28.07.2018 yildagi 594-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-iyundagi PQ-3795-son qaroriga muvofiq hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasida oʻqitish uchun iqtidorli yoshlarni tanlashning ochiq va oshkoraligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilishni tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 28-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
594-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) bakalavriat va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Universitetning bakalavriat va magistraturasiga qabul bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi tegishli qarori bilan belgilanadigan davlat grantlari hamda toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.

3. Universitetning bakalavriat va magistraturasiga talabalikka qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bakalavriat va magistraturaga qabul qilishni tashkil etish tegishli oʻquv yili uchun tashkil etiladigan Universitet qabul komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda qabul komissiyasi deb ataladi) yuklanadi. Qabul komissiyasining tarkibi Universitet rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Universitet rektori qabul komissiyasining raisi hisoblanadi. Qabul komissiyasining joriy ishlarini masʼul kotib tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qabul komissiyasi hujjatlarni qabul qilish tartibi va muddatlari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining nomlari hamda Universitet bakalavriati va magistraturasiga qabul kvotalari haqidagi maʼlumotni abituriyentlar hamda jamoatchilikka oldindan yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Universitetga qabul qilish tartibi, hujjatlarni qabul qilish muddatlari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining nomlari, Universitet bakalavriati va magistraturasiga qabul kvotalari haqidagi maʼlumot Universitetning rasmiy veb-sayti, shuningdek, axborot stendlarida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Universitet bakalavriatiga qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rektor nomiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi (akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport nusxasi (16 yoshga toʻlmagan shaxslar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini taqdim etadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma (mavjud boʻlsa).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli ravishda oʻqishga kirish huquqiga ega shaxslar ushbu huquqni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar bilan birgalikda harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. TOEFL IBT, IELTS, CEFR, Test DaF xalqaro imtihon tizimlarining amaldagi sertifikatlari, GOETNE sertifikati, DELF sertifikati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlgan fuqarolar qabul komissiyasiga ushbu sertifikatlarning asl nusxalarini taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Hujjatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiradigan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish boshlangan kundan 20 kun davomida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Hujjatlarni taqdim etishda abituriyent tomonidan pasport (16 yoshga toʻlmagan shaxslar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani) shaxsan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan talablarga mos hujjatlar taqdim etilganda, qabul komissiyasi abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Abituriyent taqdim etilgan hujjatlarni shaxsan yoki ishonchli vakil orqali (abituriyent tomonidan berilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim etilganda va unda ishonchli vakiliga berilgan vakolatlar koʻrsatilganda) chaqirib olish toʻgʻrisida qabul komissiyasiga ariza berish, shuningdek, abituriyentga dastlabki imtihon natijalariga koʻra kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat rad etilgan hollarda taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Quyidagi hollarda taqdim etilgan hujjatlar abituriyentga yoki uning ishonchli vakiliga qaytariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish kuni tugashiga ikki soatdan kam boʻlmagan vaqt qolganda qabul komissiyasiga murojaat qilingan taqdirda — joriy ish kuni oxirigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish kuni tugashiga ikki soatdan kam vaqt qolganda murojaat qilingan taqdirda — keyingi ish kunining dastlabki ikki soati davomida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Universitet bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish barcha abituriyentlar uchun teng huquqlilik, oshkoralik, yagona qabul qoidalari va tanlov asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Universitet bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki imtihon (yozma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan kirish test sinovlari orqali.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Dastlabki imtihon Universitet rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda maxsus komissiya deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus komissiya tarkibiga Universitet xodimlari bilan bir qatorda boshqa davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham kiritiladi. Maxsus komissiya oʻz faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, xolislik va begʻarazlik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Maxsus komissiyaga komissiya aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtiradigan rais rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasining masʼul kotibi oʻrinbosari maxsus komissiya raisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Dastlabki imtihon har yili Universitet qabul komissiyasi tomonidan belgilanadigan muddatlarda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Dastlabki imtihonni oʻtkazish jadvali Universitet qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va dastlabki imtihonni oʻtkazish boshlanishidan kamida 10 kun avval Universitetning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Dastlabki imtihon Universitet negizida zarur texnik, tibbiy va boshqa sharoitlarni yaratgan holda oʻtkaziladi. Bino va auditoriyalar xavfsizlik talablariga, shu jumladan yongʻin xavfsizligi, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga toʻliq javob berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni qabul qilish, abituriyentlar bilan suhbatlashish, dastlabki imtihonni topshirish jarayoni video va audio tizimlar yordamida yozib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Dastlabki imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi va quyidagilarni belgilovchi savollarning uch blokidan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intellektual daraja (40 ball), mantiqiy va keng fikrlash, turli tushunchalar, faktlarni taqqoslash hamda ularning oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni topish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ona tilini bilish darajasi (30 ball), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari), shuningdek, umumtaʼlim maktablari (11-sinf bazasida) dasturlariga kiritilgan Oʻzbekiston madaniyati, sanʼati, tarixi, geografiyasiga taalluqli va boshqa masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobiliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis tillari) bilish darajasi (30 ball), Oʻzbekiston madaniyati, sanʼati, tarixi, geografiyasiga taalluqli va boshqa sohalarga oid masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobiliyati. Bunda, xorijiy tillar boʻyicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan, IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball, TOEFL IBT boʻyicha kamida 61 ball bilim darajasi koʻrsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, test DaF, GOETNE sertifikati, DELF sertifikati imtihonlaridan CEFR uslubi boʻyicha V2 minimal darajasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu savollar bloki boʻyicha maksimal ball beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Dastlabki imtihonning maksimal ballari miqdori 100 ballni tashkil etadi. Abituriyent kirish test sinovlariga ruxsat berilishi uchun biletdagi barcha savollar boʻyicha umumiy ballar miqdorining kamida 50 foizini toʻplashi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Abituriyentlarning tayyorgarligini baholash mezonlari, dastlabki imtihonni oʻtkazish tartibi maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Universitet rasmiy veb-saytida, shuningdek, axborot stendlarida dastlabki imtihonni oʻtkazish muddatidan kamida oʻn kun avval joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki imtihon savollarini ishlab chiqish uchun tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha malakali mutaxassislar jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Dastlabki imtihon ushbu Nizomning 25-bandida belgilangan savollarning uch blokidan iborat topshiriqlar asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Barcha topshiriqlar odatda, yagona imtihon talablarini (imtihon materialining mos hajmi, savollar, misollar va topshiriqlarning murakkablik va mehnat talab qilish darajasi) oʻz ichiga olishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Topshiriqlar roʻyxati qabul komissiyasi tomonidan dastlabki imtihon oʻtkazilishidan bir kun avval tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Dastlabki imtihon uchun ajratilgan vaqt, shu jumladan tashkiliy qism va ishlarni topshirish vaqti 3 soatni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Dastlabki imtihonni tashkil etish uchun abituriyentlar guruhlarga boʻlinadi. Bunda, har bir guruhda dastlabki imtihonni tashkil etish va uning oʻtkazilishini nazorat qilish maxsus komissiyaning uch nafar vakili tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus komissiyaning bayon shaklida tasdiqlanadigan qarori asosida maxsus komissiya aʼzolari guruhlarga ajratiladi. Auditoriyada boshqa shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Abituriyent auditoriyaga qabul komissiyasining masʼul shaxsi tomonidan taklif etiladi. Bunda abituriyent oʻz pasportini (16 yoshga toʻlmagan shaxslar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani) taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Abituriyentlarning yozma imtihon oʻtkaziladigan auditoriyaga qogʻoz yoki elektron manbadagi oʻquv adabiyoti, lugʻatlar, maʼlumotnomalar, jadvallar va boshqa adabiyotni, normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, yozuv daftarlari, qogʻoz yoki elektron shakldagi shpargalkalar, aloqa vositalari (jumladan, mobil aloqa vositasi), audio, foto va video yozish qurilmalarini olib kirish hamda ulardan foydalanish qatʼiyan man etiladi. Abituriyentlarning yozma imtihon oʻtkazilayotgan vaqtda auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, salomatligi yomonlashganda qabul komissiyasining masʼul shaxsi hamrohligida chiqishi bundan mustasno. Bunda yozma imtihon materiallari qabul komissiyasiga topshirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Dastlabki imtihon boshlanishidan avval maxsus komissiya vakillari abituriyentlarning imtihonga kelish davomatini tekshiradi va shundan soʻng yozma imtihon toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etish varagʻiga tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Abituriyent dastlabki imtihonga jadval boʻyicha kelmagan holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan kirish test sinovlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Imkoniyati cheklangan abituriyentlarga dastlabki imtihon umumiy tartibda, ularga auditoriyaga toʻsiqsiz kirishi uchun tegishli texnik sharoitlar yaratilgan holda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Dastlabki imtihon natijalari maxsus komissiya tomonidan tuziladigan, ushbu komissiyaning raisi va tegishli guruhlarda imtihon oʻtkazgan aʼzolari imzolaydigan bayon bilan rasmiylashtiriladi. Qabul komissiyasi dastlabki imtihon natijalari boʻyicha abituriyentga kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Dastlabki imtihon natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot Universitetning axborot stendlarida va rasmiy veb-saytida imtihon oʻtkazilgandan keyingi ikki kun ichida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Dastlabki imtihon natijalari eʼlon qilinganidan soʻng bir kundan kechikmagan holda ularni qayta koʻrib chiqish uchun murojaat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning ushbu masala boʻyicha murojaatlari qabul komissiyasi tomonidan abituriyent dastlabki imtihon natijalarini qayta koʻrib chiqish uchun murojaat qilgan kunidan keyingi ikki kun ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Universitet bakalavriatiga dastlabki imtihonni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlarga kirish test sinovlarini Universitet bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda topshirishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Xorijiy tillar boʻyicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball, TOEFL IBT boʻyicha kamida 61 ball bilim darajasi koʻrsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, test DaF, GOETNE sertifikati, DELF sertifikati imtihonlaridan CEFR uslubi boʻyicha V2 minimal darajasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlarga maksimal ball (100 ball) beriladi va ular ushbu fan boʻyicha kirish imtihonlaridan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Abituriyentlarni Universitet bakalavriatiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat komissiyasining abituriyentlar Universitet bakalavriatiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori ularning dastlabki imtihonlarda toʻplagan ballari hisobga olinmagan holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Davlat komissiyasining qarori Universitet rektori tomonidan abituriyentning Universitetga qabul qilinishi toʻgʻrisidagi buyruqni qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Xorijiy fuqarolar suhbat oʻtkazish yoʻli bilan qabul kvotasidan tashqari toʻlov-kontrakt asosida Universitet bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Universitet magistraturasiga qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Universitet magistraturasiga oʻqishga qabul qilish umumiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Universitet magistraturasi mutaxassisliklari boʻyicha oʻqish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim oluvchilar uchun bir yilni, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim oluvchilar uchun ikki yilni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Universitet magistraturasiga oʻqishga qabul qilish bakalavriatning tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha topshiriqlarni oʻz ichiga olgan kirish yozma imtihonlar shaklida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Abituriyent eng koʻp (maksimal) toʻplashi mumkin boʻlgan ball 300 ni tashkil etadi. Ushbu ballar quyidagilardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bakalavriat diplomi reytingining oʻrtacha balli — 55 balldan 100 ballgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislik fanlari boʻyicha ballar — 0 balldan 100 ballgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy til boʻyicha ballar — 0 balldan 100 ballgacha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Xorijiy tillar boʻyicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS boʻyicha kamida 6,5 ball, TOEFL IBT boʻyicha kamida 85 ball bilim darajasi koʻrsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, test DaF, GOETNE sertifikati, DALF sertifikati imtihonlaridan CEFR uslubi boʻyicha C1 minimal darajasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlarga maksimal ball (100 ball) beriladi va ular xorijiy tillar boʻyicha kirish imtihonlaridan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Yozma imtihon natijalari asosida kirish imtihonlarining umumiy bali aniqlanadi va tanlov qaydnomasiga kiritiladi. Tanlov qaydnomasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Davlat komissiyasiga belgilangan tartibda koʻrib chiqish va Universitet magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Hujjatlarni qabul qilishni tashkil etish va Universitet bakalavriati hamda magistraturasiga dastlabki imtihonni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlaridan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriatiga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Abituriyentlar, Universitetning qabul komissiyasi

Universitetning qabul komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish

har yili
15-iyundan 5-iyulgacha

II bosqich

Universitetning maxsus komissiyasi

Dastlabki imtihonni oʻtkazish

har yili
Universitetning qabul komissiyasi belgilaydigan muddatlarda

III bosqich

Universitetning qabul komissiyasi

Dastlabki imtihon natijalarini eʼlon qilish

dastlabki imtihon oʻtgandan keyin ikki kun davomida

IV bosqich

Davlat test markazi, Universitetning qabul komissiyasi

Kirish test sinovlarini oʻtkazish

har yili
1-avgustdan 15-avgustga qadar (tasdiqlangan jadvalga muvofiq)

V bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi

Kirish test sinovlari natijalarini eʼlon qilish

har yili 2-avgustdan
16-avgustga qadar
(test oʻtkazilgan kundan keyingi kunda)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining magistraturasiga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Abituriyentlar,
Universitetning qabul komissiyasi

Universitetning qabul komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish

har yili1-iyuldan
30-iyulga qadar

II bosqich

Universitetning qabul komissiyasi

Yozma kirish imtihonlarini oʻtkazish

har yili 3-avgustdan
15-avgustga qadar

III bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Universitetning qabul komissiyasi

Yozma kirish imtihonlari natijalarini eʼlon qilish

har yili
25-avgustgacha

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/594/1597-son; 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son; 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)