27.07.2018 yildagi PF-5490-son
Hujjat 28.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hollarda amalga oshirilishi belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5087-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlari — Palata a’zolarining faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar monitoringini amalga oshirishi hamda tekshiruvlarda ishtirok etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborotga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan tegishli huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari)

Nazorat qiluvchi organ

Tekshiruv muddati

1.

Ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganida quyidagilarni qonunchilikda belgilangan tartibda olib quyish:

tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqilgan va sotilgan alkogol va tamaki mahsulotlar;

qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlar.

Taqiqlangan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1 kun

2.

Sifatsiz va/yoki kontrafakt mahsulotlar sotilishini oldini olish maqsadida, faqatgina shunday mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganda, ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan dori mahsulotlarini nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

1 kun

3.

Atmosfera havosi, tuproqlar, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar, shuningdek, vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda noqonuniy ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va chiqindilar monitoringi.

O‘z�ekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi

1 kun

4.

Ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilinganligini o‘rganish maqsadida barcha qurilish obyektlarida, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joy qurish obyektlarida, moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish

inspeksiyasi, tumanlar (shaharlar) bosh arxitektorlari

1 kun

5.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha teksh�ruvlar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

30 kundan oshmagan holda

6.

Sanoat, radiatsiyaviy va yadro xavfsizlik talablariga rioya qilish holati ustidan, shuningdek vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda uglevodorod xomashyoli yer qa’ridan foydalanish va muhofazasini nazorat qilish.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI

10 kundan oshmagan holda

7.

“O‘zbekenergo” AJ obyektlarida hamda 35 kV va undan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlarida ishlarni olib borishda xavfsizlikni nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetika sohasida nazorat qilish davlat inspeksiyasi

5 kundan oshmagan holda

8.

Tabiiy, texnogen, terrorchilik-qo‘poruvchilik tusidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va ulardan himoya qilish masalalari bo‘yicha, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan obyektlarda fuqaro muhofazasi talablariga rioya qilish ustidan nazorat olib borish.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar

vazirligi

10 kundan oshmagan holda

9.

Barcha tashkilotlarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni tekshirish.

Bunda ko‘rsatilgan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyruqlariga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi

10 kundan oshmagan holda

10.

Quyidagilarni amalga oshirish:

sut va sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan, iste’molchilarni vodoprovod suvi bilan ta’minlaydigan, oqava suvlarni chiqarib tashlaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan namunalar tanlab olish yo‘li bilan sut va sut mahsulotlari, vodoprovod suvi va oqava suvlarni har oyda laboratoriya tadqiqotidan o‘tkazish;

namunalar tanlab olish yo‘li bilan un va osh tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarda I navli bug‘doy uni hamda osh tuzi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ovqatlanish bloklarida tayyorlangan ovqat namunalari, ovqatlanish bloklarining texnologik jihozlari, xodimlarining maxsus kiyimlari va qo‘llarini har chorakda ko‘pi bilan bir marotaba laboratoriya tadqiqotidan o‘tkazish;

qonun hujjatlariga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘lgan savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tish daftarchalarining mavjudligini olti oyda ko‘pi bilan bir marotaba monitoringdan o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi

1 kun

11.

Davlat zaxiralari joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat funksiyalarini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi

10 kundan oshmagan holda

12.

Respublika hududini xorijiy davlatlardan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar kirib kelishidan muhofaza qilish, karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va yo‘q qilishni tashkil etish, shuningdek, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Vaz�rlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

1 kun

13.

Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarga muvofiq, ular tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini (g‘o‘za, don va boshqalar) ekish bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga rioya etilishini nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

5 kundan oshmagan holda

14.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilanmagan joylarda amalga oshirilayotgan, shuningdek kelib chiqishini isbotlovchi tegishli hujjatsiz go‘sht va sut mahsulotlari savdosi ustidan nazorat.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi

1 kun

15.

Prokuratura organlari bilan kelishilgan ro‘yxatga muvofiq, avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan nazorat tadbirlari.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birga

1 kun

16.

Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish ustidan nazorat o‘tkazishda tizimli tekshirishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Suv xo‘jaligi vazirli�i,

Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda

5 kundan oshmagan holda

17.

Elektr, gaz quvurlar va gaz taqsimoti tarmoqlariga, suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlariga noqonuniy ulanish, shuningdek, hisoblash moslamalariga qasddan shikast yetkazganlik, hisoblash moslamalari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlarini tekshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi

1 kun

18.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir tekshirishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi

30 kundan oshmagan holda

19.

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan narxlarni asossiz va sun’iy ravishda oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi

kurashish departamenti

1 kun

20.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

30 kundan oshmagan holda

21.

Xazonlarni, g‘alla ekinlari yig‘ib olinganidan keyin dalalarda somonlarni yoqishni, daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, ochiq olovni qo‘llagan holda baland uylar tomlarida bitum eritishni va hayvonlarni noqonuniy ovlashning oldini olish bo‘yicha tezkor nazorat tadbirlarini o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

1 kun

22.

Belgilangan tartibda rasmiy ravishda o‘z faoliyatini to‘xtatgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini davom ettirayotgan jismoniy shaxslar faoliyatida tekshirishlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

1 kun

23.

Quyidagilarni nazorat qilish:

yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etuvchi xo‘jaliklarda texnik vositalarning ishchi holatida tutish, ekspluatatsiya qilish va ta’minlash;

idoraviy temir yo‘llariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarida lokomotivlar, vagonlar, aloqa vositalari va signalizatsiya, elektr ta’minotining ishchi holatida tutilishini ta’minlash.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi

10 kundan oshmagan holda

24.

Parvozlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruvlar.

“Davavianazorat” davlat inspeksiyasi

1 kun

25.

Yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tekshiruvlar

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi

30 kundan oshmagan holda

26.

Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni hamda alkogolli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi ulgurji korxonalarni quyidagi maqsadlarda tekshirish;

o‘lchov jihozlari, plombalar va boshqa monitoring vositalarning butligi;

etil spirti va alkogol mahsulotlari qoldiqlari;

litsenziya olishda taqdim etilmagan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar mavjud emasligi;

uzum va mevadan tayyorlangan vino mahsulotlari sifatining amaldagi texnik talablarga mosligi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi,

3 kundan oshmagan holda

27.

Yuridik shaxslar tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom-ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarining geologik-marksheyderlik ta’minoti sohasida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi ustidan tekshiruvlar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

10 kundan oshmagan holda

28.

Yer qa’ri foydalanuvchilari tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish (chiqarish)ning haqiqiy hajmlarining marksheyderlik o‘lchov xulosalariga muvofiqligi ustidan yiliga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan monitoring o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi

Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi O‘zbekiston Respubli�asi davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda

5 kundan oshmagan holda

29.

Yer qa’ri boyliklari va texnogen mineral hosilalardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish uchun ruxsat hujjatlarini olmay turib, o‘zboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi

Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

1 kun

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son; 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 31.10.2019-y., 06/19/5863/3979-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 28.11.2019-y., 06/19/5884/4081-son; 28.11.2019-y., 06/19/5884/4081-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 04.08.2022-y., 06/22/182/0710-son; 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son; 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son; 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son; 03.08.2023-y., 06/23/125/0553-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)