Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QISHLOQNI LIZING SHARTLARIDA QISHLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASI BILAN TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Qishloq xoʻjaligini yuqori samarali zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlashni ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligini, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, qishloqqa yetkazib berilayotgan traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, 2001—2014-yillar mobaynida, eksperiment tariqasida, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi) mashina-traktor parklariga, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar)ga va fermer xoʻjaliklariga ularni quyidagi shartlarda lizingga berish yoʻli bilan yetkazib beriladi.
traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi qiymatining 15 foizi avans sifatida mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi;
traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi qiymatining 85 foizi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan unga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb yuritiladi) qarz asosida beradigan mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 18-iyundagi 123-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 25-26-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
“Oʻzagromashservis” uyushmasi mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari va fermer xoʻjaliklarining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalarida ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
Jamgʻarmaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan moliyaviy manbalar asosida “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalarida qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun oʻz vaqtida avanslar toʻlash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
lizing shartnomalari tuzish va qishloq xoʻjaligi texnikasini mashina-traktor parklariga, qishloq xoʻjaligi kooperativlariga va fermer xoʻjaliklariga lizingga berish;
lizing shartnomalari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasining:
Keyingi tahrirga qarang.
“Paxta-bank” kompaniyaning barcha hisob-kitoblariga moliyaviy xizmat koʻrsatish, lizing oluvchilar bilan tuzilgan lizing shartnomalari boʻyicha, qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan yetkazib berish shartnomalari boʻyicha toʻlovlar va oʻzaro moliyaviy majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifalarini bajaruvchi moliya agenti etib;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi lizingga berilayotgan texnikani sugʻurtalash vazifalarini bajaruvchi sugʻurta agenti etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan, yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga olish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” lizing kompaniyasi mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xoʻjaliklari bilan lizing shartnomalari tuzishda:
Keyingi tahrirga qarang.
lizing oluvchilarga texnikani faqat lizingning butun davri uchun olinayotgan texnika boʻyicha mulkiy tavakkalchiliklar sugʻurta polisi mavjud boʻlgandagina berishni;
lizing kompaniya daromadi (marjasi)ning imtiyozli stavkasi Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori boʻlmasligini;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
lizing muddati 7 yildan iborat boʻlishini nazarda tutsin, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklariga lizingga berish hollari bundan mustasno, ular uchun lizing muddati 10 yilgacha belgilanadi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 18-iyundagi 123-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 25-26-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
lizingga olingan qishloq xoʻjaligi texnikasining buzilishida aybdor boʻlgan lizing oluvchilar belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan darajada javob beradilar;
mashina-traktor parklari hududiy birlashmasi, muqobil mashina-traktor parki, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati), fermer xoʻjaligi tomonidan jadvalda nazarda tutilgan lizing toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda “Paxta-bank” lizing egasining hisob raqamiga soʻzsiz bajarilishi kerak boʻlgan toʻlov talabnomalari qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi umumdavlat va mahalliy soliqlarni toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar qishloqqa qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini toʻldirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha viloyatlar markazlarida “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi filiallari ochilishini taʼminlasin.
9. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmasiga va uning xodimlari cheklangan sonining (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 20 kishidan iborat boʻlishiga rozilik berilsin.
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi boshqaruvi raisi maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirga, rais oʻrinbosari vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi apparatini joylashtirish masalasini bir oy muddatda hal etsin.
Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda xolding kompaniya korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Mazkur chora-tadbirlar:
turar joy va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari balansidan mahalliy hokimiyat organlariga berilishini;
foydalanilmayotgan asbob-uskunalar, binolar, inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar sotilishi yoki konservatsiya qilinishini oʻz ichiga oladi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 172-son qarorining 1 va 2-bandlaridagi “2000-yilda” soʻzlari “2000—2005-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 486-son qaroriga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 2-noyabr,
424-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga olish
Keyingi tahrirga qarang.
TARTIBI
1. Mazkur Tartib “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi)ni lizingga olish mexanizmini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Har yili, 1-oktabrdan kechiktirmasdan, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi “Oʻzagromashservis” uyushmasi mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xoʻjaliklaridan tushgan buyurtmanomalar asosida qishloq xoʻjaligining lizing boʻyicha yetkazib beriladigan texnikaga boʻlgan ehtiyoji prognozini shakllantiradi.
Qishloq xoʻjaligining texnikaga boʻlgan ehtiyoji prognozidan kelib chiqib “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi va “Paxta-bank” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deyiladi)ga traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi ishlab chiqarish, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz hajmlarini hisobga oluvchi kelgusi yil uchun (choraklarga boʻlgan holda) Jamgʻarma mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj prognozini taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikasiga haq toʻlash uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj prognozi asosida Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda kelgusi yilga Jamgʻarma mablagʻlarini toʻldirish uchun zarur boʻlgan resurslarni va ularning manbalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mablagʻ bilan taʼminlashning mavjud manbalarini hisobga olgan holda Jamgʻarma “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga lizing operatsiyalarini oʻtkazish uchun kelgusi davrga ajratiladigan resurslar hajmi uchun kafolat xatlari taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi, Jamgʻarmaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan manbalar asosida “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tizimining qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqaruvchi zavodlariga qishloq xoʻjaligi mashinalari (traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi)ga buyurtmani davrlarga boʻlgan holda joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Buyurtmaga muvofiq “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi kelgusi yil uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma bilan moliyaviy resurslar ajratish uchun shartnoma tuzadi. Bunda lizing boʻyicha daromad (marja) miqdori, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan toʻlanadigan lizing toʻlovlaridan ushlab qolinadigan kompaniya xizmatlari uchun toʻlovlar miqdori kelishib olinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Paxta-bank” bilan moliya agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi bilan sugʻurta agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi oʻzining mintaqaviy filiallari orqali mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xoʻjaliklari bilan traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi lizingi shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing toʻlovlari jadvali (lizing boʻyicha foizlar qoʻshilgan asosiy summa) ilova qilinadi. Bunda shartnomaning bir asl nusxasi “Paxta-bank”ka joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Lizing oluvchilar:
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga lizingga olinadigan texnika qiymatining 15 foizini avans sifatida toʻlaydilar;
oʻz mablagʻlari hisobiga lizingga olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasini “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasida sugʻurta qildiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga texnika qiymatining qolgan 85 foizini va lizing boʻyicha foizlarni 7 yil mobaynida toʻlaydilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklariga lizingga berish hollari bundan mustasno, ular uchun koʻrsatib oʻtilgan muddat 10 yilgacha belgilanadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 18-iyundagi 123-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 25-26-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi pul mablagʻlari ajratish uchun Jamgʻarmaga buyurtmanomalar taqdim etadi. Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamgʻarma uch bank kuni mobaynida pul mablagʻlarini kelgusi davr uchun “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasining “Paxta-bank”dagi Jamgʻarma mablagʻlari bilan operatsiyalar oʻtkazish uchun moʻljallangan maxsus hisob raqami (keyingi oʻrinlarda “Operatsiya hisob raqami” deyiladi)ga oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi “Paxta-bank”da ochilgan va Jamgʻarma mablagʻlari bilan operatsiyalar oʻtkazish uchun moʻljallangan Operatsiya hisob raqamidan qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqaruvchi zavodga navbatdagi chorak uchun joylashtirilgan buyurtma umumiy hajmining 30 foizi miqdorida (tegishli chorak boshlanishidan kamida 30 kalendar kun oldin) avans beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Tayyor qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan mashina-traktor parklariga (shu jumladan, muqobil mashina-traktor parklariga), qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat)larga va fermer xoʻjaliklariga yetkazib beriladi.
Qishloq xoʻjaligi mashinalari lizing oluvchilar tomonidan olinganligi tasdiqlangan taqdirda “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi uch bank kuni mobaynida Operatsiya hisob raqamidan lizingga berilgan qishloq xoʻjaligi mashinalari qiymatining 70 foizi miqdoridagi pul mablagʻlarini ishlab chiqaruvchi zavodga oʻtkazadi (uzil-kesil hisob-kitob qiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
13. Har oyda, kechi bilan oyning 5-kuni, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi “Paxta-bank”ka oldingi oyda tuzilgan shartnomalar boʻyicha lizing toʻlovlari jadvallari nusxalarini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Lizing oluvchilar mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xoʻjaliklari lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga lizing toʻlovlari toʻlaydilar. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Operatsiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi lizing boʻyicha olingan foizlardan xizmat koʻrsatish haqi sifatida tijorat agenti vazifalarini bajarish yuzasidan tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda mablagʻ ushlab qoladi, lizing oluvchilardan olingan summaning qolgan qismini uch kun muddatda Jamgʻarmaning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi har bir kalendar choragi tugagandan keyin kechi bilan 20 kunda Jamgʻarmaga oʻtgan chorakdagi Operatsiya hisob raqamidagi pul mablagʻlari aylanishi toʻgʻrisidagi “Paxta-bank” tomonidan tasdiqlangan hisobotni taqdim etadi.
17. Lizing oluvchilar tomonidan jadvalda nazarda tutilgan lizing toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, “Paxta-bank” lizing oluvchining bankdagi hisob raqamiga soʻzsiz bajarilishi kerak boʻlgan toʻlov talabnomasini qoʻyadi. Lizing oluvchilardan toʻlov talabnomasi boʻyicha undirilgan pul mablagʻlari Operatsiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.
18. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi, “Paxta-bank” va ular boʻlinmalarining rahbarlari Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanilganligi va hisob-kitoblar tartibi buzilganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy soni — 20 kishi (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 134-modda; 2007-y., 25-26-son, 262-modda, 50-51-son, 517-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2012-y., 29-son, 334-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 26-son, 593-modda, 27-son, 618-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son; 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son; 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)