24.10.2001 yildagi 419-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN XARID QILINADIGAN QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMGʻARMASI DAROMADLARINI TAQSIMLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlashga ajratiladigan kredit resurslari boʻyicha tushadigan daromadlarini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 94-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 194-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma daromadlari, Jamgʻarma xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bankdan jalb etilgan kreditlar boʻyicha hisoblab qoʻshilgan foizlar boʻyicha majburiyatlar bajarilgandan keyin, birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 428-66-son qarorida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 24-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
419-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 24-oktabrdagi 419-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanishni tartibga soladi hamda faqat davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlashga ajratilgan maqsadli mablagʻlar boʻyicha Jamgʻarma hisob raqamiga tushadigan daromad (foyda)largagina tatbiq etiladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 94-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jamgʻarmaning daromad (foyda)lari Jamgʻarmaning moliyaviy agenti (“Agrobank” ATB”)dan Jamgʻarma toʻgʻrisidagi Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ularga Jamgʻarma tomonidan paxta, don, sholi yetishtirishni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlashga ajratilgan maqsadli mablagʻlar boʻyicha har oylik vositachilik toʻlovlari tarzidagi tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma daromad (foyda)lari hisobi Jamgʻarma buxgalteriyasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri boʻyicha hisob-kitob-kassa markazida Jamgʻarma belgilangan tartibda ochgan talab qilib olinadigan maxsus ikkilamchi depozit hisob raqamlarida, paxta, don va sholi xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashga ajratilgan maqsadli mablagʻlar boʻyicha vositachilik toʻlovlarini oʻtkazish uchun alohida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma vositachilik toʻlovlari tushumlarining Jamgʻarma tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan har qaysi qishloq xoʻjaligi ekini va vaqt davri boʻyicha har oyda alohida hisoblab qoʻshilishini, hisobga olinishini va nazorat qilib borilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vositachilik toʻlovlari tarzida Jamgʻarmaning daromadlar boʻyicha maxsus maqsadli hisob raqamlariga tushadigan mablagʻlar birinchi navbatda Jamgʻarmaning davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha maqsadli xarajatlari uchun Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan jalb etilgan kreditlar boʻyicha hisoblab qoʻshilgan foizlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 94-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarma har oylik daromad (foyda)larining ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilgandan keyin qolgan miqdorining 50 foizgachasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 428-66-son qarorida belgilangan maqsadlar uchun foydalaniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 94-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 194-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarmaning maqsadli hisob raqamlarida ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin qolgan mablagʻlardan:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda – davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlashda Jamgʻarma mablagʻlarining vaqtinchalik kamomadini qoplash uchun foydalaniladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 94-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 194-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqorida sanab oʻtilgan toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin qolgan mablagʻlardan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining yozma qaroriga binoan, qishloqda islohotlar oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda, shuningdek Ijtimoiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirishda hamda xodimlarni ragʻbatlantirishda, moddiy-texnik bazani mustahkamlashda va Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarmaning koʻzda tutilmagan xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashda foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma daromadlaridan ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi xatboshida belgilangan maqsadlarda foydalanish mablagʻlarni Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlaridan Moliya vazirligining tegishli hisob raqamlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamgʻarmaning daromadlar boʻyicha maxsus maqsadli hisob raqamlaridagi Jamgʻarma daromad (foyda)larining toʻgʻri taqsimlanishi va foydalanilishi uchun javobgarlik Jamgʻarma direktori va bosh buxgalteri yoki ularning vazifasini bajarayotgan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamgʻarma daromad (foyda)larining toʻgʻri taqsimlanishi va foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son, 140-modda; 2007-y., 19-20-son, 194-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)