26.04.2018 yildagi 304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baxshichilik va dostonchilik sanʼatini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash, xalq ogʻzaki ijodining qadimiy anʼanalarini tiklash va milliy qadriyatlarni izchil rivojlantirish, ijodiy uyushmalar hamkorligida baxshi va dostonchilar ijodining eng yaxshi namunalarini targʻib qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni paytda baxshichilik va dostonchilik sanʼatining tarixi, baxshilar va dostonchilar ijodini mukammal oʻrganish, bu borada fundamental tadqiqotlar olib borish, xalq ogʻzaki ijodi yodgorliklarini toʻplash, nashr etish yuzasidan yana koʻpgina chora-tadbirlarni amalga oshirishga ehtiyoj sezilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baxshichilik va dostonchilik sanʼatini rivojlantirish, baxshi-shoirlar ijodining oʻzbek madaniyati va sanʼatidagi oʻrni hamda ahamiyatini yanada oshirish, shuningdek, oʻquv-uslubiy adabiyotlar yaratish, baxshichilik va dostonchilik sanʼatini ommaviy axborot vositalari, internet tarmogʻi orqali mamlakatimizda hamda chet ellarda targʻib etish, ustoz baxshilar va dostonchilar, soha olimlari va mutaxassislari, iqtidorli yosh baxshilar hamda doston ijrochilari faoliyatini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, yosh avlodni mardlik, halollik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruћida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Baxshichilik va dostonchilik sanʼatini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish boʻyicha 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda “yoʻl xaritasi” deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili Navroʻz umumxalq bayrami arafasida Termiz shaxrida respublikada faoliyat yuritayotgan baxshilarning oʻquv seminarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi bolalar musiqa va sanʼat maktablarida baxshichilik va dostonchilik yoʻnalishi boʻyicha maxsus sinflar ochish hamda mazkur musiqa va sanʼat maktablari oʻquv rejasiga va shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar musiqa va sanʼat maktablaridagi baxshichilik va dostonchilik yoʻnalishi boʻyicha maxsus sinflarni oʻquv dasturiga muvofiq oʻquv qoʻllanmalari va adabiyotlari bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar musiqa va sanʼat maktablarida baxshichilik va dostonchilik yoʻnalishi boʻyicha maxsus sinflarda dars berish uchun respublikada koʻzga koʻringan baxshi(jirov)larni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirib, belgilangan tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazini baxshi-shoirlar tomonidan yaratilgan va ijro etilayotgan doston, terma, aytimlarni sifatli yozib olish va targʻib etish uchun zarur boʻlgan ovoz yozish hamda zamonaviy videotexnika vositalari bilan taʼminlash vazifalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish boʻyicha bir hafta muddatda ishchi guruhlari tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yoʻl xaritasi” asosida ikki hafta muddatda tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq dasturlarini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan mahalliy budjet mablagʻlarining rejalashtirilishi va toʻliq ajratilishini taʼminlash hamda homiylar xayriyalarini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzbek baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish va targʻib etishga hissa qoʻshgan ustoz baxshilar va dostonchilar, xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli tanlovlarda yuqori oʻrinlarni egallagan yosh baxshilar va doston ijrochilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi boʻyicha hududlarda qurilayotgan koʻp qavatli uylardan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida xonadonlar ajratish choralarini koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ustoz baxshilar va dostonchilar, yosh baxshilar va doston ijrochilari ijodini hamda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 26-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
304-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 304-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baxshichilik va dostonchilik sanʼatini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish boʻyicha 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun masʼullar

1.

Mustaqillik bayramining 27 yilligi arafasida respublikada faoliyat yuritayotgan baxshilar ijodini tarannum etadigan “Mustaqillik baxshilari” kitob-albomini chop etish.

2018-yil avgust

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi

2.

Chekka, olis hududlardagi baxshi-shoir, oqin, jirovlardan doston, terma, aytimlarni yozib olish uchun Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markaziga zamonaviy raqamli audio va video uskunalar xarid qilish.

2018-yil dekabr

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

3.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo, viloyatlaridagi sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan maskanlarda doston va terma ijrochilik sanʼatini targʻib etishga qaratilgan 20 daqiqalik koʻngilochar tadbirlar hamda doʻmbira, chanqovuz, sibizgʻa, boʻlamon, sopol nay, qoʻbiz, qoʻshnay kabi oʻzbek milliy qadim cholgʻu asboblari va baxshichilik sanʼatiga oid adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etish.

2018-yil maydan boshlab muntazam ravishda

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻi�ton Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyat hokimliklari,

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

4.

Joylardagi mahallalar, madaniyat markazlari, istirohat bogʻlari, taʼlim muassasalari hamda sanʼat saroylarida “Doston” kechalari va taniqli baxshi-shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish.

2018 — 2022-yillar har oyda bir marta

Ijrochilarning madaniy tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari

5.

2018/2019 oʻquv yilidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo, viloyatlaridagi ayrim bolalar musiqa va sanʼat maktablari qoshida baxshichilik va dostonchilik yoʻnalishi boʻyicha ochiladigan sinflar uchun oʻquv reja va dasturlar asosida uslubiy qoʻllanmalar chop etish hamda media ilovalar va koʻrgazmali vositalar bilan taʼminlash.

2019 — 2022-yillar

Madaniyat vazirligiga budjetdan ajratilgan mablagʻlar, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari, hududiy madaniyat hamda moliya boshqarmalari

6.

Oʻzbekiston xalq baxshilari haqida qisqa va asosiy maʼlumotlarni toʻplab, ularning portretlarini tayyorlash va joylardagi 312 ta bolalar musiqa va sanʼat maktablariga yetkazish.

2019 — 2022-yillar

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi

7.

Taniqli baxshilar ishtirokida baxshichilik sanʼati durdonasi hisoblangan “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Kuntugʻmish” “Avazxon”, “Oshiq Gʻarib va Shohsanam”, “Tohir va Zuhra” kabi dostonlar haqida telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni muntazam ravishda tayyorlab borish va efirga uzatish.

2018-yil may oyidan boshlab muntazam ravishda

Ijrochilar mablaѓlari

Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti

8.

Baxshichilik sanʼati, dostonlar va xalq termalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalq ogʻzaki ijodi yodgorliklarini toʻplash va nashr etish.

muntazam ravishda

Ijrochilar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi

9.

Oʻzbek baxshichilik sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan atoqli baxshi-shoirlarning xotira kechalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatlarini keng targʻib ќilish.

muntazam ravishda

Ijrochilar mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari

10.

Xalqaro koʻrik-tanlov va festivallar, davlat tadbirlari hamda xorij davlatlarida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston madaniyat kunlarida baxshi-shoirlarning ishtirokini taʼminlash.

2018 — 2022-yillar

Tadbirlar xarajatlari smetasi doirasida

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

11.

Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining kutubxona fondini milliy-maʼnaviy ќadriyatlarimiz, madaniyatimiz, folklor, anʼanaviy ќoʻshiќchilik hamda baxshichilik sanʼati yoʻnalishiga doir chop etilgan yangi adabiyotlar bilan boyitish.

muntazam ravishda

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamѓarmasi

12.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi baxshichilik yoʻnalishi mavjud bolalar musiqa va sanʼat maktablarining baxshichilik sanʼatidan saboq berayotgan mutaxassislari malakasini oshirib borish.

2019-yil oktyabrdan boshlab muntazam ravishda

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

13.

Oʻzbek baxshichilik sanʼatining taniqli namoyandalari faoliyati va ijodiga bagʻishlangan hujjatli film yaratish.

2019-yil noyabr

“Oʻzbekkino” Milliy agentligiga budjetdan ajratilgan mablagʻlar

Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 09/18/304/1109-son; 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)