Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 04.10.2001 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 16.02.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI UCHUN PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kadrlar tayyorlash darajasi va sifatini yanada oshirish hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini davlat taʼlim standartlari va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga javob beradigan yuqori malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar 2001—2010-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlari, shuningdek ularni oʻqitishda ishtirok etuvchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibi kasbiy saviyasining uzluksiz ravishda oʻsishi va malakasi oshirib borilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitish jarayoniga zamonaviy xorijiy metodikalardan foydalanish hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagoglarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining rivojlangan mamlakatlarning yetakchi oʻquv markazlarida tajriba orttirishi amaliyotini kengaytirish orqali ilgʻor xalqaro pedagogik tajribalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy texnologiyalarga asoslangan korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalangan holda ularning bazaviy oliy taʼlim muassasalari bilan kooperatsiyalashuvini va hamkorligini chuqurlashtirish yoʻli bilan muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbarlari va oʻqituvchilarining muntazam ravishda, kamida uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etish. Rahbar va oʻqituvchilarning boʻsh lavozimlarini tanlov asosida toʻldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy axborot texnologiyalari va Internet xalqaro axborot tarmogʻi imkoniyatlaridan keng foydalangan holda pedagog kadrlarni masofadan turib oʻqitish metodini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yilgacha boʻlgan davrda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat test markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda 2001/2002 oʻquv yilidan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borsin va davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq baholasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga davlat talablarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001—2010-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ular malakasini oshirishning oʻquv rejalari va dasturlarini ikki oy muddatda qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida kadrlar tayyorlash kasbiy darajasi monitoringi natijalariga koʻra akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishning miqdoriy koʻrsatkichlarini va tartibini aniqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog va muhandis-pedagog kadrlariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ustoz” jamgʻarmasi bilan birgalikda 2001—2010-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini roʻyobga chiqarishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining mintaqalardagi yoshlar va jamiyatning maʼnaviy hamda aqliy rivojlanishiga koʻmaklashuvchi maʼrifat, madaniyat, ommaviy kompyuter savodxonligi markazlari sifatidagi rolini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarining ijtimoiy maqomi va jamiyatdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomenklaturasiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi rahbari (H.S.Karomatov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining tanlovdan oʻtgan direktorlarini tayinlash tartibini 15 kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Davlat test markazi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida rahbar va oʻqituvchilarning boʻsh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar, tasdiqlasinlar va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili davlat budjetini shakllantirishda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining rahbar, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda oʻquv asbob-anjomlari xarid qilish uchun jalb etilayotgan grantlar va xorijiy kreditlar mablagʻlaridan, shuningdek, oʻqituvchilarni rivojlangan mamlakatlarning yetakchi oʻquv markazlarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ham foydalanishni nazarda tutsin.
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
400-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yilgacha boʻlgan davrda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini shakllantirish va rivojlantirish akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini maxsus tayyorlangan yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlashni, ular faoliyatining raqobat muhitini shakllantirishni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning boshlangʻich bosqichida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalari tarmogʻining ikki bosqichli tizimi tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur dastur Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning sifat jihatidan yangi bosqichi vazifalaridan kelib chiqib islohotlar jarayonini chuqurlashtirishni nazarda tutadi, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining rahbar hamda muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini oʻzgartirish va takomillashtirish yoʻli bilan respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun kadrlarni oʻqitish va ularni tayyorlash sifatini oshirishga koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Dasturning maqsadi va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturning maqsadi – pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini muntazam oshirish yoʻli bilan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini davlat taʼlim standartlari talablariga javob beruvchi yuqori malakali pedagoglar va muhandis-pedagog kadrlar bilan taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy vazifa – pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi talablarini hisobga oluvchi, pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning moslashuvchan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy taʼlim muassasalari, institutlar, fakultetlar hamda pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarining professor-oʻqituvchilar tarkibining kasb darajasini oshirish, xorijiy tillarni oʻrganishni kengaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga kasb-hunar taʼlimining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan (dual) tizimini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarning kasb darajasini oshirish jarayoniga ilgʻor zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlar oldindan tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini taʼminlaydigan quyidagi koʻrsatkichlarni har yili aniqlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan mutlaq va qoʻshimcha ehtiyojning prognoz koʻrsatkichlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qoplash manbalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish koʻrsatkichlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Vazifalarni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq, oʻquv rejalari hamda bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagogik va muhandis-pedagogik yoʻnalishdagi bakalavrlar tayyorlash umumiy taʼlim maktablarining 11-sinflari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari orasidan, pedagogika mutaxassislari magistrlari esa – pedagogik yoʻnalishdagi bakalavriat bazasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilarini tayyorlash oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining ehtiyojiga muvofiq respublikaning bazaviy va yetakchi universitetlarida va pedagogika institutlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasb-hunar kollejlarining tarmoq yoʻnalishlari boʻyicha maxsus fanlar oʻqituvchilari va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash oliy taʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan kafedralari va fakultetlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy rahbarlik, pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yoʻllari va usullarini belgilash, ular bazasida pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish amalga oshiriladigan ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati, shuningdek ular faoliyatini muvofiqlashtirish, idoraviy qarashliligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajaradi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini, ularni tayyorlashning miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi – 1-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagogik faoliyat uchun zarur boʻlgan bilimlar, oʻquv va malaka hajmi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan ishlab chiqiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlarini hisobga olgan holda oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari asosida oʻquv rejalari va dasturlarini yangilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy-metodologik asosini rivojlantirish va takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻquv bazasidan va ishlab chiqarish korxonalarining ilgʻor moddiy-texnika bazasidan foydalanish yoʻli bilan pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan (dual) tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy axborot texnologiyalari va Internet tarmogʻi imkoniyatlaridan foydalangan holda oʻqitishning interaktiv metodlarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibini bosqichma-bosqich attestatsiyadan oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash – oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlariga va zamonaviy talablar asosida ishlab chiqilgan oʻquv dasturlariga muvofiq pedagog kadrlarning kasb bilimlari, oʻquv va malakasini oldindan yangilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorlash oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini, yangi pedagogik texnologiyalarni oʻrganishni, zamonaviy texnikani va ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlanishi sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirishni, xorijiy tillarni oʻrganishni taqozo etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumtaʼlim maktablaridan, kasb-hunar texnika bilim yurtlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlaridan boʻshab qoladigan pedagog va muhandis-pedagog kadrlar qayta tayyorlash bilan qamrab olinadi. Qayta tayyorlash muddatlari pedagoglarning kasb malakasi darajasiga qarab buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadrlar malakasini oshirish — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlariga muvofiq kadrlarning kasb bilimlari, oʻquv va malakasini chuqurlashtirish va takomillashtirish, yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishga koʻmaklashuvchi fanlar boʻyicha zamonaviy bilimlar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlari malakasini oshirish davriyligi ushbu muassasalar ehtiyojiga qarab belgilanadi. Tinglovchilarni oʻqitish muddatlari davlat talablariga muvofiq va ularning kasb tayyorgarligi darajasi hisobga olingan holda belgilanadi.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining buyurtmasi boʻyicha institutlarda, oliy taʼlim muassasalarining fakultetlarida va ixtisoslashtirilgan markazlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorgarlikdan oʻtgan kadrlarning bilim darajasi buyurtmachi tomonidan qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlari malakasini oshirish shakllaridan biri – rivojlangan xorijiy mamlakatlarning taʼlim va trening markazlarida tajriba orttirishni rivojlantirish davom ettiriladi. Bunda “Ustoz” jamgʻarmasi va ushbu maqsadlar uchun jalb etiladigan xorijiy grantlar va kreditlar hisobiga tajriba orttirishni tashkil etishga asosiy eʼtibor beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy mamlakatlarning trening markazlari barpo etish va ular faoliyatini tashkil etish tajribasi asosida kasb-hunar kollejlarida taʼlimning innovatsiya usullarini oʻrganish boʻyicha tayanch markazlari tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining ehtiyojiga muvofiq yetakchi va bazaviy universitetlarda, maxsus fanlar va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish esa – oliy taʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan kafedralari, fakultetlari va markazlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron pochta va Internet tarmogʻi qoʻllanilgan holda pedagog kadrlarni masofadan turib qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish keng rivojlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy rahbarlik qilish, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yoʻllari va usullarini belgilash, ular bazasida kafedralar, fakultetlar va ixtisoslashtirilgan malaka oshirish markazlari tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati, shuningdek ular faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyurtmachi vazifasini bajaradi hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlar oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimining ilmiy-metodologik asosini kuchaytirish va davlat talablarini doimiy ravishda yangilab borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida dars berishning zamonaviy usullari va shakllariga oʻqitishga qaratilgan variantli oʻquv rejalari va tabaqalashtirilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institutlar, kafedralar, fakultetlar va malaka oshirish markazlarining professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka oshirish kurslari tinglovchilarining amaliy mashgʻulotlari tayanch oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, kasbiy oʻqitish mutaxassislari va maxsus fanlar oʻqituvchilarining amaliy mashgʻulotlari esa – ishlab chiqarishning yangi texnologiyalari qoʻllaniladigan va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilgʻor ishlab chiqarish korxonalarida oʻtkazilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor xorijiy tajribadan foydalangan holda kasb-hunar kollejlari huzurida taʼlimning innovatsiya usullarini oʻrganish boʻyicha mintaqaviy tayanch markazlari tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan va Internet tarmogʻi qoʻllanilgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarini masofadan turib oʻqitish tizimi va mexanizmini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish koʻrsatkichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prognoz hisob-kitoblarga koʻra yangi va qayta taʼmirlangan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari ishga tushirilishi davomida pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan mutlaq ehtiyoj 2010-yilda 167 ming kishidan koʻproqni tashkil etadi (1-jadval*).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yilgacha tashkil etiladigan 178 akademik litseyning pedagog kadrlarga ehtiyoji 8,4 ming kishini tashkil etadi, 1689 kasb-hunar kolleji uchun zarur boʻlgan oʻqituvchilar soni esa 158,8 ming kishigacha oʻsadi (2, 3 va 4-jadvallar)*.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyojni qoplash uchun kelgusida 2010-yilgacha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash hajmlarini har yili oshirib borish kutiladi. Hisob-kitoblar boʻyicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini pedagog kadrlar bilan toʻliq taʼminlash uchun 10 yil ichida 101,2 ming mutaxassis tayyorlanishi kerak, yaʼni oliy taʼlim muassasalarida pedagog va muhandis-pedagog yoʻnalishlari boʻyicha abituriyentlar qabul qilish har yili 9-10 ming kishigacha yetkaziladi (5-jadval)*.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va kasb-hunar bilim yurtlaridan boʻshab qoladigan 77 mingdan koʻproq oʻqituvchi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga jalb etiladi. Oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini pedagogik faoliyatga, ayniqsa akademik litseylarga jalb etish davom ettiriladi. Har yili 16 mingdan 56 minggacha oʻqituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan qamrab olinadi (6 va 7-jadvallar)*.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001—2010-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashning hisoblab chiqilgan balansi 8-jadvalda* berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Jadvallar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarni va pedagogik tajribani ayirboshlashni kengaytirish maqsadida mazkur Dasturning maqsadlari va asosiy vazifalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy oʻquv yurtlarining rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan xalqaro hamkorligi amaliyoti kuchaytiriladi, Internet tarmogʻi boʻyicha ular bilan elektron aloqa oʻrnatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy mamlakatlarning ilmiy-pedagogik salohiyatini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb etish amaliyoti kengaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining kafedralari mudirlari va oʻqituvchilarining xorijda tajriba orttirishlari faollashtiriladi, ushbu maqsadlar uchun xalqaro moliyaviy institutlarning grantlari va imtiyozli kreditlari jalb etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institutlar, fakultetlar va malaka oshirish markazlari professor-oʻqituvchilari tarkibining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbarlari va pedagogik kadrlarining “Ustoz” jamgʻarmasi orqali xorijda tajriba orttirishlari hajmlari koʻpaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida qatnashuvchi taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish oliy taʼlim muassasalari, kafedralar, fakultetlar va markazlarning oʻquv va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan birgalikda olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institutlar, kafedralar, fakultetlar va oliy taʼlim muassasalarining malaka oshirish markazlari moddiy-texnika bazasi darajasi va holati oʻrganiladi hamda ularning oʻquv-laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlanishini yaxshilash chora-tadbirlari dasturi tayyorlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitish jarayoniga kompyuter texnikasini, audio-video materiallarni joriy etish va Internet tarmogʻiga ulanish chora-tadbirlari koʻriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
multimediy oʻqitish dasturlari ishlab chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy masofadan turib taʼlim berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari koʻriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarini jihozlashga qoʻshimcha grantlar va imtiyozli kreditlar jalb etiladi, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Dasturni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog va muhandis-pedagoglar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va mahalliy budjetlarning har yilgi parametrlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari, shuningdek budjetdan tashqari boshqa daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
homiylar va taʼlim muassasalarining vasiylari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asbob-uskunalar sotib olish, taʼlim jarayonini takomillashtirish, shuningdek oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun jalb etiladigan grantlar va xorijiy kreditlar mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ustoz” jamgʻarmasi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonun hujjatlari shartlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎T/r

Oliy taʼlim muassasalari nomi

Ixtisoslashgan boʻlinmalar

Taʼlim ixtisosi va yoʻnalishi

Bazaviy oliy taʼlim muassasalari
1.‎ Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat-texnologiya instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Qurilish, qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati, transport, savdo, mashinasozlik, energetika‎
2.‎ Namangan muhandislik-pedagogika instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Qurilish, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, transport, mashinasozlik‎
3.‎ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Akademik litseylar rahbarlari, umumtaʼlim fanlari, pedagogika, psixologiya, ijtimoiy soha, kompyuter va axborot texnologiyalari‎
Yetakchi oliy taʼlim muassasalari
4.‎ Qoraqalpoq davlat universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Umumtaʼlim fanlari va ijtimoiy fanlar, pedagogika, qishloq xoʻjaligi, qurilish‎
5.‎ Andijon davlat universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Umumtaʼlim fanlari, pedagogika‎
6.‎ Andijon davlat tillar pedagogika instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Chet tillar‎
7.‎ Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Iqtisodiyot, moliya, menejment‎
8.‎ Buxoro davlat universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Umumtaʼlim fanlari, pedagogika‎
9.‎ Jizzax politexnika instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Yengil va oziq-ovqat sanoati, transport, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash‎
10.‎ Qarshi davlat universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Umumtaʼlim fanlari, pedagogika‎
11.‎ Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot‎
12.‎ Namangan davlat universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Umumtaʼlim fanlari, pedagogika‎
13.‎ Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Iqtisodiyot, moliya, menejment, marketing‎
14.‎ Samarqand davlat universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Umumtaʼlim fanlari va ijtimoiy fanlar, pedagogika‎
15.‎ Samarqand davlat chet tillar instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Chet tillar‎
16.‎ Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Qurilish‎
17.‎ Samarqand kooperativ instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Iqtisodiyot, moliya, menejment‎
18.‎ Termiz davlat universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Umumtaʼlim fanlari, pedagogika‎
19.‎ Guliston davlat universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Umumtaʼlim fanlari, pedagogika‎
20.‎ Fargʻona davlat universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Umumtaʼlim fanlari va ijtimoiy fanlar, pedagogika‎
21.‎ Fargʻona politexnika instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Qurilish, energetika, transport, sanoat, xizmat koʻrsatish (texnika) sohasi‎
22.‎ Urganch davlat universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Umumtaʼlim fanlari, pedagogika‎
23.‎ Oʻzbekiston milliy universiteti‎ Oliy pedagogika instituti‎ Umumtaʼlim fanlari va ijtimoiy fanlar, kompyuter va axborot texnologiyalari‎
24.‎ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Chet tillar‎
25.‎ Oʻzbek davlat jismoniy tarbiya instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Jismoniy tarbiya va sport‎
26.‎ Toshkent moliya instituti‎ Malaka oshirish instituti‎ Moliya, kredit, soliqlar, buxgalteriya hisobi‎
27.‎ Toshkent arxitektura-qurilish instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Qurilish‎
28.‎ Toshkent avtomobil yoʻllari instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Transport (avtomobil)‎
29.‎ Toshkent davlat aviatsiya instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Transport (aviatsiya)‎
30.‎ Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Yengil sanoat‎
31.‎ Toshkent kimyo-texnologiya instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi‎ Kimyo, neft va oziq-ovqat sanoati‎
32.‎ Toshkent davlat agrar universiteti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Qishloq xoʻjaligi‎
33.‎ Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash‎
34.‎ 1-Toshkent tibbiyot instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Tibbiyot‎
35.‎ Toshkent davlat madaniyat instituti‎ Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti‎ Madaniyat, sanʼat, kutubxonachilik ishlari‎
36.‎ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti‎ Malaka oshirish instituti‎ Iqtisodiyot, iqtisodiyot yoʻnalishidagi kasb-hunar kollejlari rahbarlari, xizmat koʻrsatish (iqtisodiyot) sohasi, marketing, iqtisodiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, kompyuter va axborot texnologiyalari‎
37.‎ Toshkent davlat texnika universiteti‎ Muhandislik-pedagogika instituti‎ Sanoat, xizmat koʻrsatish (texnika) sohasi, axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi‎
38.‎ Toshkent elektrtexnika va aloqa instituti‎ Axborot texnologiyalari markazi‎ Kompyuter texnikasi, elektron kommunikatsiyalar, axborot texnologiyalari‎
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: aniq ehtiyojlarga muvofiq Roʻyxatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 19-son, 137-modda; 2003-y., 1-2-son, 11-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 6-7-son, 39-modda; 2008-y., 33-son, 319-modda; 2012-y., 33-34-son, 390-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)