Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq hamda elektron shaklda tovarlarni bojxonada deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq 2018-yil 1-iyuldan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan elektron raqamli imzoni qo‘llagan holda deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatini shakllantiruvchi “Deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati” interaktiv xizmatini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 31-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
605-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash jarayonini (keyingi o‘rinlarda elektron deklaratsiyalash deb ataladi) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron deklaratsiyalash — bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda BYD deb ataladi) hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni, BYDni qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan (keyingi o‘rinlarda bojxona organi deb ataladi) davlat bojxona xizmati organiga idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan elektron shaklda taqdim etish jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda YAAAT deb ataladi) bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni berish va kiritish yoxud uzatish vazifalari yuklangan organlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar — vakolatli organlar tomonidan beriladigan, YAAATga kiritiladigan yoki uzatiladigan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan, ruxsat berish xarakteriga ega bo‘lgan hujjatlar hamda ro‘yxati qonunchilikda belgilangan boshqa hujjat va ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etiladigan hujjatlar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda DBQ deb ataladi) tomonidan belgilangan shaklda YAAATga deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritiladigan ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlar va ma’lumotlar, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron deklaratsiya — DBQ tomonidan belgilangan formatda elektron hujjat ko‘rinishida tayyorlangan BYD.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BYDni o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BYDni to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxat — deklarant tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (YIDXP) “Deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati” interaktiv xizmatiga(dan) qo‘shish va chiqarish yo‘li bilan shakllantiriladigan deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni elektron deklaratsiyalashning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda TEDAAT deb ataladi) — vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarining aloqasini ta’minlovchi dasturiy-texnik vositalar kompleksi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tovarlarni elektron deklaratsiyalash jarayoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. YAAATning vakolatli organlar axborot tizimlari bilan aloqasi ma’lumotlarni o‘tkazish telekommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DBQ va vakolatli organlar doimiy ravishda o‘z axborot tizimlarini uzluksiz ishlashi bo‘yicha kerakli ishlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Elektron deklaratsiyalash jarayoni to‘rt bosqichdan iborat bo‘lib, ushbu Nizomning 1-ilovasidagi Sxemaga muvofiq amalga oshiriladi, jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda YAAATga idoralararo hamkorlik darajasida, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar, shuningdek, vakolatli organlar ro‘yxatiga asosan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — deklaratsiyalovchi shaxs elektron deklaratsiya hamda taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, o‘zining elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) bilan tasdiqlaydi va TEDAAT orqali bojxona organiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant ro‘yxatga bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritishi hamda uning tomonidan bojxona organlariga elektron deklaratsiyani taqdim etish vakolat muddatini ko‘rsatishi kerak, bundan xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik muassasalari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar elektron deklaratsiya xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalari nomidan taqdim etilsa bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoki boshqa shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi bosqichda — elektron deklaratsiya va taqdim etiladigan hujjatlar kelib tushgandan so‘ng YAAAT elektron deklaratsiya to‘ldirilishi va taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘ri to‘ldirilganligi bo‘yicha dastlabki avtomatlashtirilgan mantiqiy nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki avtomatlashgan mantiqiy nazorat natijasida kamchiliklar aniqlansa, YAAAT real vaqt rejimida bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsga aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruvlarning ijobiy natijasida elektron deklaratsiyaga avtomatlashgan tartibda ro‘yxat raqami berilib YAAATda ro‘yxatga olinadi va ushbu deklaratsiya yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatga aylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron deklaratsiya avtomatlashgan tartibda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organi xodimlari o‘rtasida taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi bosqichda — bojxona organi xodimi bojxona rasmiylashtiruvini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Rasmiylashtiruv jarayonida nomuvofiqliklar (tafovutlar) yoxud bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlansa, bojxona organi xodimi uch soat ichida deklaratsiyalovchi shaxsga bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan elektron xabarnoma jo‘natadi yoki taqdim etilayotgan hujjatlarning qog‘oz manbalarda talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qog‘oz manbalardagi hujjatlarni o‘rganish natijasida bojxona organi xodimi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona qonunchiligi buzilishi mavjud bo‘lmagan holatda — taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq miqdorda taqdim etgan shaxsga qaytaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlik aniqlanganda — qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari boshqa vakolatli organlarda mavjud zarur hujjatlar va ma’lumotlarni elektron shaklda axborot almashinuvi yo‘li bilan mustaqil ravishda oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida xavflarni boshqarish tizimini qo‘llashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DBQ bojxona yuk deklaratsiyalari hamda taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shaklini tasdiqlaydi va o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shakli belgilanmagan holatda ushbu hujjatlarning skaner orqali olingan nusxalari taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Elektron deklaratsiyani hamda taqdim etiladigan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni taqdim etayotganda ERIdan foydalanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. ERIni tarqatish va uning hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi — elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi tomonidan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Elektron hujjatlarni taqdim etganda, quyidagilar elektron hujjatlar almashinuvi ishtirokchilari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni YAAATga kirituvchi va uzatuvchi vakolatli organlar xodimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) TEDAATga elektron deklaratsiya va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarni taqdim etuvchi deklaratsiyalovchi shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) elektron deklaratsiya va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtiruvchi bojxona organi xodimlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Elektron deklaratsiyani imzolash vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs (elektron raqamli imzo kalitining egasi) elektron deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlovchi shaxsdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. DBQning dasturiy-apparat vositalari delaratsiyalovchi shaxslarning ERIsining haqiqiyligi va ularning ro‘yxatda mavjudligini tekshirish jarayonini, shuningdek, elektron shakldagi TEDAAT va YAAATga kelib tushish sana va vaqtini ko‘rsatuvchi ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlarni qabul qilishni ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Elektron deklaratsiyalash tizimi foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bojxona organlari, deklarantlar va bojxona brokerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda elektron deklaratsiyalar va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarning saqlanishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron deklaratsiyani to‘ldirishda asos bo‘lgan qog‘oz shaklidagi hujjatlarning saqlanishi bo‘yicha javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq deklarant zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant elektron deklaratsiyani to‘ldirishda asos bo‘lgan qog‘oz shaklidagi hujjatlarning xavfsiz saqlanishi sharoitlarini ta’minlashi va ularga o‘zgartirish kiritishdan himoyalashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant tomonidan bojxona organlariga elektron deklaratsiya o‘z nomidan taqdim etilganda, u qonun hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning huquq va majburiyatlariga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Elektron deklaratsiyalarning qog‘oz shaklidagi nusxalarini bojxona organlari tomonidan tasdiqlash tartibi DBQ tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron deklaratsiyalardagi aniq kelishuvlar va ularning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar konfidensial hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniq tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining amalga oshirgan operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DBQ deklaratsiyalovchi shaxslarga TEDAAT va DBQ tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali ular tomonidan taqdim etilgan elektron deklaratsiyalarning qog‘oz shaklini chop etish huquqi va imkoniyatini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Deklaratsiyalovchi shaxslar, qonun hujjatlariga muvofiq, yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan elektron deklaratsiyalardagi ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuklarning bojxona rasmiylashtiruvida elektron deklaratsiyalash jarayonidan foydalanayotgan deklarantlar qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatga kiritilayotgan ma’lumotlar uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarning elektron shaklini shakllantirishda vakolatli organlar xodimlari tegishli ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi hamda ularning to‘g‘riligi uchun shaxsan mas’uldirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari xodimlari elektron deklaratsiyalarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. YAAAT dasturiga ulangan bojxona va vakolatli organlar o‘z vakolatlari doirasida tashqi savdo operatsiyalarni amalga oshiruvchi xo‘jalik subyektlari va davlatga zarar yetkazuvchi tizimdagi mavjud ma’lumotlarga noqonuniy kirish, ularni o‘zgartirish yoki boshqa harakatlardan himoyalash bo‘yicha zarur bo‘lgan tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YAAAT dasturidagi ma’lumotlarga kirish huquqi bo‘lgan bojxona va vakolatli organlar xodimlari mazkur ma’lumotlarni oshkor etish, o‘z maqsadlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanish hamda uchinchi shaxslarga ma’lumotlarning belgilangan himoya qoidalarini buzgan holda, ularni olish imkoniyatini yaratish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shaklda deklaratsiyalash tartibotini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Tovarlarni elektron shaklda bojxonada deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularni berish bo‘yicha vakolatli organlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

T/r
Ruxsat etuvchi va boshqa hujjat nomi
Vakolatli organ nomi
1.
Import kontraktlari bo‘yicha xulosa (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan taqdirda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyiha va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi” DUK
2.
Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sertifikati (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan taqdirda)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
3.
O‘ziga xos tovarlarning eksporti va importi uchun litsenziya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti
4.
Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
5.
O‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mulk uchun sertifikat
“O‘zbekekspertiza” AJ va uning hududiy bo‘linmalari
6.
Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish hamda saqlash, shuningdek avtomobil va temir yo‘l transportida tashish uchun ruxsatnoma
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
7.
Ovchilik va sport qurolini va uning o‘q-dorilarini olib kirish yoki olib chiqish, sotib olish, saqlash, tashish va sotish uchun ruxsatnoma.
8.
O‘zbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib chiqish yoki vaqtinchalik olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
9.
Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlar eksporti, importi va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun ruxsatnoma
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi
12.
Sanitariya-epidemiologik xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi
13.
Import qilinayotganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan xom ashyolar ro‘yxatida ko‘rsatilgan “in bulk” mahsulotlar turlari uchun xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi
14.
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, chetga olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
15.
Muvofiqlik sertifikati
“O‘zstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan sertifikatsiyalovchi organlar
16.
Yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish sertifikati*
Vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari
17.
Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar eksportiga yoki importiga ruxsatnoma
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
18.
Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma
19.
Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar va tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma
20.
Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar namunalarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma
21.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslashuv markazi
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
Davlat xizmatlari markazlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Agar sertifikat yoki tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lsa, u deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda TEDAATga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Qonun hujjatlariga asosan eksport-import yuklarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan, lekin ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan TEDAATga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 137-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 51-modda) ilovaning 75-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 20-iyuldagi 198-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 62-modda) ilovaning 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda) 1-ilovaning 22-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 18-son, 325-modda) 1-ilovaning 17-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) 1-ilovaning 59-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-avgustdagi 624-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 857-modda) 3-ilovaning 15-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 60-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 19-modda) ilovaning 12-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-son Qonuni)” 2018-yil 28-maydagi 392-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 124-modda) ilovaning 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda) ilovaning 77-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)” 2018-yil 25-iyundagi 467-son qaroriga ilovaning 6-bandi.