Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2003 18.09.2001 yildagi 377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2003
Hujjat 29.09.2003 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PAXTA TOLASINI MARKAZLAShTIRILGAN EKSPORT QILIShNI TAShKIL ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmoniga muvofiq va paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishga doir topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi, Oʻzbekiston davlat karantin inspeksiyasi tasdiqlangan Nizom soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxta-bank”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddatda paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish jarayoni rahbarlari va mutaxassislarining mazkur qarorni bajarishga doir mintaqaviy (viloyatlararo) seminarlarini oʻtkazsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 18-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
377-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 18-sentabrdagi 377-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorligini tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda 2001-yil hosilidan boshlab paxta tolasi ishlab chiqarish va uni eksportga yetkazib berish balansini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda mazkur Nizomda “tashqi savdo kompaniyalari” deb ataladi) boʻyicha shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kontraktdan oldin puxta ishlash hamda paxta tolasini (markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan) eksport qilishning tasdiqlangan hajmlariga muvofiq tashqi savdo kompaniyalarining xorijiy xaridorlar bilan kontraktlar tuzishiga doir barcha ishlarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga yuklanadi. Vazirlik tuzilgan kontraktlarning tashqi savdo kompaniyalari tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda tasdiqlangan balanslarga muvofiq “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari boʻyicha paxta tolasini yuklab joʻnatishning har choraklik yigʻma jadvallari ishlab chiqilishini, kelishilishini va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi doimiy nazoratni amalga oshiradilar hamda paxta tolasini eksport qilish jadvallarini bajarishda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga va tashqi savdo kompaniyalariga koʻmaklashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda har oyda oyning 12-kunida paxta tolasi ishlab chiqarish va yetkazib berish, shu jumladan eksportga yetkazib berish balansi bajarilishiga doir axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
(2—6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tashqi savdo kompaniyalari oʻzlariga ajratilgan paxta tolasi hajmlari doirasida “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan markazlashtirilgan eksport boʻyicha paxta tolasi yetkazib berishga shartnomalar va uni sotish uchun xorijiy xaridorlar bilan kontraktlar tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bir haftada ikki marta va yuklab joʻnatilgan oy tamom boʻlgach tashqi savdo kompaniyalariga va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga yetkazib berilgan paxta tolasi va uning assortimendagi qoldigʻi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadilar. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi olingan maʼlumotlar asosida har oyda oyning 15-kunigacha eksport boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga yigʻma axborotni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashqi savdo kompaniyalari tuzilgan shartnomalar, kontraktlar va mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan axborot asosida paxta tolasini yuklab joʻnatishga belgilangan tartibda eksport bildirishnomalarini rasmiylashtiradi va ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat bojxona qoʻmitasi bir ish kuni mobaynida tashqi savdo kompaniyalari tomonidan yozib beriladigan paxta tolasini yuklab joʻnatishga eksport bildirishnomalar roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tashqi savdo kompaniyalari yuklab joʻnatiladigan oy boshlanishigacha Davlat bojxona qoʻmitasida roʻyxatdan oʻtkazilgan eksport bildirishnomalarni, kontraktlar nusxalarini, shuningdek yukxatlarini toʻldirishga doir yoʻriqnomalarni “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tashqi savdo kompaniyalari eksport bildirishnomalari asosida ular olingan kundan 2 kundan kechikmay tegishli hajmdagi va assortimentdagi paxta tolasini eksportga yuklab joʻnatishga naryadlarni rasmiylashtiradilar va paxta zavodlariga yuboradilar. Naryadlar rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch kundan kechikmay hududiy aksiyadorlik birlashmalari tashqi savdo kompaniyalariga yuklab joʻnatish uchun paxta zavodlariga berilgan naryadlar toʻgʻrisida hududiy birlashma rahbarining imzosi qoʻyilgan va muhr bosilgan axborot yuboradilar, unda eksport bildirishnomaning, naryad va kontraktning tartib raqamlari, yuklab joʻnatilgan paxta tolasi hajmi, uning assortimenti va yukni joʻnatuvchi paxta zavodi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tashqi savdo kompaniyalari hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining joylardagi boʻlinmalari bilan shartnomalar asosida ekspeditorlik kodlari, vagonlar boʻyicha yordamchi kodlar (“Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi orqali) olishga va paxta tolasi tashishga yaroqli vagonlar berilishiga buyurtmanomalar beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida ularga vagon va konteynerlar berish uchun rejalar beradi. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni kelishuvga koʻra “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari yoki tashqi savdo kompaniyalari amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashqi savdo kompaniyalari bilan mavjud shartnomalar asosida bir sutka mobaynida ularga ekspeditorlik kodlari va vagonlar boʻyicha yordamchi kodlar beradilar, tashqi savdo kompaniyalari ularni oʻz navbatida “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga berishadi.
(8—16-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston “Sifat” markazi, uning mintaqaviy laboratoriyalari oʻzlari oʻtkazgan paxta tolasi sifatini toylar boʻyicha baholash asosida ikki kun muddatda muvofiqlik sertifikatlari berilishini taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Paxta zavodlari olingan naryadlarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi standartlariga muvofiq paxta tolasi partiyasini (vagon normasini) tanlab olishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston “Sifat” markazining mintaqaviy laboratoriyasidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, uning sifati va miqdori toylar boʻyicha baholash asosida joʻnatilayotgan partiya ogʻirligi koʻrsatilgan muvofiqlik sertifikati olishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta tolasining tegishli partiyasi uchun, uni fumigatsiyalagan holda (zarur boʻlganda), kelib chiqish sertifikati va fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirilishini taʼminlashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga paxta tolasini yuklash uchun yopiq vagonlar berilishi hamda ekspeditorlik kodlari va vagonlar boʻyicha yordamchi kodlari olish uchun buyurtmanoma berishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Eksport bildirishnomasi bojxona organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgach, ekspeditorlik kodlari va vagonlar boʻyicha yordamchi kodlar olingach paxta zavodlari yukni joylardagi bojxona organlariga koʻrsatadilar va paxta tolasini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan berilgan paxta tolasini eksport qilishga yaroqli vagonlarga yuklaydilar va bojxona rasmiylashtiruvidan keyin ularni tashish uchun temir yoʻl stansiyasiga beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari yuklab joʻnatilgandan keyin ikki kundan kechikmay tashqi savdo kompaniyalariga yuklab joʻnatilgan paxta tolasi toʻgʻrisida, kontraktning eksport bildirishnomasining, vagon va yukxat tartib raqami, yuklab joʻnatilgan stansiya, yuk yetkazib beriladigan stansiya, yuklab joʻnatilgan sana, yukning (konditsion, brutto, netto) ogʻirligi, sorti koʻrsatilgan tezkor axborotni taqdim etishadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, oʻz vaqtida ekspeditorlik kodlari, vagonlar boʻyicha yordamchi kodlar ajratishadi, paxta tolasini tashishga yaroqli vagonlar va konteynerlar berishadi, shuningdek yukning belgilangan tartibda respublika hududida va uning tashqarisida xavfsiz tashilishini hamda ekspeditorlikni taʼminlashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Paxta tolasini eksportga joʻnatish hajmlari boʻyicha oʻzaro solishtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tolasi yuklab joʻnatilgan kundan boshlab 10 kalendar kundan kechikmay tashqi savdo kompaniyalariga yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun ulgurji sotish (preyskurant) narxlari boʻyicha toʻlovga hisob raqamlarini taqdim etishadi, ularga nazorat varaqasi, temir yoʻl yukxatlarining asl nusxasi, Oʻzbekiston “Sifat” markazining muvofiqlik sertifikati, fitosanitariya sertifikati va tovarga doir boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
(22-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjaliklarga tegishli resurslardan yuklab joʻnatilgan paxta tolasi boʻyicha toʻlov uchun taqdim etiladigan hisob raqamiga “ -son paxta tozalash korxonasi, 70 foizli paxta tolasi 200__ yil hosili” soʻzlari yozilgan shtamp qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va tashqi savdo kompaniyalari har oyda, hisobot oyidan keyingi har oyning 10-kunidan kechikmay, taqdim etilgan hisob raqamlari boʻyicha oshib boruvchi yakun bilan yuklab joʻnatilgan paxta tolasi hajmi uchun davlat resurslari boʻyicha va xoʻjaliklar resurslari boʻyicha alohida oʻzaro solishtirish dalolatnomalarini rasmiylashtiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Solishtirish dalolatnomalari bir nusxadan Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga taqdim etiladi, davlat resurslaridagi paxta tolasi boʻyicha esa tashqi savdo kompaniyalari dalolatnomani Moliya vazirligiga ham taqdim etadilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tashqi savdo kompaniyalari “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari hisob raqamlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat resurslaridan yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun – ulgurji-sotish (preyskurant) narxlari boʻyicha, plyus “Paxtasanoat” uyushmasining sotish xarajatlariga (shu jumladan sotish ustamasini qoʻshgan holda) haq toʻlaydilar. Ulgurji sotish va jahon narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq (sotish boʻyicha xarajatlarni chegirgan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjaliklar resurslaridan yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun – dastlab ulgurji-sotish (preyskurant) narxlari boʻyicha, plyus “Paxtasanoat” uyushmasining sotish xarajatlariga (shu jumladan sotish ustamasini qoʻshgan holda) haq toʻlaydilar, jahon (sotish boʻyicha xarajatlarni chegirgan holda) ulgurji sotish narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqni esa har oyda oʻtkaziladigan oʻzaro solishtirish natijalari boʻyicha va kontraktlar yopilgach qoʻshimcha ravishda xoʻjaliklarga toʻlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon narxlari ulgurji-sotish narxlaridan pasaygan taqdirda salbiy farq umuman hosil boʻyicha hamda davlat resurslaridan va xoʻjaliklar resurslaridan yuklab joʻnatilgan hajmlar boʻyicha alohida aniqlanadi va tashqi savdo kompaniyalari hisob-kitoblarni, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga tegishli takliflar kiritish uchun, har chorakda va umuman hosil boʻyicha Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
(24-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tashqi savdo kompaniyalaridan paxta tolasi uchun ulgurji sotish narxlari boʻyicha mablagʻlarni olgach, ularni 2 bank kuni mobaynida oʻzining hisob-kitob markazlari orqali, belgilangan nisbatlarda Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi oʻrtasida taqsimlaydilar, ularning tegishli hisob raqamlariga oʻtkazilishini taʼminlaydilar.
(25-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta zavodlari olingan mablagʻlardan belgilangan tartibda qarzlarni uzish va budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi navbatdagi toʻlovlarni toʻlash, ish haqi toʻlash, shuningdek zavodlarning boshqa ehtiyojlari uchun foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari, xoʻjaliklar resurslaridan yuklab joʻnatilgan paxta tolasining jahon va ulgurji-sotish narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq tarzidagi qoʻshimcha mablagʻlarni, yuklab joʻnatish va oʻzaro hisob-kitoblar tugallangach, solishtirish dalolatnomalari natijalari boʻyicha qishloq xoʻjaligi korxonalariga tegishli qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qaysi xoʻjalikka qoʻshimcha toʻlov sotilgan paxta tolasi hajmi uchun, uning sifat koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Eksportga yetkazib berishda uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik va paxta zavodlarining ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini taʼminlash maqsadida tashqi savdo kompaniyalari tomonidan temir yoʻl va boshqa aloqador idoralar xizmatlari haqini, shuningdek moddiy-texnika resurslari qiymatini paxta tolasi sotishdan olingan tushum hisobidan toʻlashga yoʻl qoʻyiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasi markazlashtirilgan
eksport qilishni tashkil etish
tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasi markazlashtirilgan eksportini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi

Paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish sxemasining tavsifi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Pozitsiya t/r

Pozitsiya mazmuni‎

Bajarish muddati (kun)

Masʼul bajaruvchilar‎

1.‎ Xaridorlar-xorijiy firmalar bilan tuzilgan eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va eksportga mahsulot yetkazib berish boʻyicha axborot almashish‎ 2‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tashqi savdo kompaniyalari‎
2.‎ Xorijiy firmalar bilan kontraktlar tuzish‎ 15‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalari‎
3.‎ Kontraktlarni hisobga qoʻyish va eksport bildirishnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish‎ 3‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalari, “Oʻzmilliybank”, Davlat bojxona qoʻmitasi‎
4.‎ Eksportga mahsulot yetkazib berish yuzasidan xoʻjalik shartnomasi tuzish. Shartnomaga muvofiq yuklab joʻnatishni tashkil etish uchun eksport bildirishnomalari, kontraktlarning nusxalari va boshqa hujjatlarni taqdim etish‎ 5‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalari, “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari‎
5.‎ Yuklab joʻnatish uchun naryadlarni rasmiylashtirish va ularni bojxonada roʻyxatdan oʻtkazish‎ 1‎ “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari, hududiy bojxonalar‎
6.‎ “Paxtasanoat” hududiy boʻlinmalari tomonidan paxta zavodlariga yuklab joʻnatish uchun naryadlar berish‎ 1‎ “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari‎
7.‎ “Sifat” markazida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va olish‎ 2‎ “Sifat” markazining hududiy laboratoriyalari‎
8.‎ Kelib chiqish sertifikatlarini rasmiylashtirish va olish‎ 1‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Ekspertiza” xoʻjalik hisobidagi hududiy firmalari‎
9.‎ Fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirish va olish hamda fumigatsiya oʻtkazish (zaruratga qarab)‎ 1‎ “Oʻzkarantin” hududiy boʻlinmalari va inspeksiyalari‎
10.‎ Birlashmaga vagonlarga buyurtmanomalar berish, ekspeditorlik kodlarini, vagonlar boʻyicha yordamchi kodlarni olish‎ 1‎ Paxta zavodlari, “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari‎
11.‎ Naryadlarga muvofiq yuklash uchun vagonlarga oid buyurtmanomalar berish‎ 1‎ “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari, paxta zavodlari‎
12.‎ Ekspeditorlik kodlari, vagonlar boʻyicha yordamchi kodlarni ajratishga buyurtmanomalar berish va vagonlar berishga buyurtmanomalarning nusxalarini berish‎ 1‎ “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari‎
13.
‎14.‎
Ekspeditorlik kodla�i, vagonlar boʻyicha yordamchi kodlarga buyurtmanomalar berish va ularni olish, ularni “Paxtasanoat” hududiy boʻlinmalariga berish‎ 2‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalari, “Oʻztashqitrans” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi‎
15.‎ Paxta zavodlariga ekspeditorlik kodlari, vagonlar boʻyicha yordamchi kodlarni va vagonlar berish rejasini berish‎ 1‎ “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi boʻlinmalari‎
16.‎ Bojxona yuk deklaratsiyalarini, boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va joʻnatishga ruxsatnoma olish‎ 1‎ Hududiy bojxonalar, bojxona postlari, paxta zavodlari‎
17.‎ Vagonlar berishga buyurtmanoma berish, joʻnatish hujjatlari toʻplamini tayyorlash, vagonlarga yuk ortish va ularni joʻnatish naryadlarida koʻrsatilgan joʻnatish rekvizitlari boʻyicha tashishga berish, hisob varaqlarni toʻlovga taqdim etish uchun tashuvchilardan tovar-transport yukxatlarini olish‎ 1‎ Paxta zavodlari, temir yoʻl bekatlari‎
18.‎ Hisobvaraqlarni tayyorlash va joʻnatish hujjatlari bilan birga oʻzaro hisob-kitob qilgan holda toʻlovga taqdim etish‎ 7‎ Paxta zavodlari, “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari‎
19.‎ Hisobvaraqlarni tekshirish va mahsulotni sotishdan mablagʻlarning kelib tushishiga qarab oʻzaro hisob-kitob qilgan holda tashqi savdo kompaniyalariga toʻlov uchun berish‎ 5‎ “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining kompaniyalari‎
20.‎ Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi, Davlat soliq qoʻmitasi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan oʻzaro hisob-kitob qilish‎ mablagʻlarning kelib tushishiga qarab‎ “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 18-son, 132-modda; 2003-y., 1-2-son, 11-modda)