T/r | Chora-tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddatlari | Mas’ul ijrochilar |
I. ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISh | ||||
1. | Adliya vazirligining markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari tarkibiy tuzilmalarining nizomlari va ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Adliya vazirining buyruqlari | 2018-yil 5-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
2. | Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti faoliyatini tashkil qilish, uni joylashtirish, moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha takliflar tayyorlash, unda institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari bilan tenglashtirishni nazarda tutish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov) |
3. | Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Nizomi, tarkibi hamda yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga qaratilgan birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash. | Adliya vazirining buyrug‘i | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
4. | Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan adliya organlari va muassasalari, davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida o‘qitish va malakasini oshirish uchun jo‘natish to‘g‘risidagi tartibni tasdiqlash. | Adliya vazirining buyrug‘i | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov) |
5. | Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yurisprudensiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga quy�sh bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish, shuningdek O‘zbekistonda ularning filiallarini tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2018-yil 1-iyulga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
II. HUQUQ IJOD QILISh AMALIYOTI VA HUQUQIY XIZMAT KO‘RSATISh SOHASIDA ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TA’MINLASh VA TAKOMILLAShTIRISh | ||||
6. | O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini joylashtirish va muhokama qilish tartibini takomillashtirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2018-yil 15-mayga qadar | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
7. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi reglamentlariga quyidagilarni nazarda tutgan tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish: jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirish; normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari idoralararo kelishuvlardan so‘ng, Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizani o‘tkazish hamda takroran — Vazirlar Mahkamasi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tarkibiy tuzilmalarida ularning konseptual qoidalari o‘zgartirilganidan keyin; Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha berilgan xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini kiritish. | Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
8. | Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan 1993-yil 17-iyunga qadar qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotayotgan sobiq Sovet Ittifoqining idoraviy hujjatlari o‘rniga qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni nazarda tutgan tadbirlar rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish,. | Tadbirlar rejasi | 2018-yil 15 iyunga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
9. | Quyidagi ma’lumotlarni taqdim qilish tartibini nazarda tutgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi reglamentlariga, shuningdek xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari Namunaviy reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga adliya vaziri tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida; Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri va hududiy adliya boshqarmalari boshliqlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarida norma ijodkorligi faoliyati holati to‘g‘risida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga; tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari tomonidan tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga. | Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
10. | Xalqaro shartnomalarning loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida metodik yo‘riqlar tayyorlash. | Qo‘shma qaror loyihasi | 2018-yil 1-iyunga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov) |
11. | Normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish metodikasini takomillashtirish. | Adliya vazirining buyrug‘i | 2018-yil 1-iyunga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
12. | Notariat institutini bosqichma-bosqich takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash: birinchi bosqichda — amaldagi notariat tizimini, notarial xizmatlar ko‘rsatish tartibi, majburiy notarial tasdiqlanadigan bitimlar ro‘yxatini tanqidiy o‘rganish va o‘rganish natijalari bo‘yicha nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutgan takliflar kiritish; ikkinchi bosqichda — ilg‘or xorijiy tajribani va milliy amaliyotni qiyosiy o‘rganishga asoslangan davlat notarial idoralarni nodavlat shaklga o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar tayyorlash. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, tahliliy ma’lumot | 2018-yil 15-mayga qadar 1-iyulga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
IV. ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATIGA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYATEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISh | ||||
13. | “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK faoliyatini tashkil qilish va uni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish. | Adliya vazirining buyrug‘i | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
14. | Adliya organlari va muassasalari faoliyatiga, birinchi navbatda yuridik xizmat hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda faoliyatning innovatsion metodlarini tatbiq etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov) |
15. | Mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-saytlardagi Internet-botlar, “tezkor aloqa”lar orqali aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini tashkil qilish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2018-yil 1-iyunga qadar | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
16. | “Ishonch telefoni”ga kirish qo‘ng‘iroqlarini yozib olish imkoniyati bilan ularni avtomatlashtirilgan tarzda qayd qilishni joriy etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2018-yil 1-iyunga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
V. ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI KADRLAR SALOHIYATINI MUSTAHKAMLASh VA XODIMLARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISh ShAROITLARINI YaXShILASh | ||||
17. | Adliya organlari va muassasalari xodimlari faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish. | Adliya vazirining buyrug‘i | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
18. | Adliya organlari va muassasalari xodimlarining malakasini oshirish, shu jumladan masofadan o‘qitishni joriy qilib, ularni tayyorlash va qayta tayyorla�. | Reja-jadval | Doimiy | Adliya vazirligi (R. Davletov), manfatdor vazirlik va idoralar |
VI. TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETI MAGISTRATURASIGA QABUL QILISh VA O‘QITISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh, YuRIDIK KOLLEJLARNI TAShKIL ETISh, YuRIDIK MUTAXASSISLIK BO‘YIChA QAYTA TAYYORLAShNI TAShKIL QILISh | ||||
19. | Magistraturaga quyidagi fanlararo ixtisosliklarni joriy etish: “Huquq va Biznes”; “Huquq va axborot texnologiyalari”; “Moliyaviy-huquqiy monitoring” va boshqalar. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
20. | O‘zbekiston fuqarolari uchun yozma imtixonlarni saqlab qolgan holda, Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarni bekor qilish, shuningdek chet el fuqarolarini magistraturaga qabul kvotasidan tashqari hamda suhbat yo‘li bilan va test sinovlarsiz qabul qilish tizimini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
21. | Adliya vazirligining yuridik kollejlarida ta’lim olishni tashkil qilish tartibini belgilash, bituvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish, shu jumladan o‘qishni tamomlaganidan so‘ng ular uch yil davomida hamda taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlashi, shuningdek ta’lim jarayonini takomillashtirish uchun ularning namunaviy tuzilmasini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2018-yil 1-iyunga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), TDYU (E. Kanyazov) |
22. | Adliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilayotgan yuridik kollejlarning o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash. | TDYU Kengashining qarori | 2018-yil 1-iyunga qadar | TDYU (E. Kanyazov) |
23. | Toshkent davlat yuridik universiteti boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus jamg‘armasi miqdorini oshirish, bunda mazkur jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar miqdori o‘sishini hisobga olish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (A. Karimov), TDYU (E. Kanyazov) |
24. | Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi faoliyatini tashkil qilish hamda yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlovga ruxsat berilgan oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2018-yil 1 iyunga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) TDYU (E. Kanyazov) |
VII. HUQUQIY TARG‘IBOT VA XALQ BILAN MULOQOT SOHASIDA ADLIYA ORGANLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OShIRISh | ||||
25. | Amaldagi huquqiy targ‘ibot tizimini tanqidiy tahlil qilish. Tahlil natijalari bo‘yicha yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi”ni tayyorlash. | Namunaviy “Yo‘l xaritasi” | 2018-yil 15-mayga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
26. | Aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash hamda ular yuzasidan huquqiy axborot, tushuntirish va yuridik maslahatlar berish. Manzilli huquqiy targ‘ibot olib borish va aholiga qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yetkazish. | So‘rovnomalar, tadqiqotlar, Tadbirlar rejasi | Har chorakda | Adliya vazirligi (R. Davletov), manfatdor vazirlik va idoralar |
27. | Huquqiy targ‘ibotning innovatsion metodlaridan keng foydalanish. Xususan: veb-texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, Adliya vazirligining Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Twitter, Youtube, Mytube. uz va h.k.z.) faoliyatini faollashtirish; aholiga oddiy va tushunarli tilda normativ-huquqiy hujjatlarning ahamiyatini yetkazish maqsadida qulay efir vaqtida tele va audioroliklar, infografik materiallarni namoyish qilish; huquqiy targ‘ibot bo‘yicha tegishli materiallarni tayyorlash va tarqatish (ijtimoiy roliklar, suratlar, infografika, bukletlar, anketalar); fuqarolarni huquqiy ma’rifatga yetaklovchi va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan o‘rgatuvchi videoroliklar, kino v videofilmlar yaratish va namoyish qilish; Adliya vazirligining veb-saytlarida “onlayn maslaxatchi” xizmati faoliyatini kengaytirish. | Media-jadval | Tasdiqlash har chorakda
oshirish jadval asosida | Adliya vazirligi (R. Davletov), manfatdor vazirlik va idoralar |
28. | Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va namoyish etish uchun qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha materiallar tayyorlash yuzasidan idoralararo ishchi guruhini tuzish. Aholi orasida ommaviylashgan, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida qonunchilik hujjatlarining ahamiyati va mohiyatini tushuntiruvchi materiallar tayyorlash. | Adliya vazirining buyrug‘i | Doimiy | Adliya vazirligi (R. Davletov), manfatdor vazirlik va idoralar |
29. | “O‘z huquqlaringni bilgin”, “Qonun barchaga barobar” va “Qonunni buzma” mavzularida sujetli teleko‘rsatuvlarni tayyorlash va translatsiya qilish. | Tadbirlar rejasi | Doimiy | Adliya vazirligi (R. Davletov), manfatdor vazirlik va idoralar |
30. | Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari vakillariga qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadlari, ma’nosi va ahamiyatini tushuntirish uchun matbuot anjumanlari o‘tkazish. | Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish tartiboti asosida | Har oyda | Adliya vazirligi (R. Davletov), manfatdor vazirlik va idoralar |
T/r | Hududlar | Qayta tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari | Adliya vazirligi tarkibidagi yuridik kollejlar |
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Nukus yuridik kolleji | Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik kolleji |
2. | Andijon viloyati | Andijon moliya-iqtisod kolleji | Andijon viloyati yuridik kolleji |
3. | Buxoro viloyati | Buxoro yuridik va maishiy xizmatlar kasb-hunar kolleji | Buxoro viloyati yuridik kolleji |
4. | Jizzax viloyati | Jizzax huquqshunoslik kolleji | Jizzax viloyati yuridik kolleji |
5. | Qashqadaryo viloyati | Qarshi iqtisodiyot kolleji | Qashqadaryo viloyati yuridik kolleji |
6. | Namangan viloyati | Namangan yuridik kolleji | Namangan viloyati yuridik kolleji |
7. | Navoiy viloyati | Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi Navoiy kompyuter va axborot texnologiyalari akademik litseyi | Navoiy viloyati yuridik kolleji |
8. | Samarqand viloyati | Samarqand huquqshunoslik kolleji | Samarqand viloyati yuridik kolleji |
9. | Surxondaryo viloyati | Termiz ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kolleji | Surxondaryo viloyati yuridik kolleji |
10. | Sirdaryo viloyati | Guliston yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji | Sirdaryo viloyati yuridik kolleji |
11. | Toshkent viloyati | Yuqori Chirchiq tuman transport va iqtisodiyot kolleji | Toshkent viloyati yuridik kolleji |
12. | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona huquqshunoslik kolleji | Farg‘ona viloyati yuridik kolleji |
13. | Xorazm viloyati | Urganch tuman sanoat va transport kolleji | Xorazm viloyati yuridik kolleji |
14. | Toshkent shahri | Toshkent yuridik kolleji | Toshkent shahar yuridik kolleji |
T/r | Mutaxassislik nomi |
1. | Davlat xizmatlari bo‘yicha yurist |
2. | Kadrlar masalalari bo‘yicha yurist |
3. | Agrar sektorda yurist |
4. | Shartnomaviy masalalar bo‘yicha yurist |
5. | Notariat bo‘yicha yurist |
6. | Advokatura bo‘yicha yurist |
7. | Ijro ishi bo‘yicha yurist |