26.10.2004 yildagi 502-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.03.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MOLIYALASHTIRISHNING MARKAZLASHTIRILGAN MANBALARI HISOBIGA QURILGAN FOYDALANISHGA TOPSHIRILAYOTGAN OBYEKTLARNING MUHANDISLIK TARMOQLARI VA INSHOOTLARINI XIZMAT KOʻRSATUVCHI TASHKILOTLAR BALANSIGA BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berish jarayonini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarini “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining issiqlik-suv taʼminoti va kommunal xoʻjaligi tashkilotlari balansiga bepul berishda ushbu tarmoqlar va inshootlarning qiymati daromad (foyda) soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqishda soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 227-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 443-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, kommunal xizmat koʻrsatish va transport kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 26-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
502-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 26-oktabrdagi 502-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilayotgan obyektlarning yagona buyurtmachisi xizmatlari (keyingi oʻrinlarda matnda “buyurtmachi” deb yuritiladi) tomonidan foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda matnda “tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlar” deb yuritiladi) “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari,tumanlar va shaharlar hokimliklarining issiqlik-suv taʼminoti va kommunal xoʻjaligi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda matnda “xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar” deb yuritiladi) balansiga bepul berish tartibini belgilaydi.
(ilovaning 1 bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 227-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 443-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi muhandislik tarmoqlari va inshootlar xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) energetika xoʻjaligi boʻyicha — 6—10 kv. elektr tarmoqlari, shu jumladan transformator punktlari va ularni elektr bilan taʼminlovchi yuqori kuchlanish tarmoqlari, transformator kichik stansiyalari hamda markaziy taqsimlash punktlaridan chiqish izolyatorlaridan boshlab shuningdek tashqi qurilmalar (tayanchlar, chiroqlar, havo va kabel tarmoqlari);
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-martdagi 68-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 95-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti boʻyicha — binolar va inshootlarning taqsimlovchi (mavze ichidagi va hovli ichidagi) tashqi suv va bugʻ tarmoqlari kirishidan berkituvchi zadvijkalar yoki ventillargacha, shuningdek alohida turgan issiqlik punktlari va binolar guruhiga issiqlikni taqsimlovchi boyler punktlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) suv quvuri-kanalizatsiya xoʻjaligi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv quvurlarining mavze ichidagi va hovli ichidagi tarmoqlari, quduqlar va boshqarish uzellari kameralari bilan, shaharlar va tumanlar hokimliklarining suv quvuri-kanalizatsiya tashkilotlariga tegishli boʻlgan suv quvuri liniyalariga ulanish joyidan boshlab suv quvuri liniyasi olib boriladigan binolarning devorlari va yakka tartibdagi uy-joylarning hovlilari hududlari toʻsiqlarigacha, shuningdek alohida turgan nasos qurilmalari, suv olish kolonkalari va artezian quduqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavze ichidagi va hovli ichidagi xoʻjalik-fekal kanalizatsiya tarmoqlari hamda ularga qurilgan inshootlar, shu jumladan binolar kanalizatsiyasining chiqish quduqlari (yakka tartibdagi uy-joylarning va tashkilotlarning oʻralgan hovlisi hududi va ularga qurilgan inshootlardan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) gaz xoʻjaligi boʻyicha — mavze ichidagi va hovli ichidagi gaz quvurlari ularga joylashgan gaz taqsimlash punktlari va gaz taqsimlashni boshqarish punktlari bilan birgalikda, gaz tarmoqlari va suyuq gazning hovlidagi idishlari, uylardagi guruh qilib oʻrnatilgan gaz ballonlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagi tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlar xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) energetika xoʻjaligi boʻyicha — ishlab chiqarish korxonalarining texnologiya maqsadlaridagi elektr tarmoqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) suv quvuri-kanalizatsiya xoʻjaligi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar ichida joylashgan sugʻorish va yuvish uchun moʻljallangan suv quvurlari, texnik yoʻlaklar va tonnellardagi boshqa muhandislik tarmoqlari bilan birgalikda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolarda joylashgan suv quvuri qoʻshimcha nasos qurilmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi uy-joylar, tashkilotlarning oʻralgan hovlisi hududida joylashgan suv quvuri, kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlar, suv olish kolonkalari va qurilmalar, texnik shartlarga koʻra ulushli qatnashish mablagʻlari hisobiga qurilgan tarmoqlar va inshootlardan tashqari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binodan kanalizatsiya qudugʻigacha chiqish liniyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) gaz xoʻjaligi boʻyicha — gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan texnik xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan uylarning ichidagi gaz apparatlari (gaz plitalari, taganlar, suv isitish apparatlari, uylarning ichidagi bugʻ qozonlarini va yakka tartibdagi uylar, kvartiralarni isitish uchun oʻrnatilgan gorelkalar va avtomatlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarni xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berish buyurtmachi tomonidan moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisida davlat komissiyasining belgilangan tartibda tasdiqlangan dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan, foydalanishga topshirilayotgan obyektni qabul qilib olishda buyurtmachi tomonidan har bir xizmat koʻrsatuvchi tashkilot boʻyicha balansga berilayotgan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarning amaldagi qiymati majburiy tartibda alohida aniqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarni xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berishda buyurtmachi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisida davlat komissiyasining dalolatnomasiga muvofiq berilayotgan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarga oldindan tayyorlangan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ijro etuvchi hujjatlarni xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga majburiy tartibda berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat komissiyasining dalolatnomasiga berilayotgan asosiy fondlarning joriy narxlardagi qiymati va oʻrnatilgan asbob-uskunalarning spetsifikatsiyasi koʻrsatilgan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarni balansga qabul qilish ularni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berilayotgan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarning chegaralari muhandislik tarmoqlari va inshootlardan texnik foydalanish qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarni oʻz balansiga qabul qilib olgandan keyin joriy yilga oʻzlarining prognoz ishlab chiqarish-moliyaviy koʻrsatkichlarini belgilangan tartibda aniqlashtiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan qabul qilingan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlar taʼminoti xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatib oʻtilgan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlardan foydalanishdan olingan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan, foydalanishga topshirilgan, biroq xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berilmagan obyektlarning tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berish ham mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari hovlilarning hududlaridan foydalanishda qopqoqli tuynuklarning saqlanishini hamda hovlilar, mavzelar, kichik dahalar va uy-joylar hududida joylashgan suv quvurlari va kanalizatsiyaning koʻrish quduqlariga, boshqaruv uzellariga erkin yaqinlashishni taʼminlashlari kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 457-modda; 2006-y., 45-son, 443-modda; 2016-y., 9-son, 95-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)