31.05.2018 yildagi PQ-3756-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni taʼminlash hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning barcha toifalari uchun teng raqobat sharoitlariga ega boʻlgan yagona iqtisodiy makonni shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga imtiyozlar, preferensiyalar va eksklyuziv huquqlar berish yuzasidan shakllangan amaliyot quyidagilar kabi qator jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, muayyan tarmoq yoki hududdagi alohida tashkilotlarga imtiyozlar, preferensiyalar va eksklyuziv huquqlar aniq mezonlarsiz hamda ularni asoslovchi shaffof mexanizmlarsiz tanlab berilishi oqibatida mazkur tashkilotlar uchun asossiz ustuvor shart-sharoitlar yaratilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, koʻplab xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat boshqaruvi funksiyalari qoʻshib amalga oshirilmoqda, bu esa bozorda imtiyozli maqomga ega boʻlish uchun maʼmuriy resurslardan foydalanishga va insofli raqobat prinsiplari buzilishiga olib kelmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, individual imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda boqimandalik kayfiyati shakllanmoqda, bunday subyektlarning tashabbuskorligi yoʻq va ishchanlik faolligi past, shuningdek, ular ishlab chiqargan mahsulotlar raqobatbardosh emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, berilayotgan imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligini, jumladan ularning muayyan tarmoqlar, hududlar va umuman mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga amaliy taʼsirini baholashda tizimlilik mavjud emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozorda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, faol tadbirkorlik rivojlanishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, insofli raqobat prinsiplari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining vazifalariga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qilish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻlom raqobat muhitini taʼminlash uchun individual soliq va bojxona imtiyozlari berish amaliyotini maksimal darajada cheklash, imtiyozlar va preferensiyalar berish, ularning iqtisodiy jihatdan asosliligi hamda samaradorligini baholash tizimini, shuningdek, ulardan foydalanishni monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq va bojxona imtiyozlarini faqat aniq maqsadda berish tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ularni qoʻllash samaradorligini monitoring qilish va baholash tizimini joriy etish, samarasiz foydalanilgan imtiyoz summalarini budjetga majburiy qaytarish mexanizmlarini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (keyingi oʻrinlarda imtiyozlar deb yuritiladi) qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan umuman tarmoqlar, faoliyat sohalari, hududlar uchun beriladi, shuningdek, aniq maqsadga ega boʻlishi hamda aniq ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy natijalarga erishishni taʼminlashi zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
individual imtiyozlar, alohida hollarda, xususiy sektor investitsiya kiritishdan manfaatdor boʻlmagan tarmoqlarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun, aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy asoslar mavjud boʻlganda yoxud Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtiyozlar berishga, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyxatlarini tasdiqlashga doir hukumat va idoraviy qarorlarni qabul qilish taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyxatlari va ularga tuzatishlar, imtiyozlar berish toʻgʻrisida qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati mavjud boʻlgan taqdirdagina, imtiyoz berilgan tashkilot tomonidan shakllantiriladi, shuningdek, ularning kompleks ekspertizasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyxatining kompleks ekspertizasi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining ijobiy xulosasi olingan taqdirda, tashkilot roʻyxatda koʻrsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda import qilish huquqiga ega;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi berilgan imtiyozlarni muddatidan oldin tugatish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga asoslantirilgan takliflar kiritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) imtiyozlar berishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Bunda ushbu loyihalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladigan ekspertizalarning boshqa turlari bir vaqtda oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasiga soʻralayotgan imtiyozlar boʻyicha asoslantirish va tegishli hisob-kitoblar majburiy tartibda ilova qilinadi, ularda loyihaning maqsadi, amalga oshirish muddati, kiritilayotgan investitsiya va eksport hajmi, yangidan tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni, yaratilayotgan yoki joriy etilayotgan innovatsion mahsulot, texnologik yangiliklar, progressiv ilmiy izlanishlarning aniq natijalari, ishlab chiqarish, ishlar (xizmatlar, soliq tushumlari, imtiyozlarning hisoblangan summasi va boshqalar) hajmining oʻsishi koʻrsatiladi. Ushbu hujjatlar, jumladan, quyidagilarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan istiqbolli rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, imtiyozlar va preferensiyalarning alohida tarmoqlar, faoliyat sohalari va hududlarga taʼsirini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilayotgan imtiyozlar va preferensiyalarning budjet va jamiyat uchun samaradorligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularning raqobat muhitiga va tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining soʻrovlariga koʻra tegishli ekspertiza oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda imtiyozlarning samaradorligini, imtiyozlar summasining kutilayotgan natijalarga va qabul qilingan majburiyatlarga muvofiqligini, berilgan imtiyozlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi, ayrim tarmoq va mintaqalardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hamda raqobat muhitiga taʼsiri darajasini tizimli ravishda monitoring qilish va baholash tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidagi yoʻqotishni aniq baholashni nazarda tutadigan, berilayotgan imtiyozlarni hisobga olish tizimini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navbatdagi moliya yiliga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarida berilgan imtiyozlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidagi yoʻqotishning umumiy summasini alohida qatorda koʻrsatib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 31-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3756-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 07/18/3756/1312-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)