belgilangan tartibda aksiyadorlar majlislarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda saylanadilar.
5. Belgilansinki, mashina-traktor parklari hududiy birlashmalarining ustav jamgʻarmasi ularga:
tugatilayotgan “Agromashservis” aksiyadorlik jamiyatlari Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar birlashmalari mulkini berish;
mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining ular ustav jamgʻarmasining 10 foizigacha miqdordagi davlatga tegishli aksiyalarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari qolgan paketlarining joylashtirilmagan qismini berish yoʻli bilan shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari aksiyalarining 51 foizi davlat ixtiyorida qoladi, 10 foizgachasi — mehnat jamoalariga sotiladi, qolgan qismi esa erkin ravishda, shu jumladan xorijiy investorlarga sotiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 2000-yil 1-dekabrgacha:
mashina-traktor parklari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini mashina-traktor parklari hududiy birlashmalariga ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda berishni amalga oshirsin;
“Oʻzagromashservis” uyushmasi bilan birgalikda “Oʻzagromashservis” uyushmasi, mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari, “Mashina-traktor parki” davlat-aksiyadorlik jamiyati ustavlarini belgilangan tartibda ishlab chiqishni va tasdiqlashni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzagromashservis” uyushmasining:
aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha 1998-1999-yillar uchun hisoblab yozilgan va mashina-traktor parklari tomonidan toʻlanmagan 647,7 mln soʻm miqdoridagi dividendlarni;
mashina-traktor parklari va ular hududiy birlashmalari aksiyalarining davlat ulushi boʻyicha 2000-2004-yillar uchun hisoblab yoziladigan dividendlarni import qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olish uchun jalb etilgan xorijiy kreditlarni toʻlashga maqsadli yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzagromashservis” uyushmasi korxonalari va tashkilotlariga qarashli ijtimoiy infratuzilma obyektlarining 2001-yil 1-yanvardagi holati boʻyicha tuman (shahar)lar hokimliklari balansiga qabul qilib olinishini 2001-yil 1-iyulgacha taʼminlasinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 28-apreldagi 172-son qarorining qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilishga doir qismining amal qilishi mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari tarkibiga kiruvchi taʼmirlash zavodlariga tatbiq etilsin.
12. “Oʻzagromashservis” uyushmasi apparati Toshkent shahar, Abay koʻchasidagi 4 “A”-uyga joylashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi mazkur binoni belgilangan tartibda “Oʻzagromashservis” uyushmasiga sotsinlar.
Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasida oʻrnatilgan barcha aloqa turlarini “Oʻzagromashservis” uyushmasida qoldirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 9-noyabr,
438-son
“Oʻzagromashservis” uyushmasi muassislari
ROʻYXATI
1.Mashina-traktor parklari Qoraqalpogʻiston respublika birlashmasi AJ
2.Mashina-traktor parklari Andijon viloyati birlashmasi AJ
3.Mashina-traktor parklari Buxoro viloyati birlashmasi AJ
4.Mashina-traktor parklari Jizzax viloyati birlashmasi AJ
5.Mashina-traktor parklari Qashqadaryo viloyati birlashmasi AJ
6.Mashina-traktor parklari Navoiy viloyati birlashmasi AJ
7.Mashina-traktor parklari Namangan viloyati birlashmasi AJ
8.Mashina-traktor parklari Samarqand viloyati birlashmasi AJ
9.Mashina-traktor parklari Surxondaryo viloyati birlashmasi AJ
10.Mashina-traktor parklari Sirdaryo viloyati birlashmasi AJ
11.Mashina-traktor parklari Toshkent viloyati birlashmasi AJ
12.Mashina-traktor parklari Fargʻona viloyati birlashmasi AJ
13.Mashina-traktor parklari Xorazm viloyati birlashmasi AJ
14. “Taʼminotchi-Xizmatchi” AJ
15. “Agrotaʼminot-B.S” AJ
16. “Ozodlik” AJ
17. “Taʼminotchi-Paxta” AJ
18.Oʻzbekiston davlat qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazi
Keyingi tahrirga qarang.
19. “Agrotextaʼmir” birlashmasi
“Oʻzagromashservis” uyushmasining tashkiliy
TUZILMASI
“Oʻzagromashservis” uyushmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining mahalliy hokimliklar ixtiyoriga beriladigan qurilish va boshqa korxonalari
ROʻYXATI
| № p/p |
Korxonalar va tashkilotlarning roʻyxati |
Manzil |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ||
| 1 | “Agromashservis” jamoa korxonasi | Nukus sh. |
| 2 | “Qoraoʻzak “Raytexsharuaservis” jamoa korxonasi | Qoraoʻzak tumani |
| 3 | “Tiyoqli” jamoa korxonasi | Xoʻjayli tumani |
| Andijon viloyati | ||
| 1 | “Andijonjivmexservis” OAJ | Buloqboshi tumani |
| 2 | “Madad” masʼuliyati cheklangan jamiyat | Oltinkoʻl tumani |
| 3 | “Agrosavdo” ixtisoslashtirilgan doʻkonlar uyushmasi | Andijon sh. |
| Buxoro viloyati | ||
| 1 | “Buxoro-quruvchi” AJ | Buxoro tumani |
| 2 | “Chorbakir ishlab chiqarishi” AJ | Buxoro tumani |
| 3 | “Chorbakir” AJ | Buxoro tumani |
| 4 | “Qurilish-montaj sozlash boshqarmasi” jamoa korxonasi | Buxoro sh. |
| Jizzax viloyati | ||
| 1 | “Jizzax xoʻjalik hisobidagi qurilish korxonasi” AJ | Jizzax sh. |
| 2 | “Namangan” jamoa korxonasi | Arnasoy tumani |
| Qashqadaryo viloyati | ||
| 1 | “Gʻuzor-Avtomobilchi” AJ | Gʻuzor tumani |
| 2 | “Gʻuzor-Avtotaʼmir” AJ | Gʻuzor tumani |
| 3 | “Gʻuzor-Taʼminotchi” AJ | Gʻuzor tumani |
| 4 | “Agregat” jamoa korxonasi | Qarshi sh. |
| 5 | “Qarshi-TChS” AJ | Qarshi sh. |
| 6 | “Agroimpeks” AJ | Shahrisabz tumani |
| 7 | “Shahrisabz-TChS” AJ | Shahrisabz tumani |
| 8 | “Avtomobilchi” AJ | Shahrisabz tumani |
| 9 | “Chiroqchi-2 TChS” AJ | Chiroqchi tumani |
| 10 | “Yakkabogʻ TChS” | Yakkabogʻ tumani |
| Navoiy viloyati | ||
| 1 | “Qiziltepa-Navroʻz” OTAJ | Qiziltepa tumani |
| 2 | “Sayxun” AJ | Konimex tumani |
| Namangan viloyati | ||
| 1 | “Avtotransport korxona” OTAJ | Toʻraqoʻrgʻon tumani |
| 2 | “Ixtisoslashgan koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna” OTAJ | Uychi tumani |
| 3 | “Namangan KMK” AJ | Namangan sh. |
| Samarqand viloyati | ||
| 1 | “Narpay KMK” jamoa korxonasi | Narpay tumani |
| 2 | “Bulungʻur KMK” jamoa korxonasi | Bulungur tumani |
| 3 | “Kattaqoʻ�gʻon KMK” jamoa korxonasi | Kattaqoʻrgʻon tumani |
| 4 | “Koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna” AJ | Urgut tumani |
| 5 | “Agromashservis” ixtisoslashtirilgan qurilish boshqarmasi OTAJ |
Samarqand tumani |
|
Surxondaryo viloyati | ||
|
1 |
“Shoʻrchi koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” AJ | Shoʻrchi tumani |
| 2 | “Agromashtaʼmirqurilish” AJ | Jarqoʻrgʻon tumani |
| 3 | “Termez” koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi jamoa korxonasi |
Termez shahri |
| 4 | “Sherobod koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” jamoa korxonasi |
Sherabod tumani |
|
Sirdaryo viloyati | ||
| 1 | “Guliston koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” OTAJ | Guliston shahri |
| 2 | “Madadkor” xususiy korxonasi | Sh.Rashidov tumani |
| 3 | “Mustaqillik 5 yilligi tajriba tayanch xoʻjaligi” jamoa korxonasi |
Mirzaobod tumani |
| 4 | “Bunyodkor” AJ | Yangiyer shahri |
| Toshkent viloyati | ||
| 1 | “Boʻka koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” OTAJ | Boʻka tumani |
| 2 | “Shavkat-qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyat | Toshkent shahri |
| Fargʻona viloyati | ||
| 1 | “Agromashservis” Fargʻona viloyati OAJ koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” AJ |
Qoʻqon shahri |
| 2 | “Margʻilon koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” OAJ | Margʻilon shahri |
| Xorazm viloyati | ||
| 1 | “Urganch chorva mexanizatsiyasi” OAJ | Urganch shahri |
| | | |
“Agrotextaʼmir” birlashmasi tarkibiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan taʼmirlash korxonalarining
ROʻYXATI
|
Korxonaning nomlanishi |
Manzil | |
|
1. |
“Gidravlika” AJ | Toshkent viloyati, Oʻrtaovul qoʻrgʻoni |
|
2. |
“Akkummashservis” masʼuliyati cheklangan jamiyat |
Toshkent viloyati, Boʻka shahri |
|
3. |
“Tashtajribataʼmir” AJ | Toshkent shahri |
|
4. |
“Novator” ishlab chiqarish korxonasi | Toshkent shahri |
|
5. |
“Shino taʼmirlash zavodi” AJ | Urganch shahri |
|
6. |
“Agromashtaʼmir” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi |
Toshkent shahri |
| | | |
Mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari ijro etuvchi apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
“Mashina-traktor parki” davlat-aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI