06.06.2018 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining harbiy xizmatni oʻtashini tashkil etish va zarur amaliy shart-sharoitlar bilan taʼminlash tizimini kompleks isloh qilishga yoʻnaltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilariga beriladigan imtiyozlar va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini, shu jumladan, ularga imtiyozli isteʼmol kreditlari, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish yoʻli bilan yanada takomillashtirish boʻyicha aniq choralar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatni oʻtash tizimini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligini butlashni sifat jihatidan yaxshilashga, harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini va intellektual kamol topishini jiddiy ravishda oshirishga, yoshlar va umuman aholi oʻrtasida harbiy xizmatning nufuzi oʻsishiga koʻmaklashmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqirigʻi zaxirasida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha komissiyalar tashkil etilgan, shu jumladan, ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyishni tashkil etish, joylarda har choraklik seminarlar, davra suhbatlari va fuqarolarni ishga joylashtirish uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil etish ularning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish hamda Mudofaa vazirligining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilishini tashkil etishga faol koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) AT “Oʻzsanoatqurilishbank” va AT “Xalq banki” bilan birgalikdagi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamida olti oy xizmat qilgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasida tadbirkorlik faoliyati uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va kreditlar berish tartibini tushuntirish boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatib oʻtilgan tadbirlar yakunlari boʻyicha muddatli harbiy xizmatning eng oʻrnak koʻrsatgan harbiy xizmatchilariga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirishga tegishli sertifikatlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Oʻzavtosanoat” AJ bilan birgalikdagi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining jangovar qismlari va jangovar taʼminot boʻlinmalarining ofitserlariga hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilariga har bir harbiy qismdan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda eng oʻrnak koʻrsatgan 10 nafargacha kishiga mamlakatda ishlab chiqarilgan budjet yengil avtotransport vositalarini (keyingi oʻrinlarda avtotransport vositalari deb ataladi) sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar berish haqidagi takliflariga rozilik berilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit muddati — uch oylik imtiyozli davr bilan 10 yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki badal — sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foiz stavkasi — kredit berilgan sanada yiliga 7 foiz.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzavtosanoat” AJga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining taqdimnomalari boʻyicha jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda eng oʻrnak koʻrsatgan ofitserlar hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining xohlovchi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilariga banklarning kreditlari hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olishda koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiriq zaxirasi mablagʻlari” Maxsus hisob raqamining boʻsh mablagʻlarini keyinchalik Mudofaa vazirligining jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda eng oʻrnak koʻrsatgan ofitserlari hamda serjantlari va oddiy askarlar tarkibining xohlovchi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilariga avtotransport vositalari sotib olishga imtiyozli kreditlar berish uchun ishtirok etuvchi tijorat banklarining depozitlariga yillik 5 foizdan ortiq boʻlmagan stavka boʻyicha joylashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini, ofitserlarni va serjantlar va oddiy askarlar tarkibning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarini ularga kreditlarning tegishli turlarini rasmiylashtirish uchun taqdimnomalar berish uchun tanlab olish mezonlarini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AT “Oʻzsanoatqurilishbank” va AT “Xalq banki” bilan birgalikda tijorat banklarining hududiy filiallari joylashishidan kelib chiqib potensial qarz beruvchilarni taqsimlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilar orasida kreditlar olish shartlari va tartibi toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 6-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
424-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/424/1320-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)