Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida” va “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat boji miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat bojining mazkur qarorga ilovaga muvofiq miqdorlari 2001-yil 1-noyabrdan boshlab kuchga kiradi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga ilovaning 5-boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 24-oktabr,
421-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat boji
MIQDORLARI
Oldingi tahrirga qarang.
|
Faoliyat turlari |
Boj miqdorlari |
| Mahalliy kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 85 |
| Loyihalash | 15 |
| Qurish | 15 |
| Foydalanish | 30 |
| Xizmatlar koʻrsatish | 30 |
| Shaharlararo kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 430 |
| Loyihalash | 30 |
| Qurish | 60 |
| Foydalanish | 150 |
| Xizmatlar koʻrsatish | 200 |
| Xalqaro kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 1900 |
| Loyihalash | 200 |
| Qurish | 400 |
| Foydalanish | 500 |
| Xizmatlar koʻrsatish | 800 |
| Koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 140000 |
| Loyihalash | 200 |
| Qurish | 400 |
| Foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 140000 |
| Shaxsiy chaqiruv (peyjing, radiotelefon, trankli) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatish | 135 |
| Loyihalash | 10 |
| Qurish |
20 |
| Foydalanish | 30 |
| Xizmatlar koʻrsatish | 80 |
| Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatish (litsenziya amal qilishining barcha davriga) | 200 |
| Loyihalash | 10 |
| Qurish | 20 |
| Foydalanish | 30 |
| Xizmatlar koʻrsatish: | |
| operatorlar va provaydyerlar tomonidan | 150 |
| umumiy foydalanish punktlari tomonidan | 10 |
| Teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 340 |
| Loyihalash | 20 |
| Qurish | 20 |
| Foydalanish | 150 |
| Xizmatlar koʻrsatish | 150 |
Izoh:
Davlat bojining miqdori bir yilga, davlat boji toʻlanadigan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqining miqdoriga karralangan (maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatishdan tashqari) holda hisoblab belgilangan. Davlat boji litsenziya beriladigan muddatga karralangan miqdorlarda toʻlanadi.
Davlat boji litsenziyaning amal qilish davrida har yili teng ulushlarda toʻlanishi mumkin. Bunda navbatdagi har yillik toʻlov litsenziyadan foydalaniladigan navbatdagi yilning boshlanishiga qadar kamida 30 kundan kechiktirmay toʻlanadi, navbatdagi toʻlov belgilangan muddatda toʻlanmagan holda litsenziyaning amal qilishi toʻxtatiladi.
Koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa sohasida respublikaning cheklangan hududida faoliyat koʻrsatish uchun litsenziya olish vaqtida davlat bojining miqdori qamrab olingan hududdagi aholi soniga proporsional ravishda har mingta aholi boshiga eng kam oylik ish haqi miqdorining 5,85 baravari hisobidan kelib chiqib belgilanadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-fevraldagi 29-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 53-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son, 141-modda, 22-24-son, 158-modda; 2006-y., 8-son, 53-modda; 2007-y., 27-28-son, 286-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)