Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA VA KONCHILIKDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT QOʻMITASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” va “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek radioaktiv materiallarni qazib olish, yadroviy-xavfli obyektlardan foydalanishda ishlarni bexatar olib borish ustidan nazorat oʻrnatish va MAGATE bilan hamkorlik qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasining Mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish fondini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 4-son, 17-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 4-son, 17-modda)
“Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida “Sanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi organlari xodimlari respublika budjeti mablagʻlari hisobidan majburiy shaxsiy sugʻurta qilinadilar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 4-son, 17-modda)
davlat sugʻurta organlari sugʻurta qilingan xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda uning oila aʼzolari boʻlgan merosxoʻrlarga sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan paytda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravari miqdorida sugʻurta puli (toʻliq sugʻurta puli) toʻlaydilar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
sugʻurta qilinganga xizmat vazifalarini bajarish chogʻida olingan jarohat bilan bogʻliq nogironlikni belgilashda:
1-guruh nogironligi boʻlgan shaxsga — toʻliq sugʻurta pulining 75 foizi;
2-guruh nogironligi boʻlgan shaxsga — toʻliq sugʻurta pulining 50 foizi;
3-guruh nogironligi boʻlgan shaxsga — toʻliq sugʻurta pulining 30 foizi;
(3-bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
nogironlikka olib kelmagan ogʻir jarohat olinganda — toʻliq sugʻurta pulining 20 foizi, yengil jarohat olinganda — 10 foizi toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 4-son, 17-modda)
5. “Sanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi xodimlariga xizmat vazifalarini bajarish uchun transportning barcha turlariga (xizmat safari guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi mavjud boʻlganda) birinchi navbatda yoʻl chiptasi sotib olish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 4-son, 17-modda)
6. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini va kon ishlarini nazorat qilish va davlat komiteti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1982-yil 14-iyuldagi 494-son qarori (OʻzSSR QT, 1982-y., 7-son, 25-modda).
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 14-iyundagi 308-son qarori (OʻzSSR QT, 1985-y., 6-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Hukumatining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarning 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 10-yanvar,
17-son
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-sonli qaroriga muvofiq mazkur qarorning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotganligi munosabati bilan 1-ilova ham oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 4-son, 17-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-sonli qaroriga muvofiq mazkur qarorning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotganligi munosabati bilan 2-ilova ham oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 4-son, 17-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari toʻplami, 1996-y., 1-son, 1-modda, 2000-y., 4-son, 17-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 502-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)