Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023 28.09.2004 yildagi 450-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023
Hujjat 28.09.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING YAGONA AVTOMATLAShTIRILGAN AXBOROT TIZIMINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi

Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona siyosatini amalga oshirishning samaradorligini oshirish hamda tovarlar bojxonada rasmiylashtirilishini hisobga olishning yagona tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini (YaAAT) tashkil etish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining axborotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va ularni berishning texnologik jarayonlarini kompleks avtomatlashtirishni, barcha darajalardagi bojxona organlarining yagona maʼlumotlar bazasidan tezkor maʼlumot olishini taʼminlashga, bojxona nazorati ostidagi tovarlar bilan aniq vaqt koʻlamida sodir etilayogan barcha tartib-qoidalarning monitoringini olib borishga qaratilgan tashkiliy-funksional tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi loyihaning buyurtmachisi hisoblanishi, “HetNet-Crown” kompaniyalar konsorsiumi (AQSh) esa tender asosida uning bajaruvchisi etib belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan “HetNet-Crown” kompaniyalar konsorsiumi oʻrtasidagi foydalanishga tayyor holda topshirish kontraktining cheklangan qiymati 7,77 mln AQSh dollari ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi hamda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda loyihaning 2-ilovaga* muvofiq asosiy koʻrsatkichlari bilan birgalikda texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import kontrakt qiymatining 1,17 mln AQSh dollari miqdoridagi 15 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import kontrakt qiymatining Eksimbankning (AQSh) sugʻurta mukofoti summasi qoʻshilgan 6,60 mln AQSh dollari miqdoridagi 85 foizi xorijiy bankning mablagʻlarini Eksimbankning sugʻurta qoplamasi ostida qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy qarzni, hisoblangan foizlarni, vositachilik toʻlovini va xorijiy kreditga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq moliyaviy boshqa xarajatlarni qaytarish qarz bitimlari muddatlari va shartlariga muvofiq, shuningdek loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasidagi xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus jamgʻarmaning 2005-yilga va keyingi yillarga xarajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazishda va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishishda mazkur loyihani amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jalb etilayotgan kreditga xizmat koʻrsatish uchun koʻrsatib oʻtilgan jamgʻarma mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida ochilgan maxsus hisob raqamida ustuvor tartibda oldindan toʻplab borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish uchun xorijiy bank bilan belgilangan tartibda qarz bitimi tuzsin va xorijiy bank mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga qayta moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy bank, eksport-kredit agentligi va sugʻurta kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaida daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mazkur loyihani belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining buyurtmanomalari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar konsullik yigʻimlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ular yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 28-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
450-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-sentabrdagi 450-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining tashkiliy-funksional tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 427-modda)