O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2001 YIL 24 OKTYABRDAGI 421-SON QARORIGA QISMAN O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish hamda ma’lumotlar uzatish va shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga ilovada:
| “Shaxsiy chaqiruv (peyjing, radiotelefon, trankli) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish | 135 |
| Loyihalash | 10 |
| Qurish | 20 |
| Foydalanish | 30 |
| Xizmatlar ko‘rsatish | 80 |
| Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish (litsenziya amal qilishining barcha davriga) | 200 |
| Loyihalash | 10 |
| Qurish | 20 |
| Foydalanish | 30 |
| Xizmatlar ko‘rsatish: | |
| operatorlar va provaydyerlar tomonidan | 150 |
| umumiy foydalanish punktlari tomonidan | 10”; |
izohdagi “karralangan” so‘zidan keyin “(ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatishdan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 9-bandining oltinchi xatboshi hamda qarorga 8-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 16-noyabr,
453-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 22-24-son, 158-modda)