Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2364-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/13-sonli ““Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2364-6, 14.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 24-martdagi 10/1-son qarori (roʻyxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 223-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-mart,
9/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibini belgilaydi.”.
2. 4 va 41-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. 24-banddan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil., 32-son, 369-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 33-banddan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil., 50-son, 511-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2364-3/0987-son)