Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.09.2004 yildagi 437-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MUDDATLI HARBIY, MUQOBIL XIZMATNING BELGILANGAN MUDDATLARINI OʻTAB BOʻLGAN FUQAROLARNI XIZMATDAN BOʻShATISh HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIGA NAVBATDAGI ChAQIRUV TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolar — rezervga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolar — zaxiraga boʻshatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1977—1986-yillarda tugʻilgan, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 2004-yilning oktyabr-noyabr oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda, Qurolli Kuchlarning chaqiriluvchilar bilan sifatli toʻldirilishini taʼminlash maqsadida, joylardagi chaqiruv komissiyalarining samarali ishlashini, shuningdek Qurolli Kuchlarga muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni qoʻshinlarga tantanali kuzatib qoʻyishni tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (F.Gʻ. Nazirov) Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) bilan birgalikda chaqiruv uchastkalarini zarur tibbiyot asbob-anjomlari va buyumlari bilan taʼminlab chaqiriluvchilarning sifatli, har tomonlama va xolisona tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini, chaqiruv komissiyalarining ishiga turli ixtisoslikka ega boʻlgan yuqori malakali vrachlar jalb etilishini, muqobil tibbiy komissiyalarning samarali ishlashini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R.R. Inoyatov), Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi (I. Ergashev), harbiy okruglar qoʻshinlari qoʻmondonlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni qoʻshilmalarga va qismlarga qabul qilishda yuksak uyushqoqlikni, harbiy intizomni, qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligini, muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy mutaxassisliklarga oʻqitish jarayonida xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarda maqsadga intilishni, zarur maʼnaviy fazilatlarni va irodalilikni, oʻzini oʻzi roʻyobga chiqarish va takomillashtirishga doimiy intilishni rivojlantirishga, ularning aniq hayotiy nuqtai nazarga ega boʻlishiga, jismoniy va aql-zakovat darajasi oshirilishiga, ularga Vatanga muhabbat va armiyamiz bilan faxrlanish tuygʻularini singdirishga qaratilgan jangovar va maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash dasturi yanada takomillashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy uy-joy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini, ularning belgilangan talablarga va taʼminot normalariga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli moddiy taʼminlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalla qoʻmitalari, jamoatchilik bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtagan fuqarolarni yashash joyiga kuzatib qoʻyish va tantanali kutib olish tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Moliya vazirligi (S.B. Rahimov) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tashkilotlar va korxonalar, shuningdek safarbarlik chaqiruvchi rezerviga va muqobil xizmatga olingan fuqarolar tomonidan moliyaviy majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (O.O. Obidov) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Qurolli Kuchlardan boʻshatilgan fuqarolarni ularning egallagan harbiy va fuqarolik mutaxassisliklarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalariga ishga qabul qilishda mardlik va vatanparvarlik tarbiyasining armiya maktabini oʻtagan, harbiy tayyorgarlik koʻrgan va hayotiy tajriba orttirgan, mamlakatning eng faol va tayyorgarlik koʻrgan kadrlar zaxirasi hisoblangan shaxslar sifatida ustunlik huquqidan foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A.K. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M. Hazratqulov)ga yoshlarni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga tayyorlashning borishini, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishning amalga oshirilishini, chaqiruv komissiyalari ishini, safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatning tashkil qilinishini va Qurolli Kuchlardan rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda kutib olish boʻyicha tantanali tadbirlar uyushtirilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 21-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
437-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 423-modda)