12.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 505-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 505-1]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018-yil 11-iyuldagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Pudrat ishlar va xizmatlarni eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 505, 1998-yil 20-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining 2018-yil 30-iyundagi SS-V-02/09-2632-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 28-iyulda 34-01/06-4438-son, Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 29-iyulda 02/20-25-son, Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 30-iyulda 39-son va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 30-iyulda 98-107-son bilan tasdiqlangan Pudrat ishlar va xizmatlarni eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 505, 1998-yil 20-oktabr) davlat reyestridan chiqarilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 12-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
368-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/505-1/1501-son)