19.05.2018 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy ishlarni ko‘rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi qabul qilinganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, shuningdek qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudlarning e’tibori ma’muriy sud ishlarini yuritish bo‘yicha protsessual qonun normalarida belgilangan tartibga qat’iy rioya etish, ishlarni ko‘rib chiqish sifatini yaxshilash, har bir ish bo‘yicha qonuniy va asoslantirilgan qaror qabul qilish zarurligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 40-moddasiga muvofiq ma’muriy sud ishlarini yuritishda taraflar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachilar — o‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javobgarlar — muayyan talab qaratilgan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ma’muriy sudga ma’muriy va boshqa ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ishlar, jumladan, quyidagi ishlar taalluqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy organlarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy organlar, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy organlar, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial harakatni amalga oshirish rad etilganligi yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notariusning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish rad etilganligi yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MSIYUtKning 271-moddasida ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha ishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MSIYUtKning 272-moddasida ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi ishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga ko‘ra, arizachi ushbu ko‘rsatilgan ariza (shikoyat)lar bilan bir qatorda mazkur talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu ko‘rsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab taalluqliligiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda yoki iqtisodiy sudda ko‘rib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqsa-da, qonunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, iqtisodiy va harbiy sudga taalluqliligi belgilangan nizolar bo‘yicha ishlar ma’muriy sudga taalluqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza ma’muriy organ bo‘lmagan korxona, tashkilot, muassasa hujjatini haqiqiy emas, deb topish yoki uning mansabdor shaxsi harakatini (harakatsizligini) g‘ayriqonuniy deb topish to‘g‘risida berilgan talab yoxud ariza (shikoyat) ma’muriy organga nisbatan berilgan bo‘lib, ammo ustidan shikoyat berilayotgan harakat mehnat munosabatlaridan kelib chiqqan bo‘lsa, bunday talablar ma’muriy sud sudloviga taalluqli emas.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. MSIYUtKning 273-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ma’muriy sudga taqdim etilgan bo‘lsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida aniqlansa, ma’muriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va ma’muriy sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani (shikoyatni), ish materiallarini ma’muriy suddan taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy suddan taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari o‘ziga o‘tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida sudlar o‘rtasida sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza (shikoyat) ikki va undan ortiq talablarning bittasi yoki bir nechtasi ma’muriy sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida aniqlansa, sud MSIYUtKning 138-moddasiga asosan talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish masalasini hal etgan holda, taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, davlat organlari va ular mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq qabul qiladigan qarorlari yoki amalga oshiradigan harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudga taalluqli emas. Bunday ariza (shikoyat) taqdim etilgan holda, sudya MSIYUtK 133-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq uni qabul qilishni rad etadi. Agar ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, MSIYUtK 108-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, MSIYUtK 36-moddasiga ko‘ra, sudda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqatiga faqat yuridik shaxslar egadirlar. Shu sababli, agar yuridik shaxs ishonchnomasi mavjud bo‘lmasa, sud yuridik shaxs alohida bo‘linmasi (filiali, vakolatxonasi) arizasini (shikoyatini) qabul qilishga haqli emas. Bunday ariza (shikoyat) MSIYUtK 134-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq qaytarilishi, agar u ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, mazkur Kodeks 105-moddasining 2-bandiga muvofiq ko‘rmasdan qoldirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy organ yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashishda, javobgar sifatida arizada (shikoyatda) harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan tegishli yuridik shaxs va mansabdor shaxsning o‘zi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sud idoraviy normativ-huquqiy hujjat yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishni hal etishda uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organ — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini javobgar sifatida jalb qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoxud iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. MSIYUtK 128-moddasi birinchi qismining mazmuniga ko‘ra, yuridik shaxs nomidan ariza (shikoyat) uning rahbari yoki vakili tomonidan imzolanishi kerak. Bunda imzo mexanik yoki boshqa nusxa ko‘chirish vositalari orqali amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibda boshqariladigan ijro organi rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs arizani (shikoyatni) imzolashga haqli, biroq bunda arizaga (shikoyatga) uning maqomini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tashkilot hay’at tomonidan boshqarilsa, shaxsda arizani (shikoyatni) imzolash vakolati borligini tasdiqlovchi hujjat) ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatilayotgan tashkilot nomidan ariza (shikoyat) tugatish komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Arizachi bitta arizada (shikoyatda) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga haqli. Agar talablar o‘zaro bog‘liq bo‘lmasa, sud MSIYUtK 134-moddasi birinchi qismining 7-bandiga ko‘ra, arizani (shikoyatni) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Agar ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, sud MSIYUtK 138-moddasiga muvofiq ushbu talablarni alohida ajratish yo‘li bilan ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, MSIYUtK 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan arizani (shikoyatni) qaytarish asoslari ro‘yxati kengaytirilgan tarzda talqin etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin, u sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda qabul qilinganligi aniqlansa, sud tegishincha, ishni boshqa ma’muriy sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi (MSIYUtK 34-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi).
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari palata a’zosi manfaatlarini ko‘zlab bergan arizaga (shikoyatga) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlik faoliyati subyekti o‘rtasida tuzilgan a’zolik to‘g‘risidagi shartnoma ilova qilinishi lozim. Mazkur talabga rioya qilinmaganda, ariza (shikoyat) MSIYUtK 134-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan qaytariladi, bu holat ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, ariza (shikoyat) ko‘rmasdan qoldiriladi (MSIYUtK 105-moddasining 2-bandi).
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish asoslari MSIYUtK 133-moddasida nazarda tutilgan va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishi mumkin emas. Agar arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish asoslari ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, ish yuritish MSIYUtK 108-moddasiga asosan tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, ma’muriy ish qo‘zg‘atilgunga qadar sud dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rishga (MSIYUtK 89-moddasi), sud topshiriqlari berishga (MSIYUtK 90-moddasi) va dastlabki himoya choralarini qo‘llashga (MSIYUtK 94-moddasi) haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish masalasi sudya tomonidan yakka tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Shuni nazarda tutish lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash uning o‘z vaqtida, har tomonlama va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini va hal qilinishini ta’minlovchi muhim bosqich hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni sud muhokamasiga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash sudga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni hal etishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni hamda nizoni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatga ega boshqa faktlarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud muhokamasiga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash maqsadida, ishni hal etish uchun zarur dalillar doirasini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur dalillar taqdim etilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishda ishtirok etishi ehtimol bo‘lgan shaxslar tarkibi masalasini hal etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki himoya va dalillarni ta’minlash choralarini qo‘llash masalasini hal etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MSIYUtK 140-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlash harakatlari ro‘yxati tugal bo‘lmay, sudya ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlashga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida chiqarilgan ajrim va uni ko‘rishga tayyorlash bilan bog‘liq boshqa ajrimlar ishning keyingi harakatiga to‘sqinlik qilmaydi va ularning ustidan shikoyat berilmaydi.
(15-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi haqida ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi sud ajrimida ko‘rsatilishi lozim bo‘lib, u ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda bunday majlisni o‘tkazishga ko‘maklashuvchi sudga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida MSIYUtK 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sudga kelmaganda, buning sabablari va ishning xususiyatlarini inobatga olib, ishni uning ishtirokisiz ko‘rish imkoniyati to‘g‘risidagi masala har bir holda muhokama qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. MSIYUtK 93-moddasida ko‘rsatilgan dastlabki himoya choralari, agar ularni qo‘llamaslik arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini qiyinlashtirsa yoki bunga imkon bermasa, ish yuritishning har qanday bosqichida ko‘rilishi mumkin.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, arizani rad etish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ham, MSIYUtK 98-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga rioya etgan holda dastlabki himoya choralarini bekor qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Arizachi MSIYUtK 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ariza (shikoyat) asosini yoki predmetini o‘zgartirish huquqidan birinchi instansiya sudida hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar foydalanishi mumkin. Bu norma ish boshqa instansiyalarda ko‘rilayotganda qo‘llanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza (shikoyat) predmeti o‘zgartirilishi arizachining javobgarga nisbatan moddiy-huquqiy talablari o‘zgartirilganligini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaning (shikoyatning) asosi va predmeti bir vaqtda o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (MSIYUtK 136-moddasining uchinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. MSIYUtK 58-moddasining birinchi qismiga muvofiq sudda yuridik shaxslarning ishlarini qonun hujjatlari yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida ularning organlari olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarning vakillari sudda ularga berilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi. Vakilga berilgan ishonchnomada uning MSIYUtK 62-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan vakolatlari maxsus ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar vakilga berilgan ishonchnomada bunday vakolatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, vakil ushbu qonun normasida nazarda tutilgan protsessual harakatlardan boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Advokatlik tuzilmasi (byurosi, firmasi) tomonidan berilgan order advokatga huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxs manfaatlarida faqat MSIYUtK 62-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi. Advokatning mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish vakolati unga vakolat beruvchi bergan ishonchnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sudlarga tushuntirilsinki, ish yuritishni tugatish instituti nizo mazmuni yuzasidan hal qiluv qarori chiqarmasdan turib ish ko‘rishni tamomlash shakllaridan biri hisoblanadi. MSIYUtK 108-moddasida nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish asoslari ro‘yxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. MSIYUtK 105-moddasida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, sud arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldiradi va bu haqda ajrim chiqaradi. MSIYUtK 106-moddasiga muvofiq chiqarilgan ajrimda ishni ko‘rish uchun to‘sqinlik qilayotgan va arizani ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlarni bartaraf etish yo‘llari tushuntirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilingan arizachi birinchi sud majlisiga kelmasa va ishni uning ishtirokisiz ko‘rishga rozilik bergan bo‘lmasa, bunday holda ariza (shikoyat) MSIYUtK 105-moddasining 3-bandiga muvofiq ko‘rmasdan qoldiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, agar arizachi birinchi sud majlisida ishtirok etib, sudning keyingi majlislarida ishtirok etmasa, ushbu asoslar bo‘yicha arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Sudlarga tushuntirilsinki, MSIYUtK 20-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish, tugatish va arizani (shikoyatni) qaytarish, qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimlar bekor qilingan hollarga tatbiq etilmaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sudlar aholining huquqiy ongini oshirish maqsadida, sud hujjati e’lon qilingandan keyin uning mazmunini va sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan asoslarni tushuntirib berishlari lozim.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ishlarni ko‘rishda sudlar ma’muriy huquqiy munosabatlar sohasida nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlashga e’tibor qaratish lozim.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlarni ko‘rishda davlat yoki boshqa organ, yuridik shaxs, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda, ular ishda ishtirok etishidan qat’i nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqli. Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda esa, sud bu haqda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy ajrim sud majlisida e’lon qilinadi va bayonnomada aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi I. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 19-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-son