17.11.1999 yildagi 502-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.11.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XAYRIYA HAMDA BOSHQA JAMGʻARMALAR VA JAMIYATLARGA, SHUNINGDEK ULAR TOMONIDAN TASHKIL QILINGAN KORXONALAR VA BOSHQA ShuʼBA TUZILMALARIGA SOLIQLAR, YIGʻIMLAR HAMDA BOJXONA TOʻLOVLARI BOʻYICHA BERILGAN IMTIYOZLARNING QOʻLLANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetiga soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-iyuldagi PF-2343-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xayriya hamda boshqa jamgʻarmalar va jamiyatlarga, shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va boshqa shuʼba tuzilmalariga soliqlar, yigʻimlar hamda bojxona toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlarning qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 17-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
502-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
17-noyabrdagi 502-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xayriya hamda boshqa jamgʻarmalar va jamiyatlarga, shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va boshqa shuʼba tuzilmalariga soliqlar, yigʻimlar hamda bojxona toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlarning qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xayriya hamda boshqa jamgʻarmalar va jamiyatlarga* (bundan keyin notijorat tashkilotlar deb ataladi), shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va boshqa shuʼba tuzilmalariga nisbatan “Davlat budjetiga soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-iyuldagi PF-2343-son Farmonini amalga oshirish mexanizmini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Qonun hujjatlariga muvofiq notijorat tashkilotlarga mansub boʻlgan, faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish boʻlmagan tashkilotlar boshqa jamgʻarmalar va jamiyatlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yuqorida qayd etilgan Farmonning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq, Bojxona kodekslarida va “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan soliqlar, yigʻimlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarga qoʻshimcha belgilangan imtiyozlar notijorat tashkilotlarga, ular tomonidan tashkil qilingan korxonalarga hamda boshqa tuzilmalarga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Berilgan qoʻshimcha imtiyozlar doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Quyidagilardan bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtirishlari uchun yigʻimlar bundan mustasno) undirilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻzining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun notijorat tashkilotlari, shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va shuʼba tuzilmalari tomonidan olib kelinayotgan tovarlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ustav vazifalari ijro etilishiga muvofiq muruvvat yordami maqsadida olib kelingan tovarlardan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Quyidagilardan soliqlar va yigʻimlar undirilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tadbirkorlik faoliyatidan daromad olishni koʻzlamaydigan ijtimoiy-xayriya maqsadlari va boshqa maqsadlar uchun tashkil etilgan notijorat tashkilotlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— mazkur tashkilotning xodimlari, muassislari yoki aʼzolarining shaxsiy manfaatlariga qaratilmagan moliyaviy va boshqa mablagʻlarni taqsimlovchi va investitsiyalovchi notijorat tashkilotlardan (qonun hujjatlarida belgilangan mehnat uchun taqdirlashdan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun notijorat tashkilotlar tomonidan olingan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik badallari va boshqa ajratmalaridan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Olib kelingan tovarlardan mazkur Nizomning 3.1-kichik bandida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilganda, yoxud keyinchalik tovarlar besh yil mobaynida haqi toʻlangan holda sotilganda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelishda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilingan tovarlar qiymatidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdorlarda penya qoʻshilgan va jazolar qoʻllanilgan holda, bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanada amalda boʻlgan barcha bojxona toʻlovlari undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 32-moddasida nazarda tutilgan hollarda Prezidentning alohida farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan notijorat tashkilotlarning mulki boʻlgan korxonalar uchun daromad (foyda)dan olinadigan soliq yuzasidan soliq solinadigan baza ushbu notijorat tashkilotlarning ustavda qayd etilgan faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan daromad (foyda)dan ajratmalar miqdoriga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan imtiyoz faqat notijorat tashkilotlar mulki boʻlgan, yaʼni ustav sarmoyasi 100 foiz miqdorda ushbu jamgʻarmalar va jamiyatlar tomonidan shakllantirilgan korxonalarga va boshqa tuzilmalarga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar notijorat tashkilotlar korxona va boshqa tuzilmalarning muassislaridan biri boʻlgan taqdirda, yaʼni tashkil etilayotgan korxonaning ustav sarmoyasi notijorat tashkilotlar mablagʻlari hisobiga toʻliq shakllantirilmagan boʻlsa, u holda bunday korxonalarga va boshqa tuzilmalarga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan imtiyoz tatbiq etilmaydi. Korxonalarning mazkur toifasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliq solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Notijorat tashkilotlar hamda ular tomonidan tashkil etilgan korxonalar va boshqa tuzilmalar tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq, Bojxona kodekslarida va “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan soliqlar, yigʻimlar va bojxona toʻlovlari undirish tartibi tatbiq etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 11-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)